124
olishgan va Hindistondagi harbiy qal’ada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u hibsda o‘lgan).
Saljuqiylar g‘aznaviylarga qarshi olib borgan ko‘plab muvaffaqqiyatli janglaridan so‘ng
Nishopurni egallab, o‘z rahbarlari Tug‘rulbek sulton deb e’lon qildilar (1038). Dandanakon
jangiadgi g‘alabadan so‘ng u Xuroson hukmdori deb e’lon qilindi. Asta-sekin saljuqiylar
Xuroson, Xorazm, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bag‘dod bilan birga)ni o‘zlariga
buysundirdilar. Bag‘dodda Tug‘rulbek nomiga xutba o‘qitilgan. Abbosiylor xalifasi al-Koim (
hukmronlik davri: 1031-75) hokimiyatni Tug‘rulbekka topshirib, uni sulton hamda Sharq va
G‘arb podshohi deb tan olishga majbur bo‘lgan va qizini unga xotinlikka bergan. Tug‘rulbek
Rayni, uning ukasi Chag‘ribek Dovud (990—1060) Marvni o‘zlariga poytaxtqildilar. 1050 y.da
Tug‘rulbek poytaxtni Raydan Isfahonga ko‘chirgan
Alp Arslon va Malikshoh xukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin
Sharqda mustahkam o‘rnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200
ming kishilik qo‘shinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071—81), keyinchalik Suriya va
Falastinni eabt etishgan. Armamiston, Gruziya, Shirvon ham bo‘ysundurilgan. Shu davrda Balx
Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Farg‘ona vodiysi saljuqiylar qo‘l ostida
birlashgan. Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularniig ustunligini tan olishgan. Alp
Arslon poytaxtni Isfaxon Marvga ko‘chirgan. Saljuqiylar qo‘shinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman
va Baxrayn yerlarini ham o‘z tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida S.d. harbiy-
siyosiy jihatdan juda kuchli bo‘lgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga ko‘chirilgan. 11-
a.oxirlarida S.d. Sharqiy Turkistondan O‘rta yer va Marmar dengizlarigacha bo‘lgan katta
hududni o‘z ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya o‘rtasida joylashgan. Salibchilarniig
Sharqqa qilgan yurishlarini to‘xtatishda saljuqiylarning xizmati katta bo‘lgan.
11-a.oxirlaridan boshlab S.d. parchalana boshlaydi. Chunki 1-salib yurishi natijasida S.d.
Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil bo‘yi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir
qismidan ajralgan (1096-99). S.d.dan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas.
Kermon sultonligi (1041—1187), Shom (Suriya) sultonligi(1074-1117), Ko‘niya sultonligi va b.
saljuqiy sultonlar o‘g‘uz va b. turkiy urug‘lar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto in’om kilganlar.
Mas. Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat-mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto
tariqasida bergan. Katta-katta mulklarga ega bo‘lgan iqtodarlar esa mustaqil bo‘lishga harakat
qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan so‘ng, uning o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurash avj oldi.
Aka-uka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri 1092-94) Barqiyoruq Malikshoh II (hukmronlik
davri: 1104— 25), G‘iyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18) ayrim hokimlarning
isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarga qarshi kurash olib
borishga majbur bo‘lganlar.
Buyuk S.d. taxt uchun kurashlar oqibatida sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lingan. G‘arbiy
qismga kirgan G‘arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118—94) iomi bilan sulton
G‘iyosiddin Muhammadning o‘g‘li sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118-31) boshqarishni
boshlagan. U Xamadonni o‘ziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism asosan, Xuroson,
Seyiston, Xorazm
va Movarounnahrdan iborat bo‘lib, unga sulton Malikshohning ken ja o‘hli sulton Sanjar
hukmronlik qillgan va poytaxti Marv bo‘lgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda g‘arbiy
saljuqiylar ham uning siyosiy ta’siri ostida bo‘lishgan, G‘aznaviylar davlati esa unga 1117 y.dan
tobe bo‘lgan. Biroq Sharqdan Qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib kirishi Samarqand
yaqinida bo‘lgan mashhur Qatvon jangi (1141 y. 9 sent.) da ular qarluqlar bilan birgalikda
saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qo‘shinini tor-mor qilishi natijasida Sanjarning kuch-
qudrati zaiflasha boshlab, u Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan ajraladi.
Anushteginiylardan Qudbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham S.d.dan
ajralib chiqib o‘z mustaqilligini tiklagan. Otsiz, hatto saljuqiylar poytaxti Marvni egallab,
Nishopurni qamal qilgan (1141—42). Sanjarning vafoti (1157) dan so‘ng saljuqiylarining
Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson g‘uzlar (o‘g‘uzlar) tasarrufiga kirgan. 1117 y.
saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi, 1187 y. Kermon sultonligi ham tugatilgan.
Xorazmshohlar 12-a. 2-yarmidan boshlab g‘arbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar