Axloqiy javobgarlik. Haydovchi mehnat shartnomasida ko`rsatilgan vazifani
bajarmagan, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmagan, xizmat burchini o`tayotgan
paytda ATXga ziyon keltirgan bo`lsa, axloqiy javobgarlikka tortiladi. Mehnat
intizomini buzganligi uchun ATX ma’muriyati haydovchini 1) ogohlantirishi, 2)
hayfsan e’lon qilishi, 3) qattiq hayfsan berishi, 4) maoshi past ishga o`tkazishi, 5)
ishdan bo`shatishi mumkin.
Moddiy javobgarlik. Haydovchining aybi bilan ATXga ziyon keltirilgan
bo`lsa, u bu ziyonni to`lashi lozim. To`lov miqdori haydovchi o`rtacha maoshining
uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |