3. Transport oqimi tezligining yo`l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan
o`zgarishi
Harakat tezligi yo`l harakatining asosiy ko`rsatkichi bo`lib. U yo`lda
harakatlanishning asosiy maqsadi shaklida namoyon bo`ladi. Yo`lda eng obhektiv
ko`rsatkich sifatida harakat tezligining butun marshrut bo`ylab o`zgarishini
ko`rsatuvchi grafik hisoblanadi. Lekin bunday tezlikning o`zgarish egri grafigini
chizish marshrut bo`ylab laboratoriya avtomobili yordamida amalga oshirilishi
lozim. Bu esa amalda mahlum qiyinchiliklar tug`diradi va ko`pchilik hollarda uni
bajarib bo`lmaydi. Shuning uchun harakatni tashkil qilishda yo`lning xarakterli
bo`laklarida transport vositalarining oniy tezligini o`lchash orqali xulosa qilishga
amaliyotda ko`nikma hosil qilingan.
Umuman avvalgi bo`limlarda aytib o`tganimizdek, transport vositalarining va
oqimning harakat tezligi «A-H-Y-P-M» tizimiga ko`pdan bog`liq bo`lib, tezlikni
tanlash ikkita mzon orqali amalga oshiriladi: 1) eng kam vaqt sarflash; 2) harakat
xavfsizligini tahminlash. Bunda albatta haydovchining mahorati, ish staji, psixofizik
holati, harakatlanish maqsadi tezlikni tanlashga tahsir ko`rsatadi. SHuningdek,
tezlikning o`zgarishiga avtomobilning texnik sharoiti, atrof-muhit holati va piyodalar
harakati katta tahsir ko`rsatadi.
Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi V
max
uning dvigateli quvvatiga
bog`liq. Kuzatishlar ko`rsatadiki, V
max
tezlik bilan haydovchilar faqat ayrim
hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi yo`l sharoitlarida transport
vositalarining tezligi 0,7-0,85 V
max
ni tashkil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka
holda gorizontal to`g`ri yo`l bo`laklarida kuzatiladi.
136
Amalda yo`l sharoiti ko`tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko`rinish
masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashkil topadi, shuningdek, harakat
miqdori va tarkibi har xil bo`lishi oniy tezlikning qiymatiga tahsir ko`rsatadi. Real
yo`l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 50-120
km soatdan 20-30 km soatgacha o`zgarishi mumkin.
Yo`l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan transport oqimi tezligining
o`zgarishini real O`zbekiston Respublikasi umum foydalanuvdagi ikki polosalik
avtomobil yo`llarida ko`rib o`tamiz. Muallifning o`tkazgan ko`p yillikilmiy-tadqiqot
ishlari natijasida bizning yo`l sharoitimizga harakterli bo`lgan aralash avtomobil-
traktor oqimi tezligi bilan harakat polosasi orasidagi bog`liklar aniqlanadi, u
quyidagicha ifodalandi
V*a 1,2 0,011 V
a
m;
(13.3)
Bu yerda: a-avtomobil kuzovining kengligi, m; V
a
-avtomobilning oniy tezligi
km soat; 1,2-qo`shimcha oraliq, m.
Transport oqimining o`rtacha harakat miqdorini har xil yo`l sharoitlarida
quyidagi empirik formula aniqlashimiz mumkin.
V
ur
*V
a
K
d
km soat;
(13.4)
Bu yerda: V
a
-erkin harakatlanayotgan avtomobilning oniy tezligi, km soat;
K
d
-har xil yo`l sharoitlarida «V
a
» ga nisbatan tezlikning o`zgarishini hisobga
oluvchi koeffitsient.
O`zbekiston sharoitidagi ikki polosalik avtomobil yo`llari uchun yo`l
sharoitiga bog`liq ravishda, K
d
qiymatining o`zgarishi.
Harakat miqdorining transport oqimi tezligiga quyidagi formular orqali
aniqlash mumkin.
V
ur
*V
a
(1-R N)
km soat;
(13.5)
Bu yerda: V
a
-erkin harakatlanayotgan avtomobil tezligi, km soat;
R-harakat miqdoriga nisbatan tezlikning pasayishni hisobga oluvchi
koeffitsient;
137
N-harakat miqdori, avt soat;
Avtomobil yo`llarida tezlikni oddiy sekundomer, «Fara», ««Barg’er»,
«To`pponcha» kabi tezlik o`lchovchi asboblar hamda har xil avtomatik datchiklar
yordamida, shuningdek, kinoshyomka usuli bilan o`lchanadi.
Harakatni tashkil qilish maqsadida eng sodda va qulay bo`lgan
sekundomerdan tezlik o`lchashda keng foydalaniladi. Buning uchun yo`lning qatnov
qismida uzunligi 50-100 m bo`lgan masofa belgilanadi. Avtomobillarning kuzatuv
uchastkasiga kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo`l yoqasiga ishora
tayog`i o`rnatiladi yoki yo`lning qatnov qismiga ko`ndalang belgi chiziqlari
tushiriladi. Harakat tezligini o`lchovchi kuzatuvchilar yo`lning yon tomonidan 10-15
m masofada joylashadilar va avtomobil o`lchov bo`lagiga kirishda daqiqa
o`lchagichni ishga tushiradilar hamda avtomobil o`lchov bo`lagidan chiqishida uni
to`xtatadilar. Olingan natijalarni maxsus tayyorlangan.
Amaliyotda hozirgi vaqtda operativ kuzatuv yo`lning har xil bo`laklarida
harakat tezligini «Fara», «To`siq», «To`pponcha» va boshqa tezlik o`lchagich
asboblari yordamida aniqlanadi.
Harakat tezligi to`g`risida olingan boshlang`ich mahlumotlarni matematik
statistika usuli bilan tahlil qilinadi. Buning uchun birinchi navbatda kuzatuv
natijasida tezlikni turkumlarga (ryazryadga) ajratiladi. Shundan so`ng har bir
turkumga to`g`ri kelgan tezlik mahlumotlarni yig`ib chiqiladi, shundan keyin
chastota hisoblanadi. CHastota-bu chastotaning har bir ryazryaddagi qiymatini jami
chastota yig`indisiga nisbatan (foizda ko`rsatiladi). CHastotaning yig`ilmasi esa
chastostni birin-ketin har bir ryazryaddagi qo`shilmalaridan iborat bo`ladi.
Ko`rsatilgan qiymatlarni jadvalga kiritib, yo yordamida taqsimot va jamlangan
egrilik chizilib, so`ngra tezlik qiymatlari tahlil qilinadi.
Taqsimot egriligi yordamida ko`p qaytariladigan tezlik-modal tezlik
aniqlanadi. Jamlangan egrilik yordamida esa 15, 50, 85, 95% tahminlanganlik tezlik
qiymatlari topiladi. Jamlangan egrilikdan aniqlanadigan tezliklari quyidagicha tahlil
qilish mumkin. Bunda 15% tezlik harakatni tashkil qilishda eng past tezlik sifatida
qabul qilinishi kerak va u yordamida minimal tezlik chegaralanib, 4.7 buyurovchi
belgisi o`rnatiladi. 50% tahminlanganlikdagi tezlik qiymati oqimdagi hamma
138
avtomobillarning o`rtacha qiymatini ko`rsatadi. 85% tahminlanganlikdagi tezlikka
asosan yo`l belgilari va belgi chiziqlari o`rnatiladi. 95% tahminlanganlikdagi tezlik
hisobiy tezlikka teng deb qabul qilinadi va bu qiymatni yo`l elementlarini
hisoblashda qo`llaniladi.
Tezlikni aniqlash borasida olib boriladigan kuzatuvlar natijasi birinchi
navbatda qancha o`lchov olib borilishiga katta bog`liq. Ko`rsatkichlarning aniqlik
ehtimoli o`lchov soniga bog`liq, u esa o`z navbatida harakat miqdorining
o`zgarishiga bog`liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |