O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakul’teti



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana14.07.2021
Hajmi0,68 Mb.
#118541
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlantirish

1.2. 

5

Kadrlar tayyoriash milliy dasturlari yo‘nalishida 

jismoniy tarbiya va sport 

Respublika  mustaqilligining  istiqbolli  barcha  sohalar  kabi  jismoniy  madaniyat 

harakatining ko‘pgina tarmoqlari va tizimlarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi 

mutaxassis  kadrlar  tayyoriash,  ularning  ish  malakalarini  davr  talablari  asosida  olib 

borishni talab etmoqda. 

O‘zbekistonda  Kadrlar  tayyoriash  milliy  dasturi  (1997)  va  uning  tarmoqlar 

hamda  sohalar  bo‘yicha  kadrlar  tayyoriash  ishlarida  jismoniy  tarbiya  va  sport 

sohasining ham o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyatlari mavjud. 

                                                 

5

 Ўзбeкистон Рeспубликасининг Кадрлар тайёрлаш миллий дастури, 1997. 




 

29 


O‘zbekiston  Davlat  jismoniy  tarbiya  instituti  (O‘zDJTI),  viloyatlardagi  Oliy 

o‘quv  yurtlarining  16  ta  jismoniy  tarbiya  fakultetlari,  pedagogika  kasb-hunar 

kollejlaridagi  jismoniy  tarbiya  bo‘limlari,  har  bir  viloyat  markazida  yangidan 

(1999— 2001 y.y.) tashkil etilgan olimpiya zaxiralari tayyoriash kasbhunar kollejlari 

oliy  va  o‘rta  ma’hlmotli  jismoniy  tarbiya  mutaxassislarini  tayyorlamoqda. 

Shuningdek,  AAvloniy  nomidagi  Respublika  o‘qituvchilar  malakasini  oshirish 

Markaziy  institutining  jismoniy  tarbiya  kafedrasi,  viloyatlardagi  Xalq  ta’limi 

boshqarmalari  tarkibidagi  malaka  oshirish  institutlarining  jismoniy  tarbiya 

kafedralari, O‘zDJTI qoshidagi malaka oshirish fakulteti, Madaniyat va sport ishlari 

vazirligi  hamda  respublika  kasaba  uyushmalari  ko‘ngilli  sport  jamiyatlari  Markaziy 

Kengashi  qoshidagi  malaka  oshirish  va  qayta  tayyoriash  kurs-seminarlari  va 

boshqalar  jismoniy  madaniyat  hakarati  tizimidagi  barcha  mutaxassislarning 

malakalarini oshirishda katta faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Kadrlar  tayyoriash  milliy  dasturining  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi 

yo‘nalishlarida quyidagi sohalar bo‘yicha mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda, ya’ni: 

1.  Umumta’lim  maktablari,  kasb-hunar  kollejlari,  litseylar  va  oliy  o‘quv 

yurtlaridagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari. 

2.  Barcha turdagi va bosqichdagi sport maktablari, sport turlari bo‘yicha terma 

jamoalarda shahar-tuman, viloyat va respublika miqyosidagi murabbiylar. 

3.  Sport  qo‘mitalari  va  sport  jamiyatlaridagi  (turrianshahar,  viloyat  va 

respublika bo‘yicha) rahbar hamda mas’ul xodimlar. 

4.  Ishlab  chiqarish  korxonalari,  aholi  istiqomat  joylari,  xo‘jaliklar  va  o‘quv 

yurtlaridagi sport klublarning rahbarlari, murabbiy-yo‘riqchilari. 

  Sog‘lom  avlod  dasturi,  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  onalik  va  bolalikni 

muhofaza  qilishdagi  rasmiy  ko‘rsatmalar,  qarorlar  asosida  tarbiya  va  tibbiy 

muassasalarda jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi (metodist), mahallalarda jismoniy 

tarbiya  va  xalq  milliy  o‘yinlarini  uyushtiruvchi  tashkilotchilar,  xotin-qizlar  bilan 

bevosita  shug‘ullanuvchi  jismoniy  tarbiya  mutaxassislariga  ehtiyoj  kuchaymoqda. 

Ya’ni  bu  sohalar  bo‘yicha  viloyatlardagi  jismoniy  tarbiya  fakultetlari,  bo‘limlari, 

olimplya  o‘rinbosarlari,  kasb-hunar  kollejlarida  maxsus  kadrlar  tayyorlashni  yo‘lga 



 

30 


qo‘yish  lozimdir.  Shu  bilan  birga,  bo‘lajak  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilari  va  sport 

turlari bo‘yicha murabbiylar ham ommaviy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va 

sport, xalq milliy o‘yinlari va sayohatlar bo‘yicha zarur nazariy bilim hamda amaliy 

malakalar hosil qilishni yanada chuqurlashtirishlari lozim bo‘ladi. 

Ma’lumki, mutaxassis kadrlar hisobidan va sport ixlosmandlaridan sport turlari 

bo‘yicha  hakamlar,  jamoatchi  murabbiy-yo‘riqchilar  ham  tayyorlashni  davr  taqozo 

etadi.  Shu  sababdan,  shahar-tuman  sport  tashkilotlari  quyi  jamoalarda  jamoatchi 

faollarni ko‘paytirishlaii, ularning amaliy  faoliyatlariga yaqindan yordam berishlari, 

mehnatlariga  yarasha  o‘z  vaqtida  rag‘batlantirish,  taqdirlash  ishlarini  yaxshi  yo‘lga 

qo‘yishlari zarurdir. 

O‘rni  kelganda  aytish  zarurki,  mutaxassis  kadrlar  tayyorlashda  O‘zDJTI  katta 

faoliyat  olib  bormoqda.  20  dan  ortiq  kafedralarda  10  dan  ortiq  fan  doktorlari, 

professorlar,  100  ga  yaqin  fan  nomzodlari  va  dotsentlar,  o‘nlab  xizmat  ko‘rsatgan 

sport  murabbiylarning  nomlari  mamlakatimizda  mashhurdir.  Ulardan  R.S.Salomov, 

T.T.Yunusov, R.D.Xolmuhammedov (boks), A.Rasulova, G.Arzumonov 

(engil 


atletika), G.B.Abdurasulova  (qilichbozlik), O.O.Po‘latov (voleybol), Z.H.G‘affurova 

(pedagogika 

va 

psixologiya), 



Sh.Isroilov 

(jismoniy 

tarbiya 

nazariyasi), 

O.R.Toymurodov  (sport  kurashi),  U.R.Niyozbekov  (gimnastika)  va  boshqalarni 

ko‘rsatish mumkin. 

O‘zDJTI  1955-yilda  tashkil  topgan.  O‘tgan  davrda  20  mingga  yaqin  oliy 

ma’lumotli kadrlarni tayyorladi. Ular orasida Osiyo, Evropa va jahon chempionlari, 

olimpiya  o‘yinlari  g‘oliblari,  iste’dodli  olimlar,  sport  tashkilotlarining  rahbarlari 

etishib  chiqdi.  2005-yil  17—20-noyabrda  instutitning  50  yillik  yubileyi  va  xalqaro 

ilmiy anjuman katta tantana bilan o‘tkazildi. 

Viloyatlardagi  jismoniy  tarbiya  fakultetlarida  uzoq  vaqtlardan  buyon  mehnat 

qilayotgan ijodkor olimlar  J.E.Eshnazarov, H.T.Rafiev (Samarqand  DU),  A.Botirov,

 

A.Q.Ataev  (Buxoro  DU)  Sh.H.Xonkeldiev,  A.Abdullaev  (Farg‘ona  DU), 



J.T.Toshpo‘latov, O‘.Ibrohimov, (Termiz DU) T.X.Xoldorov, H.A.Meliev, Bo‘riboev

 

(Jizzax DPI), K.M.Mahkamjonov, N.N.Malinina (Nizomiy nomidagi Toshkent 




 

31 


DPU),  yosh  olim  B.Boyboboev  (Namangan  DU)  va  boshqalarni  tilga  olish  zarur 

bo‘ladi. 

Mutaxassis kadrlar tayyorlashda Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya 

fakultetining  ham  hissasi  g‘oyat  kattadir.  Unda  taniqli  murabbiylar,  tajribali 

o‘qituvchilar mehnat qihshgan. Samarqand DU talabalarining sog‘lomlashtirish sport 

oromgohi  Omonqo‘ton  tog‘li-o‘rmon  xo‘jaligida  joylashgan.  Har  yili  oromgoh 

spartakiadasi bo‘lib o‘tadi. 

Respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2001yil boshidagi hisobotida 

ko‘rsatilishicha,  1991-yilda  29134  nafar  jismoniy  madaniyat  va  sport  sohasjda 

kadrlar  mavjud bo‘lsa,  10  yillik  oxirida u  34952  nafarga etdi..  Bulardan  21557 tasi 

maktablarning  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilari,  1023  tasi  kasb-hunar  kollejlari,  932 

tasi  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlarining  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilaridir.  Oliy  o‘quv 

yurtlarida  877  nafar  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilari  faoliyat  ko‘rsatgan.  Barcha 

sohalardagi  murabbiylarning  soni.  6353,  sport  tashkilotlarining  rahbarlari,  mas’ul 

xodimlari  va  boshqa  sohalardagi  kadrlar  esa  4210  nafar  kishini  tashkil  etgan. 

Umumta’lim  maktablarda  11983  ta  oliy  ma’lumotli  o‘qituvchilar  ta’lim  bermoqda. 

Kasb-hunar  kollejlarida  —  1624,  oliy  o‘quv  yurtlari  —  874,  murabbiylar  —  3413 

boshqa sohalarda esa oliy ma’lumotli mutaxassislar soni 2300 dan oshadi.  

Ta’kidlash  joizki,  xalq  xo‘jaligining  barcha  tarmoqlari  uchun  malakali  kadrlar 

tayyorlashda  jismoniy  tarbiya  va  sportning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  mavjud.  Ular 

asosan jismoniy tarbiya darslari, sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayogan mashg‘ulotlar, 

turli-tuman sport musobaqalarining mazmunida o‘z ifodasini topmoqda. 

O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimovning  sport 

sohasidagi  farmonlari  hamda  O‘zbekiston  Respublika  Vazirlar  Mahkamasining  shu 

yo‘nahshdagi qator qarorlari, xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va 

sportni  yanada  takomillashtirishga  da’vat  etmoqda.  Shu  sababdan,  Oliy  va  o‘rta 

maxsus  ta’limi  vazirligi  tizimida  jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirishning 

1999—2005-yilga  mo‘ljallangan  dasturi  (Konsepsiya)  ishlab  chiqilib,  u  amalda  o‘z 

samaralarini bermoqda. 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish