ga teng. Koeffitsientning o’zgarishi, ya’ni dinamik to’xtagan vaqtda, ya’ni chang’i
bilan oyoq oldiga harakat qilganda bo’ladi. CHag’ida va konьkida harakat qilganda
tormozlovchi kuch bo’lib
ishqalanish kuchlari
, konьkida yugurganda esa yana
havoning qarshiligi hisoblanadi. Bu qarshilik kuchlari ag’daruvchi moment hosil
qiladi. Ayniqsa bu holatni chang’ida yurishda ko’rish mumkin, bunda ishqalanish
kuchi havoning qarshiligiga nisbatan ko’proq bo’ladi.
R-tananing og’irligi , T-ishqalanish kuchi, Q-umumiy og’irlik markaziga
qo’yilgan inertsiya kuchi.
CHang’ida yurishda qo’l tayoq va oyoq bilan itarilish usullari qo’llaniladi.
Qo’l uchun mustahkam tayanch hosil bo’ladi, oyoq uchun itarilish kuchi ishqalanish
burchagiga bog’liq. Itarilishni bajarishda chang’i va konьki uchun o’ziga xos
xususiyatlari bor.
Oyoq bilan itarilish chang’ichi tomonidan itaruvchi oyoqni bukish, qo’l bilan
itvrilib, bo’sh oyoq va qo’lni harakati bilan bajariladi. Oyoq bukish chang’ining
harakati vaqtida boshlanadi. Oldinga qarab yurish uchun sharoit yaratish uchun
itaruvchi oyoqdagi chang’ini to’xtatib uni qor bilan ishqalanish hosil qilish kerak.
Bunda statik ishqalanish kuchi hosil bo’ladi va tayanish reaktsiyasi olg’a va
yuqoriga yo’nalgan bo’ladi. CHang’ining aktiv harakati bilan chang’i to’xtaydi.
Bunda chang’ichi tayanuvchi oyoq bilan orqaga qarab harakat qiladi va chang’ining
siljishi to’xtaydi. Tayanuvchi oyoq orqag’a harakat qilganda bo’sh oyoq esa oldinga
o’tkaziladi. Tayanuvchi oyoq to’g’rilanib qorga bo’lgan bosim ortadi.
CHang’ini moylaydigan yog’i statik ishqalanish koeffitsientiga ega bo’lib,
chang’ini qor bilan bog’lanishini ta’minlaydi. Itarilish ancha uzoq vaqt davom etadi,
0,15 dan to 0,21 sek.gacha tizzalar bukiladi.
Konьkida bgurishda ikki printsipial har xil itarilish sxemalari bor.
Birinchi
usulda konьki to’xtab burin tomoni bilan musga tayanadi. itarilish tinch holatda
konьki va muz bilan bog’lanishida bo’ladi. Masalan, start vaqtidagi birinchi
qadamlarni ko’rsatish mumkin.
Ikkinchi usuli esa ikkala konьkining har xil
tomonga qarab yo’nalishiga bog’langan. Konьkida itarilishda itarilish kuchi uncha
katta emas, lekin u uzoq vaqt ta’sir etib ancha katta impulьs kuchini hosil qiladi.
Itarilish vaqtida chang’ichining harakatlari quyidagicha: tovonni bukuvchi
muskullarni bukib, chang’i va qor o’rtasidagi ishqalanish kuchini ko’paytirish,
itarilishni belning keskin harakati bilan tamomlab harakatni yuqoriga yo’naltiradi va
siljishning ishqalanish kuchini kamaytiradi, bundan tashqari chang’ichi kuch bilan
itarilib gorizontal itralishi kuchni ko’paytirishiga harakat qiladi.
Oyoq va qo’l bilan aktiv harakati chang’ini tez to’xtashiga yordam beradi va
tananing og’irlik markazini tezlanish kuchi bilan harakatiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: