O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/80
Sana30.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#90393
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
Bog'liq
xalq pedagogik asi

Arusi charx tun-kun doya kirdor, 
Bo‘lib har tavri holidin xabardor. 
Beshik davrida chiniyu xitoyi, 
Bo‘lib yuz no‘sh lab doston saroyi. 
Ko‘zining nozi eldin eltib uyqu, 
Anga uyqu keturmakka navogo‘. 
Bu 
dalilning 
qimmati 
shundaki, 
Farhod 
tarbiyasi 
bilan 
shug‘ullanuvchilar  safida  maxsus  allachi  yoki  alla  aytuvchi  enaga  ham 
bo‘lganligini  tasdiqlaydi.  Ana  shu  tasdiq,  o‘z  navbatida,  alla 
ijrochiligining maxsus san’at – navogo‘lik darajasida tadrijiy  takomilga 
erishganligini,  shu  soha  bilan  shug‘ullanuvchilarning  navogo‘y  sifatida 
alohida  e’tibor  qozonganliklarini  yaqqol  ko‘rsatdi.  Jahon  madaniyati 
taraqqiyotiga  salmoqli  hissa  qo‘shgan  ana  shu  uch  buyuk  siymo  –  Abu 
Ali  ibn  Sino,  Mahmud  Qoshg‘ariy  va  Alisher  Navoiyning  bu 
guvohliklari  allaning  uzoq  zamonlardan  beri  xalqimiz  turmushiga, 
bolalar tarbiyasiga keng va chuqur singiganligidan dalolat beradi. 
Allalar,  odatda,  bolalarning  emizikli  davrida  –  ular  to  uch  yoshni 
to‘ldirgunlarigacha  aytiladi.  SHu  sababli  allalarni    “sutda  qorilgan  va 
mehrga  yo‘g‘rilgan  qo‘shiq”  sifatida  baholashlari  bejiz  emas.  Allalar 
onalarning  minglab  avlodidan  bir-biriga  o‘tib,  sayqal  topib,  onalik 
mehrini,  armonini  silsilaviy  bog‘lab  kelayotgan  umrboqiy  qo‘shiqdir. 
Allalarning  bu  qadar  uzoq  yashovchanligi  sababi,  ularda  onalik 
qalbining  ayollik  mahzunligining  barq  urib  turishidadir.  Xuddi  shu 
xususiyat  allalarning  nafaqat  bolalarga,  balki  kattalarga  ham 
yoqimliligini,  qolaversa,  har  bir  xonadonda  kuylanishini  va  xush 
ko‘rilishini ta’minlagan. 
Ona  o‘zining  tug‘ma  sezgirligi  bilan  bola  uchun  faqat 
tinchlantiruvchi,  yorqin  va  monoton  qo‘shiq  kerakligini  angladi.  SHu 
zaylda  alla  shakli  yuzaga  keldi.  Onalik  sezgilari  allalarning  qanday 
mazmunga  ega  bo‘lishini  aytib  turadilar.  Allalarni  onalar  dunyosisiz, 
sezgilarisiz,  tashvishlarisiz  tasavvur  etib  bo‘lmaydi.    Buni  rus 
allashunosligi  onalik  tuyg‘ularining  uch  bosqichi  sifatida  bir-biridan 
shunday  ajratib  ko‘rsatadiki,  bu  holni  o‘zbek  allalarida  ham  ko‘rish 
mumkin. 


134 
 
Allashunoslikda  onalik  tuygularining  uch  boskichi  ajratib 
ko‘rsatiladi: 
Birinchi bosqich-  allalarda bolani o‘rab olgan muhit ifodasi bo‘rtib 
turadi,  aniqrog‘i,  bola  bilan  bog‘liq  predmetlar:  beshik,  belanchak  va 
boshqalar  ta’riflanadi.  Ammo  bu  poetik  ta’rif  onaning  shaxsiy 
kechinmalaridan,  onalik  tuyg‘ularidan  holi  bo‘ladi.    Bu  turdagi  rus 
allalarida  bolani  uni  o‘rab  olgan  muhit  bilan  tanishtirishga  alohida 
e’tibor berilgan. SHu maqsadda turli-tuman qushlar va hayvonlar poetik 
maqtovida 
ularning 
ham 
salbiy, 
ham 
ijobiy 
xususiyatlarini 
ko‘rsatishgan. O‘zbek allalarida esa, asosan, beshik yoki belanchakning 
maqtovi  bilan  cheklaniladi.  Xayvonlar,  qushlar  va  hashoratlar  poetik 
ta’rifidan  tarkib  topgan  allalar  yo‘q  hisobi.  Ammo,  o‘zbek  allalarida 
hayvonlarning  bolalari  va  qushlar  nomi  bilan  aloqador  erkalash  ohangi 
bor: bolalar qo‘zichoqqa, toychoqqa, toyloq yoki bo‘taloqqa, bo‘lbo‘lga, 
suqsurga,  lochinga  qiyoslanib  e’zozlanadi.  Bunday  qiyoslash  aslida 
o‘sha  jonivorlarga  bo‘lgan  samimiy  munosabatlar  zamirida  tabiiylik 
kasb etgan. 
Ikkinchi bosqich- allalarda bola taqdiri asosiy o‘rinda turadi. Lekin 
endi  ona  bola  taqdiriga  befarq  qaray  olmaydi.  Bola  taqdiriga  bog‘liq 
o‘y-kechinmalar  onaning  shaxsiy  kechinmalari  fonida  chuqurlasha 
boradi:  fikr  bola  atrofida  aylansa-da,  unga  onalik  tuyg‘ulari  ham 
aralasha  boradi.  Ammo  bu  chuqurlashuv  hali  bir  qadar  sayozroq, 
aralashuv  esa  bir  qadar  daxlsizroq  kechadi.  Bunga  ona  qalbining 
uyg‘ona  boshlashi  va  undagi  to‘lg‘anish  darajasi  sababchi  bo‘ladi. 
Xuddi  shu  jarayonda  alla  ohangiga  didaktik  yo‘nalish  –  axloqiy-
tarbiyaviy  qarashlar  singga  boradi.  O‘zbek  allalarida  bola  taqdiri  bilan 
bog‘liq  didaktik  yo‘nalish  g‘oyat  sezilarli  ekanligini  alohida  ta’kidlash 
lozim. 
Uchinchi bosqich- bu  allago‘ylikning yuqori bosqichi hisoblanadi. 
CHunki bu boskichda ona qalbining to‘lg‘anishlari behad chuqurlashib, 
endi u o‘z tuyg‘ulari girdobiga g‘arq bo‘lib qoladi. O‘z shirin tuygulari 
bilan    ovora  bo‘lib,  bolasi  borligini  hayolidan  soqit  qiladi.  Dardlari  va 
tashvishlarini yuragidan sizib chiqqan mayin, lekin bir qadar horg‘inroq 
monoton  ohangda  kuylab  yoradi,  shu  monoton  ohangdan  taskin 
topganday bo‘ladi. O‘zbek allachiligida bu xildagi allalar ancha. Buning 
sababini  o‘zbek  onalari  repertuarining  qashshoqligi,  binobarin,  og‘ziga 
qay  bir  qo‘shiq  tushsa,  unga  alla  naqoratini  qo‘shib  kuylagani  bilan 
izohlash to‘g‘ri emas. Bu o‘rinda folklorshunoslarning onalar repertuari 
boyigach,  undagi  allalar  soni  3-7  tagacha  etgach,  ixtisoslashgan 


135 
 
allachilik  bosqichi  shakllanadi  va  xuddi  shu  davrda  ona  o‘z  tuyg‘ulari 
asirasiga  aylanadi,  degan  xulosasi  asoslidir.  O‘zbek  allachiligida  bu 
xildagi  allalarning  xiyla  ko‘pligiga  extimol,  ulug‘  Navoiy  e’tirof  etgan 
usha 
davrning 
ixtisoslashgan 
navogo‘ylari  bo‘lganligi  ta’sir 
ko‘rsatgandirlar?! 
Allalar  faqat  kuylanadi.  Ularni  shunchaki  aytish  mumkin  emas. 
Monoton  (bir  xil)  ohang  barcha  o‘zbek  allalari  uchun  mushtarak 
xususiyatdir.  Ammo,  monoton  ohang  onaning  ijro  paytidagi  holati  va 
kayfiyati  bilan  bog‘liq.  Ona  kayfiyati  chog‘  kezlarda  allaning  monoton 
ohangida  xush  yoquvchi  mayin  yumshoqlik  mayli  sezilib  tursa,  xafa, 
iztirob  chekayotganida  ma’yus  tortuvchi  hazinlikka  moyil  bo‘ladi.  Har 
ikkala holatda ham shu monoton ohang bola ruhiga ta’sir etadi, qalbiga 
orom  bag‘ishlaydi,  uni  elitadi.  Birinchi  holatda  bolaning  serzavq  bo‘lib 
o‘sishiga  zamin  hozirlansa,  ikkinchi  holatda  bolaning  ruhan 
ma’yuslashuviga asos solinadiki, bu keyinchalik bola ulg‘ayganda uning 
harakterida o‘z asoratini, albatta, qoldiradi. 
Bola uchun allaning so‘zi emas, kuyi yoqimli. Chunki u hali so‘zni 
anglamaydi. Ona uchun esa alladagi so‘zlarmuhim: ular – ona qalbining 
nidolari.  Bir  xil  ohangdagi  kuy  bola  ma’naviy  ehtiyojining  dastlabki 
asosiy  qondirgichi  sifatida  xizmat  eta  boshlaydi.  Chindan  ham  “Bola 
birinchi  oyligidayoq  musiqiy  idrokini  –  ritm  va  ohangni  idrok  eta 
olishini namoyon etadi.Chunki allalar har qanday holatda ham jismoniy 
harakat,  ham  ruhiy  faoliyat  bilan  o‘zviy  bog‘liqdir.  Jismoniy  harakat 
bolaning  muttasil  o‘sishini,  vujudining  chiniqishini  rag‘batlantiruvchi 
muhim  vosita  bo‘lsa,  allalarning  monoton  ohangi  esa  shu  jismoniy 
rivojlanishni  ma’naviy  rivojlanishga  ulaydigan,  bola  ruhiy  faoliyatini 
faollashtiradigan vosita bo‘lib xizmat qiladi. M. Alaviya: “Alla, asosan, 
to‘rtlikdan  tashqil  topgan  bo‘lsa  ham,  ba’zan  allalovchi  to‘lqinlanib 
ketsa,  davom  ettirib,  boshqa  misralarni  ham  qo‘shib  yuboradi  va  bir-
biriga  yaqin  bir  qancha  to‘rtliklarni  aytib,  bu  bilan  o‘zining  tilak, 
armonini izhor etadi”, - degan edi. 
   Nazorat savollari: 
1.  Allalarning vujudga kelishi haqida nimalarni bilasiz? 
2. Allalarning aytilishi necha bosqichdan iborat? 
3. Allalarning qanday vazifalari mavjud? 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish