Yo`l – transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va
hududi shu maqsadda foydalaniladigan er mintaqasi yoxud suniy inshoot yuzasi.
Yo`l o`z ichiga avtomobil yo`llarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil
yo`llarini) shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi yashash joylarining ko`chalari va
yo`lkalarini, shuningdek, shahar elektr transporti yo`llarini oladi.
Yo`l bering – Yo`l harakati qatnashchisiga nisbatan imtiyozi bo`lgan boshqa
yo`l harakati qatnashchilarining harakat yo`nalishini yoki tezligini o`zgartirishga
majbur etishi mumkin bo`lgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki
boshlamasligini, biror bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.
Haydovchi yo`l berishi uchun o`zi boshqarayotgan transport vositasini sekinlatishi
yoki to`liq to`xtatishi lozim.
Yo`lovchi – transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |