4. Transport oqimining zichligi, yo`lning o`tkazish qobiliyati va yuklanganlik
darajasi ko`rsatkichlarini baholash
Transport oqimining zichligi oshgan sari transport vositalari oraliq
masofasining kamayishi, tezlikning pasayishi, haydovchilarning psixologik ish
rejimining qiyinlashishi umumiy yo`l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng
katta transport oqimining zichligi transport vositalarining to`xtab qolish («zator»)
holatida kuzatiladi.
Transport oqimining zichligini qiyidagicha baholash mumkin.
V
N
q
(13.6)
bu yerda: N-bitta polosadagi harakat miqdori, avt soat,
V-transport oqimining tezligi km soat.
Bu ko`rsatkich harakat miqdori «N» va yo`l sharoiti o`zgarishiga bog`liq
chunki yuqorida aytib o`tganimizdek, «N» ko`rsatkichi o`zgaruvchan. Masalan «q»
aholi punktiga yaqinlashishda quyidagicha o`zgaradi.
Keltirilgan (2.6) formuladagi biror-bir ikki ko`rsatkich mahlum bo`lsa,
uchinchi ko`rsatkichni topish oson. Transport oqimining harakat tartibini kuzatishda
bunday bog`lanish qulaylik beradi. Yo`l bo`laklari yoki umuman yo`l bo`yicha
transport oqimining holatini tavsiflashda zichlik ko`rsatkichi orqali baholash
obhektiv natija beradi. Zichlikni bilgan holda «harakat miqdori-zichlik» grafigini
139
qurish mumkin, uning yordamida esa yo`l bo`lagining o`tkazish qobiliyati va harakat
tezligi aniqlanadi.
Transport oqimining zichligini aerofoshyomka yoki yo`lning yon tarafidan
baland joydan kinoshyomka qilish orqali aniqlanadi.
Yo`lning o`tkazish qobiliyati-vaqt birligi ichida yo`lni mahlum kesimidan
o`tkazish mumkin bo`lgan avtomobillar soni, u avt soatda yoki avt sutkada
aniqlanadi. Yo`lning o`tkazish qobiliyati harakat tezligiga va harakatni tashkil
etishga ko`p jihatdan bog`liq.
O`tkazish qobiliyatini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- maksimal nazariy o`tkazish qobiliyati-bu turdagi avtomobillarni qulay yo`l
sharoitidan ideallashtirilgan tartibda o`tkazish mumkin bo`lgan soni. Uni
transport oqimining dinamik formulasi yordamida aniqlanadi;
- amaliy o`tkazish qobiliyati-qulay ob-havo sharoitida konkret yo`l
bo`lagidan mahlum harakat tartibiga ko`ra avtomobillarni maksimal
o`tkazish mumkin bo`lgan soni.
Avtomobil yo`lining maksimal nazariy o`tkazish qobiliyati quyidagi empirik
formula orqali aniqlanadi.
d
L
V
Р
1000
avt soat
(13.7)
bu yerda: V-polosada harakatlanayotgan avtomobilning tezligi, km soat;
L
d
-avtomobilning dinamik gabariti, m.
Dinamik gabaritni quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
lx
S
lp
la
Ld
Т
(13.8)
bu yerda: l
a
-avtomobilning statik uzunligi; l
d
-haydovchining reaktsiya vaqtida
o`tadigan masofasi; S
t
-avtomobilning tormoz yo`li; l
x
-xavfsizlik masofasi; d-
xavfsizlik oralig`i. Avtomobilning dinamik gabaritini tashkil etuvchilar.
Avtomobillarning dinamik gabaritidan ko`rinadiki, bu ko`rsatkich transport
vositalarining bir polosada bo`ylama joylashuviga va transport turlariga bog`liq.
Buni inobatga olgan holda amaliy hisoblarni bajarish uchun odatda turli turdagi
transport vositalarining harakat miqdorini yengil avtomobillarnikiga keltirish
140
koeffitsienti kiritilgan va ularning qiymatini QMQ 2.05.02-95 mehyoriy xujjatiga
asosan qabul qilinadi.
Engil avtomobillarga keltirilgan harakat miqdori quyidagi formula yordamida
aniqlanadi
n
келт
i
келт
К
n
N
1
1
(13.9)
bu yerda: N
kelt
-engil avtomobilga keltirilgan harakat miqdori; n
i
-i turddagi
transport vositasi harakat miqdori; K
kelt1
-I turadagi transport vositasining yengil
avtomobilga keltirish koeffitsienti.
O`tkazish qobiliyati yo`lning asosiy hisobiy ko`rsatkichi bo`lib, u yo`lning
holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog`liqdir.
Yo`lning yuklanganlik darajasini quyidagicha baholash mumkin.
Р
N
Z
/
(13.10)
bu yerda: R-o`tkazish qobiliyati, avt soat; N-harakat miqdori, avt soat.
Agarda Z 0,2 transport oqimi erkin, Z*0,2-0,45 transport oqimi qisman
bog`langan Z*0,45-0,7 bog`langan oqimi, Z*0,7-0,1 to`yingan oqim yoki zich oqim
deyiladi.
O`tkazilgan ko`p yillik ilmiy izlanishlar natijasida yo`lning yuklanganlik:
darajasining optimal qymati shahar tashqarisidagi yo`llar uchun 0,45-0,55 deb
aniqlandi. Har xil yo`l sharoitlarida harakatni tashkil etishda yuklanganlik darajasi
ko`rsatkichlariga asosan ish yuritiladi.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |