chapga burilish yoki qayrilish uchun. Boshqa hollarda bu yuk avtomobillariga chetki
chap bo`lakka chiqish taqiqlanadi.
Bir tomonlama harakatlanish joriy etilgan yo`llarda ruhsat etilgan to`la
vazni 3,5 tonnadan yuqori bo`lgan yuk avtomobillari yo`lning chetki chap bo`lagiga
78
yuk ortish yoki tushirish uchun chiqishlari mumkin. Boshqa sabablar bilan chetki
chap bo`lakni band qilmasliklari kerak.
Aholi yashaydigan joylarda chapga burilish va orqaga qayrilish kabi
manyovrlar tez-tez uchrab turishi bois, haydovchilar harakatlanish xavfsizligi
talablariga asosan mo`ljallangan manyovrni bajarish uchun o`ziga tegishli yo`l
bo`lagini egallashlari lozim.
Harakat bir tomonlama bo`lgan yo`lning chap bo`lagida to`xtash va to`xtab
turish Qoidalarning 14.1 bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Harakatlanish bir tomonlama yo`llarda yonma-yon bo`lakdagi transport
vositalariga nisbatan katta tezlikda harakatlanish quvib o`tish hisoblanmaydi.
Tezlikni soatiga 40 kilometrdan oshirish mumkin bo`lmagan yoki texnik
sabablarga ko`ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari quvib o`tish,
chapga burilish yoki qayrilib olish, aylanib o`tish uchun qayta qayta tizilishdan
boshqa hollarda faqat chetki ong bo`lakda harakatlanishlari kerak.
Sekin harakatlanuvchi transport vositalari uchun alohida bo`lak bo`lib
tegishli belgilarga ega bo`lsa, bunday transport vositalarining haydovchilari shu
bo`lakdan foydalanishlari lozim.
To`g`ri yo`nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir satxda
joylashgan tramvay izidan shu yo`nalishdagi boshqa bo`laklar band bo`lganda
harakatlanishga, aylanib va quvib o`tishga, shuningdek, 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan
belgilanmagan hollarda esa chapga burilish va qayrilib olishga ruhsat etiladi. Biroq
bu manyovr tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.
Qarama-qarshi yo`nalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi.
Agar qatnov qismi yo`l chiziqlari bilan bo`laklarga ajratilgan bo`lsa, transport
vositalarining harakatlanishi qatiy ravishda belgilangan bo`laklarda amalga
oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o`tishga ruhsat
etiladi.
Reversiv harakatlanishli yo`lga burilishda transport vositalari qatnov qismlari
kesishmasidan chiqishda chetki o`ng bo`lakni egallashi kerak (6.4-rasm).
Haydovchiga shu yo`nalishdagi boshqa bo`laklarda ham harakatlanishga ruhsat
berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina qayta tizilishga ruxsat etiladi.
79
Reversiv bo`lakli yo`lga burilayotgan haydovchiga reversiv bo`lakdagi
harakatlanish qaysi yo`nalishda ekanligi noma`lum, shuning uchun u chetki o`ng
bo`lak bo`yicha harakatlanish kerak (6.15-rasm).
Qoidalarning 14.1, 27.2 bandlarida ko`zda tutilgandan boshqa hollarda
transport vositalarining yo`l yoqasi, trotuar yoki piyodalar yo`lkalaridan
harakatlanishi taqiqlanadi (11.16-rasm). Bu joylarda yo`ldan foydalanish va
kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, boshqa imkoniyat
bo`lmagan hollarda bevosita yo`l yoqasida, trotuar yoki piyodalar yo`lkalari oldida
joylashgan savdo shohobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish
uchun transport vositalarining kirishiga ruhsat etiladi. Bunday vaziyatda yo`l harakati
xavfsizligiga to`la ta`minlangan bo`lishi shart.
Haydovchi o`zidan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin to`xtaganda
u bilan to`qnashib ketmaslik kafolatini beradigan oraliq masofani, shuningdek yo`l
harakati havfsizligini ta`minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak (6.17-
rasm).
Haydovchi yo`lning holati va sharoitini, transport vositasi va tashilayotgan
yukning xususiyatlarini inobatga olgan holda oraliq masofa (distantsiya va interva)
larni tanlashi kerak.
11.11. Aholi yashaydigan joylardagi yo`llarda tezligini soatiga 50
kilometrdan oshirishi mumkin bo`lmagan, shuningdek, ruxsat etilgan to`la vazni 12
tonnadan ortiq bo`lgan transport vositalarining o`zi va oldida ketayotgan transport
vositasi oralig`ida, ularni quvib o`tishi mumkin bo`lgan transport vositalari bemalol
yo`lning o`ng tomoniga qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashi
kerak.
Bir vaqtning o`zida ikki va undan ortiq sekinyurar transport vositalarini
quvib o`tish har doim ham xavfsiz bo`lavermaydi. Shuning uchun quvib o`tilayotgan
haydovchi quvib o`tuvchi haydovchiga imkon berishi kerak.
Quvib o`tishga tayyorlanayotgan, shuningdek transport vositalarining
tashkiliy jamlanmasi tarkibida, serqatnov bo`lgan yo`llarda harakatlanayotgan
transport vositalarining haydovchilariga bu talab taalluqli emas.
80
Agar biror bir to`siq sababli qarama-qarshi yo`nalishlarda harakatlanish qiyin
bo`lsa, to`siq o`z tomonida bo`lgan haydovchi yo`l berishi kerak (6.18-6.19-rasmlar).
Agar to`siq oldida imtiyoz belgilari bo`lsa, haydovchi ushbu belgilar talabiga
bo`ysunadi (6.20-rasm).
Tik nishablik va balandlik belgilari o`rnatilgan joylarda esa pastga
harakatlanayotgan haydovchi yo`l berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |