O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana28.09.2021
Hajmi0,55 Mb.
#187982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni

 

UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI  


 



K I R I SH 



Mavzuning 

dolzarbligi. 

O„zbekiston 

Respublikasi 

mustaqillikka 

erishgandan  so„ng  mavjud  imkoniyatlarni  aholining  ijtimoiy  va  iqtisodiy 

muammolarini  asta  sekinlik  bilan  yechishga  qaratdi.  Ayniqsa,  yoshlarga 

g„amxo„rlik  ko„rsatishga  alohida  e‟tibor  berib  kelinmoqda.  Yoshlardagi  shijoat  va 

intilishni  alohida  pedagogik  muammo  sifatida  o„rganish  esa  ularni  hayotga 

tayyorlash  jarayonini  yanada  takomillashtirishga  xizmat  qiladi.  O„zbekiston 

Respublikasi    Prezidenti  I.A.Karimovning  «Bugungi  kunda  Vatan  taraqqiyoti,  yurt 

tinchligi,  farovon  hayotga  erishish,  xalqaro  maydonda  munosib  o„rin  egallashdek 

ezgu  maqsadlarga  yetish  yo„lida  biz  tayanchimiz  va  suyanchimiz  bo„lmish 

yoshlarimizga  beqiyos  orzu-umidlar  bilan  qaraymiz»

1

  degan  so„zlari  hozirgi 



yoshlarga bo„lgan cheksiz hurmat va e‟tibor belgisidir.   

2014 yil O„zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan «Sog„lom bola yili» 

deb  e‟lon  qilindi  va  mamlakatimiz  oila  mustahkamligi,  yurt,  mahalla  obodligi, 

farzandlar  kamoli,  barkamol  avlodning  kelajagi  uchun  davlatimiz tomonidan barcha 

shart-sharoitlar yaratilmoqda.  

Mustaqillik 

yillarida  O„zbekiston  Respublikasida  qobiliyatli  yoshlarni 

aniqlash,  ularga  ta‟lim-tarbiya  berish  va  ularni  qo„llab-quvvatlash  masalasiga 

davlat  siyosati  darajasida  ahamiyat  berila  boshladi.  Qobiliyatli  yoshlarni  moddiy 

va  ma‟naviy  jihatdan  qo„llab-quvvatlash,  ularni  ijodiy  faoliyatga  rag„batlantirish 

maqsadida  tashkil  etilgan  «Umid»,  «Ulug„bek»  va  «Iste‟dod»  jamg„armalari 

«Nihol»  va  «Zulfiya»  mukofoti  tanlovlari,  «Yangi  avlod»  va  «Kelajak  ovozi» 

ko„rik  tanlovlari  ana  shu  e‟tiborning  yorqin  ko„rinishidir.  Bunday  ko„rik-tanlovlar 

ming-minglab  yosh  iste‟dod  egalarini  kashf  etayotgan  Vatanimiz  ravnaqidagi 

yutuqlar 

hisoblanadi. 

Mazkur 

jamg„arma  va  ko„rik-tanlovlarning  asosiy 

yo„nalishlari  ana shu e‟tiborning yorqin ko„rinishidir. 

Kollej  o„quvchilarida  ijodiy  qobiliyatning  namoyon  bo„lishi  ular  tomonidan 

kasbiy  faoliyatni  samarali  yo„lga  qo„yishda  ham  o„ziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi. 

Binobarin,  ijodiy  qobiliyatli  o„qituvchi  ta‟lim  va  ma‟naviy-ma‟rifiy  ishlar 

                                                 

1

 “Маърифат” газетаси   2008   йил 5-январь,  №1.    




 

jarayonini  o„zgacha  bir  ko„tarinkilik  asosida  tashkil  etishga  erisha  oladi. 



Qobiliyatlilik  o„quv  mashg„ulotlari  va  ma‟naviy-ma‟rifiy  tadbirlarni  noan‟anaviy 

shakl,  metod  va  vositalar  yordamida  uyushtirishga  yordam  beradi.  Shuningdek, 

o„quvchilarni  ta‟lim  jarayonida  faol  ishtirok  etishga,  ma‟naviy-ma‟rifiy  tadbirlarda 

ixtiyoriy  qatnashishga, o„z imkoniyatlarini  namoyon etishga  rag„batlantiradi. 

Respublikada  amalga  oshirilayotgan  ta‟limiy  islohotlar  samarasi  bo„lgan  – 

kasb-hunar  kollejlari  va  akademik  litseylar  faoliyatini  samarali  yo„lga  qo„yishda 

ham  ularga  qobiliyatli  o„quvchilarni  jalb  etish,  ularning  qobiliyatini  yanada 

rivojlantirish  o„ziga xos ahamiyatga  ega. 

Aynan  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  29-fevraldagi  PK-

805  sonli    qaroriga  asosan  «Yoshlar  yili»,  «Barkamol  avlod  yili»Davlat  dasturi, 

undagi  «Bolalarning  ijodiy  iqtidorini  va  qobiliyatini  barvaqt  aniqlash  uchun  shart-

sharoitlar  yaratish»  bo„limi  yuqoridagi  maqsadni  amalga  oshirishda  juda  katta 

dasturilamal  bo„lib xizmat  qiladi. 

Prezidentimizning  «Yuksak  ma‟naviyat  –  yengilmas  kuch»  nomli  asarida  

ta‟kidlanganidek, 

«Vatanimizning 

kelajagi, 

xalqimizning 

ertangi 

kuni, 


mamlakatimizning 

jahon 


hamjamiyatidagi 

obro„-e‟tibori 

avvalambor  

farzandlarimizning unib-o„sib, ulg„ayib, qanday inson bo„lib hayotga kirib borishiga 

bog„liqdir.  Biz  bunday  o„tkir  haqiqatni  hech qachon unutmasligimiz kerak»

2

 degan 



so„zlari  yoshlarimiz  takdiriga  befarq  bo„lmaslik  va  ularni  xayot  yo„llariga  chiqib 

olishiga amaliy  yordam berib borishimizni taqozo kiladi. 

O„zbekiston  Respublikasi  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning  malakali 

mutaxassislarni  tayyorlash  borasidagi  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  pedagogik 

kollej  o„quvchilarining  qobiliyatini  rivojlantirish  tadqiqot  yo„nalishi  hisoblanib, 

kollej 


o„quvchilari 

qobiliyatini 

rivojlantirish 

asoslarini 

ishlab 

chiqish 


zaruriyatining  kun tartibiga  qo„yilishi  muammoning  dolzarbligini  belgilaydi.   

   Bu  muammo  o„tgan  asrning  yetmishinchi  yillaridan      boshlab      pedagogik    va 

pedagogik-psixologik  yo„nalishlarda keng ko„lamda tadqiq etilganligini ko„rsatdi.  

                                                 

2

 Каримов И.А. “Юксак  маънавият  – енгилмас куч” Тошкент:  Маънавият,  2008,  - Б.  муқовада  




 

M.G.Davletshin, 



E.G„oziev, 

Sh.Baratov, 

A.A.Leontev, 

V.S.Merlin, 

R.S.Nemov, R.V.Ovcharova va boshqalarning ishlarida shaxs qobiliyati, uning turli 

yo„nalishlarda  namoyon  bo„lishi,  qobiliyatli  o„quvchilarning o„ziga xos pedagogik-

psixologik  xususiyatlari,  o„quvchi  qobiliyatini  rivojlantirish  omillari  va  pedagogik 

shart-sharoitlari kabi masalalar o„z aksini topgan.  

M.G.Davletshin,    E.G„oziev,  R.S.Nemov,  A.B.Orlov,  A.A.Leont‟ev, 

E.Z.Usmonova    va  boshqalar  tomonidan  olib  borilgan  tadqiqotlarda  ham  aqliy  va 

jismoniy qobiliyat, ularni rivojlantirish shartlari, qobiliyatlilikning umumiy va xususiy 

ko„rinishlari,  qobiliyatli  o„quvchilarni  o„qitish  muammolarining  yoritilishiga  alohida 

o„rin ajratilgan. 

O„quvchi  qobiliyatini  rivojlantirishda  ta‟lim  muassasasi  va  oilaning  o„rni, 

o„qituvchilar  hamda  oila  a‟zolarining  o„quvchi  qobiliyatini  rivojlanti-rishdagi 

ishtiroki,  o„quvchi  qobiliyatini  rivojlantirishga  nisbatan  umumiy  va  yakka  tartibda 

yondoshuv  masalalari  B.G.Ananev,  L.A.Golovey,  N.A.Griщenko,  Ye.A.Klimov, 

N.Samoukinalarning ishlarida o„z aksini topgan.  

Qobiliyatli  bolalarni  tanlash  va  ularni  o„qitish  bir  qator  pedagogik  shart-

sharoitlarni  taqozo  etadi.  Bunday  sharoitlardan biri ta‟lim muassasalariga qobiliyatli 

o„quvchilarni jalb etishga yordam beruvchi maxsus metodikalarga egalik hisoblanadi.  


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish