Tuzuvchilar: falsafa fanlari nomzodi prof. M.N.Nazarov
katta o’qituvchi F.Taylyaqova
Taqrizchilar:
S.A. Xoshimov -ADU “O’zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti
М.Каримова - “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti
Mazkur uslubiy qo‘llanma va OO‘MTV O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil “18” 08 dagi 4-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Falsafa fani dasturi asosida ishlab chiqildi. Falsafa fani bo‘yicha o‘qituvchilar va sirtqi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarning nazorat ishlarini olib borishda, talabalarning mustaqil holatda o’qib o‘rganishlari, qo’shimcha manbalardan foydalanishlari, izlanishlari uchun yo‘llanma olishiga, mo‘ljallangan.
SO’Z BOSHI
Falsafa – inson aqliy faoliyatining o‘ziga xos bir turi bo‘lib, bunday faoliyat orqali aql o‘zini o‘zi taftish etadi, iroda, tuyg‘ular va mayllar o‘rtasidagi murakkab va ko‘pincha chalkash, hatto ziddiyatli munosabatlar ustidan nazorat qilishga intiladi
Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va yerda paydo bo’lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu yerda biz hali kam o’rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini tuyishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko’ra paydo bo’lgan, degan savolga aniq, umumiy e’tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas.
Falsafiy tafakkur bilish, ishonch-e’tiqod va mayliy intilishlar uchun o’ziga xos fon, ta’bir joiz bo’lsa, inson aql-idroki uchun “asab sistemasi”ga o’xshash vazifani bajaradi. Falsafa esa falsafiy tafakkurning ko’p ming yillar davomida shakllangan va rivojlanib kelayotgan, tizimli, oliy shakli bo’lib, falsafiy kategoriyalar, falsafiy muammolar va spekulyativ tahlil uning muhim elementlari bo’lsa, aqliy faoliyatni muvofiqlashtirish, yo’naltirish, kerak bo’lsa, qiziqtirish yana ham muhimroq jihati – funktsiyasini tashkil etadi.
Mamlakatimiz, mustaqillika erishgach yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud extiyojlar va imkoniyatlar falsafa fanida milliy ma’naviyatni o’zida aks ettirgan umuminsoniy qadriyat sifatida yondoshish, jamiyat tarixida shakllangan muqobil falsafiy ta’limotlarni tadqiq qilish kengaydi.
Maskur uslubiy qo‘лланма Falsafа fanidan sirtqi yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning mustaqil xolatda o’qib o’rganishlari hamda nazorat ishlarni bajarishlari uchun tavsiya etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |