O‘zbekistonda sport inshootlarining qurilishi va rivojlanishi yaqin o‘tmish bilan
bog‘liqdir. Eng yirik sport inshooti sifatida «Paxtakor» sport majmui 1956-yilda
qurilib, keyinchalik uning atrofida «Yoshlik» engil atletika yopiq binosi, qilichbozlik
va kamondan o‘q otish yirik zallari qurildi. Markaziy harbiy sport majmui (sobiq
«Mehnat rezervlari»), Mitrafanov nomidagi suv sport saroyi va boshqalar qayta
ta’mirlanib, xalqaro andozalarga moslashtirildi. Mustaqillik yillari viloyatlarning
markazlaridagi stadionlar va boshqa sport qurilmalari ham yangidan ta’mirlanib, ular
36
Respublika Prezidenti sovrini uchun tennis bo‘yicha xalqaro turnirlarning
boshlanishi (1994) va davom etishi Toshkentda «Yunusobod», «Jar», «O‘zbekiston»
va boshqa sport majmualarining qurib bitirilishiga sababchi bo‘ldi. Ularda faqat
respublika musobaqalari va tennis bo‘yicha xalqaro turnirlaigina emas, hatto boks,
kurash, sharqona yakka kurashlar va boshqa turlar bo‘yicha Osiyo va jahon
birinchiliklari ham o‘tkazilmoqda. Tennis kortlari va yirik sog‘lomlashtirish sport
markazlari barcha viloyatlarning markazlarida qurib bitkazildi. Ularning tarkibida
yirik sport zallari, suv havzalari, futbol va boshqa sport o‘yinlari maydonlari
mujassamlashgan.
«Yunusobod» sport majmuasi. Xalqaro musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha jahon
andozalariga mos keladigan kompleksda tomoshabinlar madaniy hordiq chiqarib dam
olishi, sportchilar esa o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari uchun qulay imkoniyatlar
yaratilgan.
Aholi o‘rtasida o‘yin maydonlari, sport zallari va yugurish, dam olish
yo‘laklarini qurish davom etmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, kasb-hunar kollejlari, litseylar uchun yangidan
qurilayotgan o‘quv binolari tarkibida katta sport zallari, suv havzalari mavjuddir.
Deyarli barcha oliy o‘quv yurtlari yirik sport majmualariga ega bo‘lmoqda. Ishlab
chiqarish korxonalari, turli muassasalarda (soliq tizimi, qurilish, aloqa va h.k.)
yangidan majmualarini qurish an’anaviy tus olmoqda.
Respublikada mavjud bo‘lgan sport inshootlarining soni haqida quyidagi
ma’lumotlarni keltirish mumkin (2001-yil boshidagi yig‘ma hisobotlar asosida
keltirildi.)
Mustaqillik
yillarida
futbol
maydonlari
yanada
ko‘paydi.
1991-yilda O‘zbekiston respublika bo‘yicha 5664 ta, 1995-yilda 4841 ta va 2000-yil
oxirida esa ularning soni 6804 taga etdi. Shuningdek, tennis kortlarining soni ham
ancha oshdi. 1991-yilda 184 ta, 1996-yilda 285 ta va 2001-yil boshida esa 659 taga
etkazildi.
37
Yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va dalillar respublikadagi iqtisodiy, ijtimoiy-
madaniy rivojlanish va aholining salomatligini yaxshilash yo‘lida qilinayotgan sa’y-
harakatlar nishonasidir.
Xulosa qilib aytganda, sport tashkilotlari, xodimlari, aholining ijtimoiy-madaniy
va salomatligini saqlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, mas’ul xodimlar, ayniqsa,
sport inshootlaridan unumli, maqsadli foydalanishlari lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: