93
Oltoygacha, janubda esa Sind daryosi bo’ylariga borib taqaldi. Xoqon To’nyabg’u hukimronlik
qilgan davrda boshqaruv tartibi isloh qilindi. U 618-630 yillarda hukmronlik qildi. Viloyat
hokimliklarini hoqonlik mamuryati bilan bevosita bog’lash uchun va ular ustidan nazoratni
kuchaytirish uchun mahalliy hukmdorlarga ,,yabg’u “ unvoni tasis etildi. Natijada ular hoqonning
noibiga aylandilar. Shu bilan birga O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli
mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytirildi. Ular huzuriga hoqonning noiblari –
tudunlar yuborildi. Biroq ichki kurash oqibatida G’arbiy Turk hoqonligi zaiflashib bordi .
G’arbiy turk hoqonligining hududiga yuqorida aytkanimizdek O’rta Osiyo va Sharqiy
Turkistonning bir qismi kirar edi. Uning markazi Yettisuvda edi. Turk hoqonligiga birlashtirilgan
xalqlar taraqqiyotning turli bosqichlarida bo’ldi. Axolining bir qismi o’troq dehqonchilik bilan,
qolgan qismi esa ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullangan. Aholining mehnatkash qismi
,,budun” yoki ,,qora budun “deyilgan. Urug’ qabilalarining yirik vakillari esa ,,beklar” deyilgan,
jamoani
hoqon
yoki
qurultoylar
kengashi
boshqargan.
Patriarxal
oilalarga
,,kadhudodlar”boshchilik qilgan. G’arbiy turk hoqonligi markazlashgan davlat bo’lmagan ,u
o’nlab qabila uyushmalaridan tuzulgan ittifoq bo’lib, ularni har qaysisini alohida honlar idora
qilgan. Ularning eng kattasi Samarqand hokimligi edi. Bu paytda shaharlarning maydoniham
katta bo’lmagan. Masalan: Afrosiyobning 216gk ligi malum. Shaharlarda savdo sotiq ham yahshi
rivojlangan. Poykand savdogarlar shahri deyilgan. ,,Erkaklari chakmon kiyib, sochlarini oldirib
yurgan, ayollari esa sochlarini boshiga o’rab, qora ro’mol o’rab yurgan “ deydi Syuan Szyan.
Turk hoqonligi davrida ajdodlarinmizning madaniyati o’sha davrga nisbatan rivojlangan edi.
Bayramlar ham katta shodiyona bilan o’tkazilgan, bayramlarda kurash, kuch sinash kabi halq
o’yinlari bo’lib turar edi
Jamiyatda ayollarning obro’si katta bo’lgan .Masalan: O’g’il uyga kirsa avval onaga so’ng
otaga salom bergan.Xoqonlikda so’g’d yozuvi,oromiy yozuvi,xorazm yozuvi bilan bir qatorda
turkey yozuvlar ham keng tarqalgan.
Turk xoqonlari Kultegin,Bilga hoqon,To’nyuquq sharafiga o’rnatilgan bitiklarda Turklarning
taqdiri xavotirli bir masala qilib olingan. Vatan mustaqilligi uchun kurash,xalqni asoratdan olib
chiqish, mustaqil mamlakatda qonun qoidalar joriy qilish haqidagi so’zlardan iborat edi.
Bitiklardan birida ,, Ey turk xalqi to’kis ishonuvchansan, samimiy, nosamimiylikni ajratmaysan.
Kim qattiq gapirsa, samimiylikni ham tanimaysan, shundayliging uchun tarbiya qilgan hoqonlarni
so’zini olmay, har qayerga ketding. U yerlarda butunlay g’oyib bo’lding “ nomi nishonsiz ketding
deyiladi.
Daliliy ashyolar VII asrda mamlakatimiz hududida savdo kuchli rivojlanganligidan darak
beradi.5 yoshga kirganda bolalar hisob-kitobni o’rganishgan. 20 yoshga to’lganda savdo bilan
shug’ullangan.
VII-VIII asrlarda Turk hududidagi aholi diniy nuqtai nazardan turli tuman g’oyalar tasirida
bo’lgan. Deyarli har bir urug’,qabila va xalqning o’z diniy etiqodi bol’gan.Shu sababdan turkiy
qabilalarda ko’p hudolik keng tarqalgan.Lekin G’arbiy turk hoqonligini katta qismi otashparastlik
diniga etiqod qilgan. VI-VII asrlarda turkiy xalqlar o’rtasida otashtparastlik, buddizm, va xristian
dinlari ham tarqalgan edi. Aholini yana bir qismi ,,qam” diniga ham sig’ingan.Misol tariqasida
Istami vafot etganda uning o’g’li minib yurgan oti va to’rt xizmatchisini qurbon qilganligi ham
dalil bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: