NAZORAT ISHI USTIDA ISHLASH TARTIBI
1) Mavzuni tanlash
Kafedra tomonidan taklif etiladigan nazorat ishi mavzulari talaba tomonidan tanlanadi.
Talaba nazorat ishi mavzusini tanlagandan so’ng
(1) tanlangan mavzuga oid savollar doirasi bilan tanishadi:
(2) Institut axborot resurs markazidan, shuningdek Andijon viloyati shahri kutubxonalarida mavjud bo’lgan kataloglardan foydalangan holda referat mavzusi bo’yicha adabiy manbalar doirasini kengaytiradi.
O’quv va monografik adabiyotlar bilan bir qatorda davriy oylik jurnallarda, xususan «Tafakkur», «Jamiyat va boshqaruv», «O’zbekistonda ijtimoiy fanlar», «Falsafa va huquq»va Oliy ta’lim muassasalarini axborotnomalarida chop etilgan ilmiy maqolalardan ham foydalanishi mumkin.
Nazorat ishini sifatini oshirishda mavzuga taalluqli O’zbekiston Respublikasining qonuniy hujjatlari hamda hukumat qarorlaridan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi.
Ishning dastlabki bosqichi yakuni bo‘lib bibliografiya xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |