MAVZU: Sport o’yinlarining biodinamikasi.
REJA:
1.
Tashqi qismlarning joyini o’zgartirish harakati
2.
Urish va irg’itishdagi muskullarning ballistik ishi
3.
Irg’itish harakatlari
4.
Urish harakati
5.
Voleybolь, futbol, xokkey, tennisda urish turlari
Joyni o’zgartirish harakatlari tashqi jismni ((snaryad, hamkor, raqib) ma’lum
tezlik bilan bir joydan ikkinchi joyga ma’lum yo’nalish bilan o’tkazish uchun
bajariladi. doyni o’zgartirish harakatlar lokomotor harakatlarga o’xshab alohida
mashq bo’lishi mumkin( masalan, yengil atletik irg’itishlar) yoki ko’pincha sport
o’yinlarning asosini tashkil qilishi mumkin (to’pni joyini o’zgartirish) kurashda
(raqibni tashlash), akrobatikada va boshqa sport turlarida.
Joyini o’zgaritirish kerak bo’lgan jismlarning turi, og’irligi , shakliga qarab
va qo’yilgan maqsadga qarab bu haratakatlar har xil bo’ladi.
Bajarish usuliga qarab ularni qo’yidagi harakatga bo’lish mumkin: 1) doyni
o’zgartiradigan jism bilan yugurish, 2) urish ta’siri bilan. Bu ikkala usullarida jismga
ma’lum yo’nalishga qaratilgan tezlik berish kerak.
Joyini o’zgartirish harakatlari kinemaskti zanjirlarning ko’p qismlarining
ishtiroqida bajariladi. raqiblari sezmasligi uchun bajariladigan yashirik harakatlar
ham (xokkey, basketbol). SHunday biokinematik zanjirlar bilan bajariladi. bunda
birdan ishchi nuqtaning kerakli proektoriyasini olish kerak. Bunda ko’p muskullar
qatnashadi, ikkinchidan, ishchi nuqtada kerak tezlik hosil qilish uchun optimal
sharoit yaratish mumkin. (harakatning yo’nalishi, turishi). Bu ikkala masala
uchinchi masalani bajarishga qaratilgan, ya’ni ishchi nuqtaning traektoriyasi oxirida
kerakli tezlikni hosil qilishga.
Joyini o’zgartirish harakatlari lokal yoki mahalliy bo’ladi, bunda harakatlar
oz muskullar bilan badariladi. Bu harakatlar jismlarni tezlanishida katta kuch kerak
bo’lmaganda yoki yashirish harakat qilsh uchun qo’llaniladi. Global (umumiy)
joyini o’zgartirish harakatlarida oldin katta va kuchsiz muskullar ishga tushadi. Tez
bo’ladigan joyini o’zgartirish harakatlarda snaryadni avvalgi haydalishi va final
haydalishi bo’ladi. Oldingi 1) snaryadning tezligi oshadi, 2) sportchi kerakli pozaga
turadi, 3) muskullar final haydalishiga jangovar tayyorgarlik holatda bo’ladi.
Qarshilikni yengish bilan bajarilgan ishlarga ballistik ishi kiradi, bunda
taranglanish tez hosil bo’ladi. Bu davrda muskullarning kuchlanishi eng yuqori
ko’rsatkichiga yetadi. Natijada muskul qisqaradi. Muskul tortilgan vaqtida uni yana
biroz cho’zsa, bunda muskulning taranglanishi i keskin oshib ketadi.
Snaryadni uchish masofasini aniqlash uchun formula:
,
2
2
sin
2
0
g
Y
g
I
S
x
x
S – masofa, g- jismning erkin tushish tezligi, V
x
, V
y
-
boshlang’ich tezlikning gorizontal va vertikal tezlikning moduli, V
0
- boshlang’ich
tezlikning moduli, I- uchish burchagi.
Ma’lumki, havosiz muhitda eng uzoq masofa 45 0 burchakga otilganda
bo’ladi. Uchish masifasiga havoning qarshiligi, ayniqsa disk va nayza otganda va
shu joyning burchagi ta’sir etadi. Joyning burchagi tashlash nuqtadan, tushish
nuqtagacha chizik va gorizont o’rtasidagi burchak bilan ifodalanadi. (Disk, nayza,
molot uchun -2
0
, yadro uchun -6-10
0
) shuning uchun uchish burchagi 45
0
dan past
bo’lishi kerak. Kopьe uchun 35-38
0
, disk 33-36
0
, yadro 38-39
0
, molot 43-44
0
Joyning o’zgartirish harakatlarida sportchining va tezlanuvchi jismning
harakat miqdori to’REJAishi (m
) hosil bo’ladi. Final haydalishdagi sportichining
harakat miqdori tezlanuvchi qismga o’tadi. SHuning uchun oldingi haydalishda
sportchi uzining va teshlaydigan jismning harakat miqdorini to’plashi kerak.
SHu maqsadga yetishda sportchining bajargan harakatlari ikki qismga bo’lish
mumkin: a) sportchining lokomotor harakati (yugurish, sakrash, burilish), b) bir
joyda harakat. Oxirgi haydalishni bajargandasportchi tayanish tekkislikdan yuqori
bo’lishi mumkin. Lekin uning vazni jismning og’irligidan yuqori bo’lgani uchun
bunday holat natidaga uncha ta’sir etmaydi.
Sportchining harakat miqdorini to’plash va uni jismga berish deyarli bir
vaqtda bo’ladi. Faqat harakatning turli fazada va har xil sharoitida o’ziga xos
xususiyatlarga ega yengil snaryadlarni irg’itishda oldingi haydalish davrida snaryad
sporchtning sal orqasida bo’ladi. Sportchi yugurib harakat tezligini oshiradi. snaryad
esa, inertsuiya kuchlari bilan ishchi qismlarning tanaga nisbatan harakatiga halaqit
beradi.
Final haydalish boshlanganda sportchi snaryadga kerakli yo’nalishda tezlik
bag’ishlaydi. Og’irligi sportchining og’irligidan kam bo’lgan snaryadlar shu usul
bilan irg’itiladi.
Elastik snaryadlar (to’p, shayba) urish bilan harakatga keltiriladi. Urish
vaqtida juda oz bo’ladi. Bunda to’p yoki shaybani maksimal uzoqqa otish kerak.
Katta og’irlikka ega bo’lgan jismni joyini o’zgartirish uchun (sportchilar, shtanga)
harakatning tuzilishi boshqacha bo’ladi. Bunda joyini o’zgartiradigan jismni kerakli
holatga qo’yish kerak. Bu harakatning hamma turlarida joyini o’zgartiruvchi
jismning ma’lum tezligiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |