Genetika fanining buyuk yutuqlari organizmni imkoniyatlarini kuchaytirish
uchun nolegal vositalardan foydalanishga yo’l ochib berdi. Xozirgi vaqtda genetik
doping sportni rivojlanishi va sportchilarni salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi
eng yomon omil hisoblanadi.
Odam genomiga ta’sir qilish usullarini keng tarqalishi uning evolyutsiyasini
taxmin qilib bo’lmaydigan darajada o’zgartirib tashlashi mumkin.
Xozirgi vaqtda sport amaliyotida sportga tanlab olish samaradorligi juda past,
sportchini muvoffaqiyatini taxminlash esa 60-70% ortmaydi. Odam genetikasi
qonuniyatlarini bilish murabbiylar va o’qituvchilarning faoliyatini yaxshilash
zahiralarni ko’rsatib beradi.
Jismoniy tarbiya va sport uchun odamni hayot faoliyatining irsiy asoslarini
bilish muhim ahamiyatga egaligi quyidagilardan iborat bo’ladi:
- organizmni o’sishi va rivojlanishini irsiy nazorat qilish yoshlik davrida eng ko’p
ta’sirga ega bo’lib, shu davrda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilarning
soni ko’p bo’ladi;
- oddiy sharoitda odam faoliyatiga irsiyatning ta’siri unchalik sezilarli emas,
kuchli jismoniy va psixoemotsional zo’riqish, eng katta quvvatli va davomli ishni
bajargan (sport musobaqasi shunga o’xshash) vaqtda uning ta’siri kuchliroq
bo’ladi;
- odamni genetik xususiyatlariga mos kelmaydigan sport turini va musobaqa
yo’lini tanlash sportchilarni chiniqish jarayonining rivojlanishini sekinlashtiradi,
organizmda harakatlarni boshqaruvchi funktsional tizimning noqulayligini
shakllantiradi, tizim ichida va tizimlararo keraksiz o’zaro bog’larni hosil bo’lishi,
kompensator reaktsiyalarni ko’paytirib, qo’shimcha zo’riqishlarning hosil
bo’lishi hisobiga sportchi salomatligiga xavf tug’iladi va oxir oqibatda sport
mahoratining ortishiga to’sqinlik qiladi.
Sportchilar, murabbiylar va vrachlar chiniqish mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil
qilish, sportga mo’ljallash, tanlab olish va musobaqa faoliyatining muvoffaqiyatini
shaxsiy taxminlash uchun organizmga irsiyatni ta’sir qilish qonuniyatlarini yaxshi
bilishi zarur.
Xozirgi vaqtda sport genetikasi yutuqlari bilan qurollangan yangi avlod
sportchilarini, murabbiylarini, o’qituvchilarini, vrachlarini va bolalar muassasalari
xizmatchilarini tayyorlash kerak. SHundagina chiniqish mashg’ulotlarini
samaradorligi ortadi, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash muddati qisqaradi va
keng aholini sog’lomlashtirish ishlari yaxshilanadi. Genetika qonuniyatlarini yaxshi
bilish va sport turiga moyilligini ko’rsatuvchi irsiy belgilardan foydalanish uchun
murakkab asbob va uskunalar talab qilinmaydi, iqtidorli bolalarni sportga tanlab
olishning yosh chegaralari sezilarli darajada pastlaydi, har bir bolaning irsiy
xususiyatlarini aniqlash uchun keng qamrovli monitoring ishlarini amalga oshirish
imkoniyati paydo bo’ladi.
DNK bo’laklarini xozirgi zamon biotexnologiyasi yordamida tahlil qilish
sportga tanlab olishga keng imkoniyatlar yaratadi. Tez chiniquvchanlik
xususiyatlaridan foydalanish orqali sport mahoratining yuqoriga ko’tarilishini
tezlatib, elita sportchilarni tayyorlash muddatini qisqartiradi.
Sportchi va murabbiylarga xozirgi vaqtda sportda qo’llanilayotgan dopinglarni
va ularni aniqlash usullari xaqida bilimlar berishga alohida e’tibor berish lozim.
Genetik dopinglarga e’tiborni qaratish eng muhim masala hisoblanadi.
Xozirgi vaqtdagi fiziologlar, sport vrachlari va genetiklar oldida turgan eng
dolzarb masalalardan biri murabbiy va sportchilarga, sportchining salomatligiga va
ularni bo’lajak avlodiga genetik dopinglarning salbiy ta’sirlarini tushintirish
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: