O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/80
Sana30.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#90393
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
xalq pedagogik asi

vatanparvarlik 
g’oyalarining aks etishi. 
 
          Tayanch  so‘zlar:  Bolalar  o`yinlari;  donishmandlik.  odobnoma, 
harbiy  sport  mashqlari;  harbiy  –  jismoniy  tarbiya,  mehnat  tarbiyasi; 
mehnat  mazmuni,  nafosat  tarbiyasi  badiiy  og‘zaki  ijod,  o‘zbek 
folklorshunosligi, baxshi ijrosi. 
Ming  yillik  madaniyatimiz  tarixida  xalqimiz  badiiy  tafakkurining 
mahsuli  sifatida  yuzaga  kelgan  nafis  so‘z  san’ati  durdonalari  behisob. 
Ana  shu  ma’naviy  namunalarni  o‘zida  mujassam  etgan  badiiy  og‘zaki 
ijod  turlaridan  biri    eposdir.  Epos  mazkur  xalq  haqidagi  barcha 
ma’lumotlarni  qomusiy  qamrab  oluvchi  janrdir.  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi 
Qonunda yosh avlodni ma’naviy, jismoniy barkamol qilib tarbiyalashda 
qadimiy,  milliy  qadriyatlarning  o‘rni  alohida  ta’kidlangan.  Bu 
qadriyatlarning  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  dostonlar  yoshlarga  insoniy 
fazilatlarni  singdirishda,  ularni  komil  inson  qilib  tarbiyalashda  katta 
ahamiyatga ega. 
O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodida  dostonlar  avlodlar  dunyoqarashi  va 
pedagogika  olamining  ko‘zgusi  bo‘lib,  komil  insonni  tarbiyalashda 
o‘ziga xos bebaho qadriyatlardan biri hisoblanadi. Zero, xalq dostonlari 
qahramonlarining  sarguzashtlari,  ularning  qiyinchiliklarni  engib,  har 
jihatdan chiniqib borishi har bir yosh uchun ibratdir. Dostonlar xalqning 
o‘zligini, tilini, urf-odatlarini, qadriyat va an’analarini ifodalab beruvchi 
ko‘zgu ekanligini yuqorida  ta’kidladik. Xalq donishmandligi ruhi bilan 
sug‘orilgan  dostonlarni  chuqur  va  atroflicha  o‘rganish  esa  yosh 
avlodning ma’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qiladi. 
O‘zbek  folklorshunosligida  xalq  dostonlarini  o‘rganish  bo‘yicha 
ilmiy tadqiqot olib borilyapti, maqolalar chop etilgan, bu izlanishlar o‘z 
navbatida dostonlarning haqiqiy mohiyatini olishga yordam beradi.  
«Doston» so‘zi qissa, hikoya, shonu-shuhrat, sargo‘zasht,  ta’rif va 
maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida yirik hajmli etik 


74 
 
asar  nazarda  tutiladi.  Dostonlarnda  tasvirlangan  voqea-hodisalar  yakka 
shaxs  favqulodda  kuch  qudratga  ega  bo‘lgan  xalq  idealidagi  bahodir 
atrofiga  birlashtiriladi.  Badiiy  adabiyotda  asosan  ikki  usulda  yaratilgan 
dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og‘zaki ijodida baxshilar 
tomonidan og‘zaki tarzda kuylanib kelingan dostonlar bo‘lsa, ikkinchisi, 
yozma  shaklda  shoirlar  tomonidan  ijod  qilingan  dostonlardir.  Masalan, 
«Alpomish»,  «Go‘ro‘g‘li»  turkumidagi  dostonlar  «Malikai  ayyor», 
«Ravshan»,  «Kuntug‘mish»,  «Rustamxon»  kabilar  og‘zaki  dostonlar 
namunalaridir.  Yusuf  Xos  Xojibning  «Qutadg‘u  bilig»,  Haydar 
Xorazmiyning  «Gul  va  Navro‘z»,  A.Navoiyning  «Xayratul  abror», 
«Farhod  va  SHirin»,  «Layli  va  Majnun»  kabi  asarlari  esa  yozma 
adabiyotdagi  dostonlar  hisoblanadi.  Og‘zaki  ijoddagi  dostonlarni 
baxshilar  kuylaydilar.  Qadimda  «Baxshi»  so‘zi  xalqona  usullar  bilan 
bemorni  davolovchi  «tabib»,  ayrim  hududlarda  «ustoz»  ma’nolarini 
anglatgan.  Bugungi  kunda  xalq  dostonlarini  kuylaydigan  san’atkor 
ma’nosini  bildiradi.  Dostonlar  ham  she’riy  ham  nasriy  parchalardan 
bo‘lib,  baxshi  soz  chertganda  sozanda,  she’riy  parchalarni  kuyga  solib 
aytganda  xonandaga  aylanadi.  Ijrochi  baxshilar  do‘mbira,  tor,  dutor 
chalib, qo‘biz chertib doston aytganlar. SHu bois dostonchilik kechalari 
har tinglovchi uchun katta bayram bo‘lgan. Bunday kechalarda odamlar 
o‘rtasidagi  hamma  ginaxonliklar  unutilgan,  turmush  tashvishlari 
chekingan.  Fozil  Yo‘ldosh  o‘g‘li,  ergash  Jumanbo‘lbo‘l  o‘g‘li,  Islom 
shoir,  Po‘lkan  shoir,  Amat  baxshi,  Murod  baxshi,  Qurbannazar 
Abdullaev  (bola  baxshi)  kabi  folklorshunoslar  tomonidan  o‘zbek  xalq 
baxshilaridan  150  dan  ortiq  (variantlari  bilan  400  dan  ortiq)    dostonlar 
yozib  olingan  bo‘lib,  ularning  ko‘pchiligi  alohida-alohida  kitoblar 
sifatida  nashr  etilgan.  Dostonlar  mazmuniga  ko‘ra  ham  bir  necha 
turlarga tavsiflanadi. Jumladan:  

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish