99
Markaziy Osiyo xalqlari arablar istilochilik yurishining birnichi kunlaridan boshlab o‘z
erki va ozodligi uchun muqaddas kurashga otlanganlar, ona Vatan tuprog‘ining biror qarich yeri
bo‘lsa uni jangsiz va kurashsiz bosqinchilarga bermaganlar. Arablarga qarshi olib borilgan erk va
ozodlik kurashining eng ztiborli
tomoni shundaki, bu kurashda Movarounnahrning o‘trok
qadimiy
yerlik aholisi bilan turk qabilalari doimo birgalashib yagona ittifoqda jang qilganlar
720—722 yillarda birinchilar qatorida arablarga qarshi So‘g‘diyonada qo‘zg‘olon
ko‘tarilgan. Bu qo‘zg‘olonga Samarqand hokimi G‘o‘rak va Panjikent hukmdori Divashtich
boshchilik qilganlar. Har safar bo‘lganidek so‘g‘dliklarning ozodlik va erk uchun kurashlarini
turklar qo‘llab quvvatlaganlar. Yettisuvdan, Turkash hoqon shaxzoda Kursul boshchiligida katta
qo‘shinni yordam berish uchun Samarqandga yuborgan. So‘g‘dliklarning birlashgan kuchlari
arablarga qarshi muvaffaqiyatli janglar qilib bir necha sezilarli zarbalar berganlar. Bu paytda
Xurosonda Said ibi Abdulaziz noib edi. U yumshoq tabiatli va ayni zamonda kiyim-kechakka
o‘ch bo‘lganligidan “Xuzayna” (uy bekasi) laqabini olgan edi. Xurosonga yangi tayiilangan Said
ibn Amr Al-Xaroshiy (721) so‘g‘dliklarga qarshi keskin choralar ko‘rgan. U Iroqda ko‘tarilgan
halq ko‘zg‘olonini bostirishda o‘zining shafqatsizligi bilan nom qozongan edi. Xaroshiy ko‘rgan
keskin choralardan jabr ko‘rib norozi bo‘lgan So‘g‘d aholisi mamlakatni tark etib, Farg‘onaga
ko‘chishga qaror qilgan. So‘g‘d aholisidan taxminan 10 miig kishi yo‘lga otlanib, Xo‘jand
shahriga yetib kelganlarida Farg‘ona podshasi ularni shaharda joylashtira olmay Isfara
hududlarida joylashishini taklif ettan. Bu birinchi guruh edi. Ikkinchi guruh Panjikent hokimi
Divashtich boshchiligida Zarafshon bo‘ylab tog‘lar oshib Obgar (Obargar) qal’asi oldidan o‘tib
ilgarilab borgan.
Birinchi guruh hali Isfaraga yetib bormasdan Al— Xaroshiy yuborgan arab qo‘shinlari
Xo‘jandga yetib borganlar va so‘g‘dlilarni qamal qilgailar. Farg‘ona hokimi so‘g‘dliklarga
yordam bermagan. Qamalda qolgan so‘g‘dliklarni arablar batamom qirib tashlaganlar. Ba’zi
ma’lumotlarda uch ming, yana boshqalarida esa yetti ming odam ana shu qirg‘inda halok
bo‘lganligi takidlanadi. Arablar juda katta o‘ljalarni qo‘lga olganlar.
Said Al-Xaroshiy Divashtich boshchiligida Obargar yaqinida turgan panjikentliklarni
tugatishga kirishadi. Shu maqsadda u Sulaymon ibn Abussari boshchiligida katta qo‘shin
jo‘natadi. Bu qo‘shin tarkibida Markaziy Osiyo hududlaridagi bir necha hokimlar, jumladan
Xorazm vohkasi kuchlari ham bor edi. Umumiy qo‘shinga rahbarlik qilish Musayyob ibn Bashir
Ar-Riyohiyga yuklatiladi.
Qo‘zg‘olon ko‘targan Divashtich boshchiligidagi kuchlar obargar qalasidan chiqib
dushmanni qarshi oladi. Bu jangda arablarning qo‘li baland kelib, qo‘zg‘olonchilar Obargar
qal’asiga chekinadilar. Qala arablar tomoindan qurshovga olinadi. Kuchlar nisbatining teng
emasligini hisobga olgan Divashtich Sulaymonga qalani topshirishga rozi bo‘ladi va o‘zini
Musayyob bilan birga Xaroshiy oldiga yuborishni so‘raydi. Xaroshiy Divashtichni izzat-ikrom
bilan kutib oladi, samimiy qabul kiladi, so‘ngra Arbinjonga (ba’zi manbalarda Rabinjon —
Kattaqo‘rg‘onga yaqin joyda) olib borib qatl etadi. Divashtich tanasi zardushtiylarning xilhonasi
— novus devoriga qoqib qo‘yiladi. Xaroshiy so‘g‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirgach, Zarafshon va
Qashqadaryo vodiylarida “tartib” o‘rnatadi. Unda ayniqsa Kesh va Nasaf katta taassurot
uyg‘otadi. U Sulaymon ibn Abussariyni bu shaharlarga hokim qilib tayinlaydi. Bundan tashqari
Sulaymon ayni zamonda harbiy ishlarga, hamda hiroj to‘plash bo‘yicha ham boshliq edi Bunday
masuliyatli ikkita lavozimga bir vaqtning o‘zida u davrda hech kim qo‘yilmasdi. Bu Sulaymonga
bo‘lgan o‘ziga hos
katta ishonch edi, albatta.
Arab istilochilariga qarshi kurash bir daqiqa bo‘lsada to‘xtamadi va u muttasil davom etdi.
723 yilda Farg‘ona podshosi bosh ko‘tardi. Uni Shosh, Nasaf aholisi va turklar qo‘llab
quvvatladi. Ittifoqchilarning birlashgan kuchlari arablarni Xo‘janddan to Samarqandgacha bir
necha zarbalar berib ta’qib etib bordilar. Bu voqealar shundan dalolat beradiki, so‘g‘dliklar
arablardan bir necha bor mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalarda ular o‘zlarini hali batamom zabt
etilgan deb hisoblamas edilar va arablarga qarshi kurashni davom ettira berdilar.
100
725—729 yillar davomida arab xalifaligining soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro
va Xuttaliyonda qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Bu davrda Ashros ibn Abdulla As Sulomiy noib bo‘lib
u ikki tomonlama siyosat olib borib mahalliy aholining g‘azabiga duchor bo‘lgandi. U dastlab
musulmon dinini qabul qilgan fuqarolardan hech qanday soliq olinmaydi, deb Xuroson va
Movarounnahr aholisining ishonchiga sazovor bo‘lgan edi. Ashros arablar kuchi islomda, islomni
qabul qilgan mahalliy xalq arablarga hech
qanday qarshilik qilmaydi, deb o‘ylagandi. So‘g‘dliklar
uning va’dasiga ishonib tezda islom diniga kirgan va musulmon bo‘lgandilar.
Masalani qiziq tomoni shundaki ilgari xalq tomonida turib arablarga qarshi kurashgan
Samarqand Hokimi G‘o‘rak endi Ashros siyosatiga qarshi chiqadi. Taboriy ma’lumotlariga
qaraganda u Ashrosga hat yozadi. Bu hatda musulmonlikka o‘tganlarga nisbatan tutilgan siyosat
hirojning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ldi xiroj oladigan odam qolmadi, deb uni ogohlantirgan
emish. Shundan so‘ng Ashros G‘o‘rakning haq ekanligiga hayotda ishonch hosil qilibdi va
ilgarigi “kuch islomda” degan fikr o‘rniga “arablar hukmronligining kuchi hirojda” degan shiorni
ilgari suribdi. Ana shu asnoda Ashros islomni qabul qilgan va qilmaganlardan ham bir hilda,
avvalgidek soliq yig‘averishni buyuribdi. Bu tezda so‘g‘d aholisining keskin noroziligiga sabab
bo‘lib katta qo‘zg‘olonlarning boshlanishiga olib kelgan. Samarqandda boshlaigan bu
qo‘zg‘olonga yetti ming kishi qatnashgan. Qo‘zg‘olon kengayib Buxoroga tarqalgan. Samarqand
va Buxorodagi qo‘zg‘olon qatnashchilari o‘zlarini musulmonlikdan chiqib kofirlikka
qaytganliklarini ochiq-oydin e’lon qilganlar. Turklar qo‘zg‘olonchilarni qo‘llab-quvvatlab ularga
yordam berganlar. Qo‘zg‘olon hamma yerni qamrab olgan.
Ayniqsa, 728 yil arablar uchun juda og‘ir bo‘lganligi qayd etiladi. Qo‘zg‘olonchilar ularni
juda ko‘plab hududlardan haydab chiqargapnar. Faqat G‘o‘rakning ikkiyuzlamali va sotqinlik
siyosati tufaydi Dobussiya va Samarqand arablar qo‘lida qolgan. G‘o‘rak bu ozodlik kurashida
katta rol o‘ynashi mumkin edi. Ammo u bu yo‘lni tanlamadi. Faqat 729 yilda juda katta
urinishlardan so‘ng arablar yana Buhoroni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Turklarning
qo‘zg‘olonchilarga ko‘rsatgan yordamidan ta’sirlangan G‘o‘rak kechikib bo‘lsada arablar bilan
aloqani uzdi va sug‘dliklaa qo‘zg‘oloniga qo‘shildi. Bu uning ilgarigi obro‘sining tiklanishiga
sabab bo‘ldi. Taboriy ayniqsa Kesh atrofida arablarga qarshi Shosh, Farg‘ona qo‘shinlari va turk
lashkarlarining qaxramonlarcha jang qilganligini alohida ko‘rsatadi. Bu olib borilgan janglar
Samarqand, Buxoro va boshqa joylarni istisno qilganda Movarounnahr xalqining yana besh yil
mobaynida arablar hukmronligiga bo‘yosunmagan jasoratidan bir namunadir.
736—737 yillarda Tohariston va So‘g‘dda arablarga qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tarilgan.
Natijada arablarga qarshi juda og‘ir ahvolga tushib qoladilar. Og‘ir
vaziyatdan qutulish
mahsadida Xuroson va Movarounnahrning noiblari va amirlari bir necha marta o‘zgartiriladi.
Xususan Nasr ibi Sayyor (738—748) davrida ko‘rilgan tadbirlar tufayli arab istizyuchilari o‘lkada
o‘z mavqelarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldidar. U qo‘zg‘olonchilarni bostirish uchun
Samarqand, Shosh, Farob va Farg‘onaga bir necha bor qo‘shinlar tortib bordi. Nasr ibn
Sayyorning noiblik davri Markaziy Osiyo yerlariniig arablar tomonidan istilo qilinishi tarixida
yangi va sungi davrdir. U ma’lum bir- muddat davomida mamlakatda nisbiy osoyishtalik o‘rnata
oldi. Nasr bunga qanday erishdi? Avvalo u oqsuyak dehqonlar o‘rtasidagi nizolardan foydalandi,
ularning ko‘pchiligini o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Oqsuyak dehqonlar, lashkarboshilar
imtiyozlarini saqlashga alohida e’tibor berdi, ular o‘tasida kon-qardoshlik va qarindosh-
urug‘chalik aloqalarini o‘rnatishni har taraflama qo‘llab-quvvatladi. Uzi bu sohada namuna
ko‘rsatib Tog‘shoda Buxorxudotning qiziga uylandi. Va nihoyat Nasr ibn Sayyor moliyaviy
islohot o‘tkazdi. Unga ko‘ra islom dinini qabul qilgan barcha kishilar juz’ya solihlaridan ozod
qilindilar va barcha musulmonlar xuquq jihatdan tenglashtirildi. Yer egasi esa qaysi e’tikodda
bo‘lishidan qat’i nazar, xiroj solig‘gi to‘lashi shart qilib qo‘yildi.
Albatta Nasr ibn Sayyor davridagi o‘lka osoyishtaligi vaqtinchalik va nisbiy xarakterda
edi. Xalifalikning sharqiy mustamlakalari hisoblangan Markaziy Osiyo hududlari erk va ozodlik
uchun kurashga bel bog‘lagan avlod-ajdodlarimizning ulug‘vor yangi chiqishlari arafasida turar
edi.