Donoga ish – shonu shuhrat,
Nodonga ish – g‘amu kulfat.
Hosiling kam bo‘lsa, havodan ko‘rma!
Qolgan ishga qor yog‘ar.
Qarasang, qand ersan,
Qaramasang, pand ersan.
Qo‘li qimirlaganning og‘zi qimirlar.
Cho‘pchak degan – cho‘p bo‘lar,
Teraversang, ko‘p bo‘lar.
Ertalabki ish – ko‘ngilni qilar xush.
To‘qilsa, manglay tering,
Unumli bo‘lar yering
va shu kabilar.
Mol boqqanning barmog‘idan moy tomar.
Molga bersang soz emish, boqar seni yozu qish.
Moling zotli bo‘lsa, emishing totli bo‘ladi ...
Hozirgi zamon pedagogikasida mehnat tarbiyasini tadqiq etgan
buyuk pedagoglar tadqiqotlarini o‘rganish shunday xulosaga olib
keladiki, ular o‘z pedagogik fikrlarini xalq pedagogikasiga tayanib
yaratganlar.
Hozirgi paytda yoshlarning mehnat tarbiyasini takomillashtira
borish xalq xo‘jaligi ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘lib, ayni paytda
bu jarayon komil inson shaxsini shakllantirish vositasi hamdir. Chunki,
mehnatning mohiyatini, uning inson hayoti uchun zarur omil ekanligini
tushunishgina, mehnatni, mehnat ahlini, moddiy ne’matlarni, tabiatni,
madaniy yodgorliklarni asrashga, hurmat qilishga o‘rgatadi. Xalq
pedagogikasida ta’kidlangan bu boradagi fikrlar mazkur muammoni hal
qilishga yordam beradi:
109
Ko‘p yurganga ergashma, ko‘p bilganga ergash!
Mullaning qilganini qilma, aytganini qil.
Otang ta’zirini emay desang, otang ta’sirini ol!
Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q.
O‘z qadrini bilmagan, kishi qadrini bilmas.
Aytuvchi nodon bo‘lsa, tinglovchi dono kerak.
Ustoz otangdan ulug‘. Ish ustasidan qo‘rqar.
Asil aynimas, sariyog‘ sasimas.
Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning ..
Xalq pedagogikasi bolalarning qo‘llaridan keladigan mehnatda
qatnashuvini ularni kompleks tarbiyalashning samarali vositalaridan biri
deb hisoblagan. Mehnatning jamoa turlari yosh avlodni tarbiyalashda
alohida ahamiyatga ega bo‘lib, o‘zbek xalqida jamoa bo‘lib
bajariladigan ishlarning ko‘maklashish, hashar kabi bir qancha shakllari
bo‘lgan.
O‘zbek xalqining mehnat an’analari ichida hashar muxim rol
o‘ynaydi. U xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ajoyib
an’analaridan biridir. Hashar yaqin kishilarining, tanish-bilish, oshna-
og‘ayni, qadindosh-urug‘, hamkasblarning imorat qurish, to‘y va
ma’rakalar uyushtirish, qishloq xo‘jalik ekinlarini tez yig‘ib olishda
o‘zaro bir-birlariga yordam berishidir.
Bunday ishlar jarayonida yoshlar mehnat qilishgagina o‘rganib
qolmay, balki jamoaga uyushish, umumiy ishdan manfaatdorlik, o‘zaro
yordam zaruratini anglash kabi yuksak axloqiy sifatlarni egallaydilar.
Shuni ta’kidlash kerakki, qadim zamonlardan buyon zarur,
mas’uliyatli hamda ko‘p kuch va mablag‘ sarflab bajariladigan ishlarda
qo‘llanadigan xolisona jamoaviy o‘zaro yordamning umuman e’tirof
etilgan va ishonchli shakllari bo‘lib, xalqning hayotida juda muhim rol
o‘ynagan. Ular mehnatkashlar hamkorligining yorqin ko‘rinishini,
xalqning jamoachilik, do‘stlik, o‘rtoklik, bir-biriga tayanish va o‘zaro
hamjihatlik haqidagi g‘oyalarini ifodalagan va shunga ko‘ra katta
tarbiyaviy ahamiyat kasb etgan.
11
Qadimda donishmand xalqimiz aqliy va mehnat tarbiyasida
chorvachilik, bog‘bonchilik, suvchilik sirlari haqida bolalarda tasavvur
hosil qilish va ma’lum bilimga ega bo‘lishlari umuman, inson qo‘li va
11
Qodirova М. Xalq pedagogikasi yosh avlodni tarbiyalash manbaidir. // Pedagogika ta’lim, 2007 yil 1-son, 20-22-
betlar.
110
aqli yaratuvchilik qudratiga egaligini bilishga qiziqish tuyg‘usini
o‘stirish maqsadida, o‘zlari yaratgan maqollardan mohirona
foydalanganliklarini ko‘ramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |