8
foydalanish, yoshlarda ajdodlar an’analariga sodiqlik va munosib
bo‘lish xissini shakllantirish mutaxassislar oldida turgan muhim
vazifalardan biridir.
O‘zbek xalq pedagogikasi ta’lim-tarbiya sohasida yuksak ma’naviy
me’rosga ega. O‘zbek madaniyati, sharqona milliy tarbiya nazariyasi va
amaliyoti moziygacha borib etgan tarixiy ildizlar orqali oziqlanadi.
Respublikamizda «Xalq pedagogikasi» fanini o‘rganishga katta
e’tibor bermoqda. Ayniqsa, bu fan pedagoglar, umumiy ta’lim
maktablarining milliy sinflari o`qituvchilari uchun, oliy o‘quv yurti
talabalari uchun, aspirant va magistrlar uchun zarurdir
“Xalq pedagogikasi” fanini o‘qitishning ustuvor yo‘nalishi:
Zamonaviy milliy pedagogika o‘z mazmun va mohiyatini
boyitishda, shaxs shakllanishiga ta’sirchanlikni oshirishda xalq
pedagogikasi g‘oyalariga tayanadi. Xalq pedagogikasi o‘z nomi bilan
xalqchil usullari, qoidalari va tamoyillari bilan yoshlar tarbiyasida asosiy
manba xisoblanadi.
-eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha bo‘lgan pedagogika
tariximizni chuqur o‘rganish, buyuk mutafakkirlar merosini hozirgi davr
mezonida tahlil qilish, xalq pedagogikasi, ma’naviy qadriyatlar asosida
qo‘llanmalar yaratish, milliy pedagogikada xalqimizning tarbiya
borasidagi tajribasini singdirish, undan foydalanish metodikasini
yaratish;
-xalqimizning mentaliteti, milliy mafkura, bozor iqtisodiyotining
o‘ziga xos xususiyatlari, demoqratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik
jamiyati talablari asosida mustaqillikni mustahkamlash, ma’naviy
salohiyatni oshirish, har bir insonni, yosh avlodni XXI asr sharoitida
baxtli yashashga tayyorlash omilini oshirish.
-ta’lim metodlarini takomillashtirish, milliy ta’lim modeli asosida
pedagogik texnologiyani yaratish;
-tarbiyaning mazmuni va har bir insoniy fazilatning hozirgi
davrdagi mohiyatini aniqlash, tarbiya mazmunida milliylik va
umuminsoniylik uyg‘unligiga erishish. Hamkorlikdagi jahon xalqlari
milliy qadriyatlarini o‘rganish va ommalashtirish;
-tarbiyaning umumiy
metodlarini takomillashtirish, SHarq
xalqlarining tarbiya borasidagi tajribalarini qo‘llash metodikasini
yaratish, tarbiya mazmuni va metodini insonparvarlashtirish;
-ma’naviy-axloqiy mazmunni takomillashtirish uchun milliy va
umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitish. Axloqiy tarbiyada sharqona
9
namuna metodini qo‘llash texnologiyasini yaratish. Mahallada, oilada
axloqiy tarbiya nazariyasi va ommabop metodikasini ishlab chiqish;
-“Xalq pedagogikasi” fanini o‘qitish jarayonida rivojlangan xorijiy
mamlakatlar ta’limi amaliyotida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar va
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni didaktik jarayonga tatbiq etish
usullarini takomillashtirish;
-Xalq pedagogikasi fani tarkibidagi mavzularni samarali o‘qitish
orqali bo‘lg‘usi mutaxassislarda shaxs kompitensiyasi sifatlarini
shakllantirish.
Xalq pedagogikasi – ijtimoiy hayot va jamiyat taraqqiyotida muhim
jarayon bo`lgan inson tarbiyasi, uning shakllanishi, ijtimoiy me’yorlarni
o‘zlashtirishini o‘rganish bilan birga xalqning qadimiy tarbiya usullarini,
qo‘shiq, topishmoq, maqol va o‘yinlarini to`playdi, umumlashtiradi,
tizimga soladi va ta’lim jarayoniga tadbiq etadi.
Xalq pedagogikasi tarbiyada oilaning muhim qirralarini ochib
beradi.
Oilada
ota-onaning
o‘rni, ularga nisbatan farzandlar
munosabatlari,
bolalarni
otalarining
qudratiga
ishonch
ruhida
tarbiyalash, onaning beqiyos mehnatlarini qadrlashga o‘rgatish,
tarbiyada hamma vaqt samara berib kelgan.
SHu o‘rinda Xalq pedagogikasi tarixiga nazar tashlab o‘tish o‘rinli.
Buyuk pedagoglar ko`proq xalqning pedagogik tajribalariga e’tibor
qaratgan. Chunki xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi fanni boyitadi va
unga tayanch bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: