Vaqtinchalik qarorning amal qilishi ma‘lum muddat bilan cheklanadi yoki
doimiy qaror qabul qilguncha amal qiladi. Masalan, biror bir bayram munosabati
bilan ta‘lim muassasasida navbatchilarning tayinlanishi bo‗yicha chiqarilgan
buyruq shunday qarorlarga misol bo‗la oladi.
Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan,
favqulodda holatlar sodir bo‗lgan hollarda uni bartaraf qilish bo‗yicha qabul
qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |