43
2.2. XALQ PEDAGOGIKASIDA YOSHLARNI
TARBIYALASHNING METOD, USUL VA VOSITALARI
1. O‘zbek xalq pedagogikasida tarbiya metodlari.
2. Na’muna va ibrat ko‘rsatish metodlari.
3. Rag‘bat va jazolash metodlari.
4. Xalq pedagogikasida manbalarda o‘z-o‘zini tarbiyalash
metodlari.
Tayanch so‘zlar: tarbiya metodlari, ta’sir ko‘rsatish, na’muna
ko‘rsatish, ibrat ko‘rsatish, rag‘batlantirish, jazolash metodi, o‘z-o‘zini
tarbiyalash, insoniy fazilatlar, o‘git-nasihat, xalq donishmandligi,
o‘zbekona axloq, tarbiya vositalari.
Sharq xalqlari jumladan o`zbek bolalari tarbiyasiga befarq
qaramaganlar. Hayotdagi har qanday hatti-harakatning ham oqibati
to`g‘ri baholangan. Yoshga monand ta’sir ko`rsatish yo`l va vositalari
yaratilgan. Kerak bo`lganda rag‘batlantirish turlaridan foydalanilgan,
lozim bo`lsa jazolangan. Noahloqiy hatti-harakatlarni qisqa va lekin o`ta
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan «yomon bo`ladi» iborasi bilan
tavsiflangan.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev "Bizni hamisha o‘ylantirib keladiga
muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z
bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan
o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim
– yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin.
Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘
zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado
berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan
erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan"
3
, deya
ta’kidlaydi.
Xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob-ahloq
qoidalariga nonga hurmat ulug‘langan va non ushog‘i bexosdan erga
tushib ketsa, «yomon bo`ladi» deb uni qo`lga olib ko`zga surtib, o`pib
og‘izga solingan.
Birgina «yomon bo`ladi» iborasi juda katta va ta’sirchan tarbiya
3
Shavkat
Мirziyoyev "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash –
davr talabi" mavzusida anjumanda so’zlagan nutqi 15.06.2017y.
44
vositasi bo`lib xizmat qilgan. «Yomon bo` ladi» iborasi orqali kattalarga
xurmat, kichiklarga g‘amxo`rlik, tarbiyalangan, etim bolalarga, boshiga
tushgan oilalarga ozor etkazilmagan. Otaga ters javob berish, xotin-
qizlarga behayolik qilish «yomon bo`lishi»ni yoshlikdan tushuntirilgan.
Bunda bolalarni yoshi xatti-harakatlari o`ziga xos xususiyatlari xisobga
olingan. Ayrimlariga noahloqiy xatti-harakatlarining yomonligi qur’oni
Karim hadislardan misollar keltirish, xikoyalar aytib berish orqali
ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona; aka-uka, opa-singil, qo`ni-
qo`shnilarning ijobiy xatti-harakatlari namunasida tarbiyalangan.
O`zbek xalqida bolalar bilan bog‘liq juda ko`p an’analar mavjud.
Xalq pedagogikasi bolalarga mehr-muhabbat, ularni sevish, erkalash,
parvarish qilish, ta’lim-tarbiya berish, extiyotlash kabi insoniy
qarashlarni targ‘ib qilib kelgan.
Xalqimizning o`zining tarbiya usullarida bolalardan kattalarga
birinchi bo`lib salom berishni kattalar suhbatiga aralashmaslikni, ularni
hadeb savollar bilan charchatmaslikni, kattalar o`z joylariga o`tirgunga
qadar o`tirmaslikni, uyga mehmonlardan so`ng kirishni, lekin eshikni
birinchi bo`lib ochib, ushlab turish, ularga yordam berish kabi odob
qoidalariga rioya etishni har doim talab qilgan.
Ota-ona dasturxondagi taomga qo`l o‘zatmaguncha hech kim qo`l
o‘zatmagan. Yuqoridagi odob qoidalari deyarli o`z ahamiyatini
yo`qotgan, ular milliy hulq-atvorimiz bezaklaridir.
Xalq madaniyatining eng muxim belgilaridan xushmuomilalikka
hozir javoblikkka alohida e’tibor berilgan. Sharq xalqlari o`z bolalariga
soxtalik yasamalikdan nari yurishni singdirib kelgan samimiy
munosabatni ulug‘lagan, o`rgatgan.
Yuqorida aytib o`tilganidek, xalq ijodi ham shu orqali xalq
pedagogikasida qo`llaniladigan: tushuntirish, namuna ko`rsatish,
odatlantirish, iltimos qilish, istak bildirish, maslahat berish, yolvorish-
iltijo, duo qilish, la’natlash, kaltaklash kabi metodlari bo`lsa-da,
yoshlarning insoniy fazilatlarini tarbiyalashda asosan o`git-nasihat, ibrat
ko`rsatish, maqtash, qarg‘ash kabi metodlaridan foydalangani ko`zga
tashlanadi.
O`git-nasihat xalq og‘zaki ijodida bolalarda insoniy fazilatlarni
tarbiyalab etishtirishda eng ko`p qo`llanadigan metodlaridan biridir.
Avvalo, kishilarni kishi tomonidan va rostgo`y bo`lish, yaxshilik haqida
teran fikr yuritilgan xalq maqollari asosan pand-nasihat formasida
tinglovchiga nisbatan maslahat, nasihat, istak va buyruq formasida
ishlatiladi. Masalan:
45
Yomonnnig yaxshisi bo`lguncha
YAxshining yomoni bo`l!
Birovga o`lim tilaguncha,
O`zinga umr tila!
qadrlasang qadring oshar,
qadrsizdan hamma qochar
kabi maqollar tinglovchilarga nisbatan o`git-nasihat formasida
aytilgandir.
Bolalarni insoniylik ruhida tarbiyalashda qo`llaniladigan eng
harakterli shakllardan biri, xalq donishmandliklarining ahloq va odob
yuzasidan aytiladigan hikmatli so`zlari-maqollarini u yoki bu ertak
orqali hal qilinishi kerak bo`lgan muammo sifatida ishlatilishidir, ya’ni
ahloq va odob masalalariga bag‘ishlangan xalq maqollarining naqadar
haqiqat ekanligini (Har kimsa etsa-o`ziga) ertagi mazmuni orqali ochib
berilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |