Ishning borishi
Talabalarga byerilgan uy topshiriqlari ularning amaliyot uchun tutgan daftarlarin tyekshirish, ra’nodoshlar oilasi mavzusining dars ryeja va konspyekti qilinganligini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Talaba bajargan uy topshirig’ini mazmuni, sifatiga e’tibor qilinadi.
Talabalardan gulli o’simliklar qaysi byelgilariga qarab sistyemaga solinadi? savoliga javoblar olinib kamchiliklari to’ldiriladi.
Ikki urug’ pallali o’simliklarning dastur va darslikda nyecha oilasi o’qitiladi? Savoliga javoblar olinadi
Talabalarning uyda “Ranodoshlar oilasi” mavzusini o’rganish bo’yicha ishlab kyelgan dars loyihasi ko’rib chiqilib. Muhokama qilinadi. Loyihaga zarur qo’shimchalar kiritiladi. Eng yaxshi ishlangan loyihalarning ijobiy jahatlari ko’rsatib o’tiladi.
Ra’nodoshlar oilasining turlarini oralaridagi o’xshashlik va farqlarni aniqlash bo’yicha talabalarning amaliy ishini tashkil qilish. Mazkur amaliy ishning maqsad, vazifalari tushuntiriladi.
Amaliy ishni bajarish uchun talabalarning kichik guruhlari tashkil qilinadi. Guruhlarga navbatchi talaba biologiya dasturi, darsligi, uslubiy qo’llanma, ishni bajarishga oid yo’llanma, ra’nodoshlar oilasiga mansub o’simliklar,ularning gyerbariylari, lupalarni tarqatadi. Shuningdyek, ra’nodoshlar oilasiga mansub madaniy va yovvoyi turlar, ularni morfologiyasiniaks etiruvchi jadvallar doskada namoyish qilinadi.
Byerilgan tarqatma matyeriallar va ishni bajarishga doir yo’riqnomaga asosan talabalar ra’nodoshlarning turlarini o’xshashlik va farqlarini aniqlash ishini boshlaydi.
Talabalar amaliy ishni tugallganlaridn so’ng ulardan bajarilgan ish, uning natijalari so’raladi. Muhokama qilinadi. Ishdan sistyematik mavzulardagi darslarda albatta laboratoriya mashg’ulotlari tashkil qilib, o’simlik oilalariga mansub turlarini o’zaro o’xshashlik va farqlarini o’rganib ularni turlarga ajratish o’quv matyerialini o’quvchilar puxta o’zlashtirishlariga, ularning amaliy malakalarini yanada takomillashishiga xizmat qilishi, bo’lg’uvsi o’qituvchilarni esa bu laboratoriya mashg’ulotini o’zlari mustaqil bajarishlari darslarda bunday ishlarni to’g’ri tashkilqilish, o’quvchilar ishlariga yaqindan yordam byerish kabi kasbiy xususiyatlarini takomillanishiga imkon byerishi, laboratoriya mashg’ulotini darsning qaysi paytida tashkil qilish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash mumkinligi to’g’risida xulosalar chiqariladi. So’ngra talabalar bajargan ishlarining sifati, ishga bo’lgan munosabatlariga qarab ryeyting ballari byeriladi
Uyga vazifa: a) 7-sinf zoologiya fanidagi “Bir hujayrali hayvonlar” mavzusidagi darslar tizimi bilan tanishish; b) “Infuzoriya tufyelka” mavzusini o’rganib uni dars ryejasini tuzish
Do'stlaringiz bilan baham: |