O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h


 Kurash bilan shug‘ullanishda o‘z o‘zini nazorat qilish



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

4.3. Kurash bilan shug‘ullanishda o‘z o‘zini nazorat qilish 
 
Organizm 
jismoniy 
holatini 
yaxshilashga, 
jismoniy 
fazilatlarini 
rivojlantirishga hamda harakat malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishga 
qaratilgan kurash mashg‘ulotlari sport – sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari deyiladi. 
Kurash mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi shug‘ullanuvchilar organizmi jismoniy 
rivojlanish holatini yaxshilashga qaratilgan bo‘ladi. Kurash mashg‘ulotlarining 
ham tarkibiy qismi jismoniy yuklamalar va ularning samaradorligi, yuklamalar 
turlari, hajmi, ta’siri, shiddati va davomiyligidan iborat bo‘ladi. SHuningdek 
mashg‘ulotlarning tartibi, davriyligi va davomiyligi hamda mashg‘ulotlar orasidagi 
dam olish shakllari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Kurash sporti bilan muntazam shug‘ullanish organizm jismoniy 
rivojlanishini va salomatlikni mustahkamlanishini ta’minlaydi. SHunga qaramay 
mashg‘ulotlarni noto‘g‘ri tashkil etish hamda jismoniy yuklamalar ta’sirini haddan 


122 
ortirish natijasida organizmda salbiy o‘zgarishlar, charchoq holatlari kelib chiqishi 
mumkin. 
Nazorat usullarining asosiy shakllari: o‘z o‘zini nazorat qilish, tibbiy 
nazorat, dispanser nazorati, pedagogik nazorat. Jismoniy yuklamalar ta’sirini, 
shiddatini shug‘ullanuvchi imkoniyatlariga muvofiq tashkil etilmaslik organizm 
funksiyalari va a’zolari faoliyatida salbiy o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Bunday 
salbiy ta’sirlar yurak qon tomir faoliyatida ham aniq kuzatiladi. Organizmga 
jismoniy yuklamalar ta’sirini me’yorga keltirish va nazorat qilishda o‘z organizm 
faoliyatini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
O‘z o‘zini nazorat qilish – kurash bilan shug‘ullanish jarayonlarida 
organizm salomatligini, jismoniy rivojlanish jarayonlari va jismoniy yuklamalarni 
organizm rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini nazorat va tahlil qilish 
uslublari. Kurashchilar o‘z o‘zini nazorat qilishda organizm faoliyatining ob’ektiv 
va sub’ektiv ko‘rsatkichlarini qayd etib boradilar. Organizm sub’ektiv 
ko‘rsatkichlariga kayfiyat, uyqu, ishtaha, ishchanlik qobiliyati, tanadagi og‘riqlar 
yoki noxush sezgilarni kiritish mumkin. 
Kayfiyat kurash mashg‘ulotlarining organizmga ta’sirlarini belgilaydi.
Kayfiyat a’lo, yaxshi, qoniqarli va tushkun bo‘lishi mumkin. Uyquning tiniqligi, 
sokinligi hamda tinchligi shu bilan birga uyquning buzilishi, bosinqirash, 
uyqusizlik holatlari sportchi kundaligiga qayd etib boriladi. Ishtaha yaxshi
qoniqarli va past bo‘lishi mumkin. Ishtahaning buzilishi, organizmdagi salbiy 
jarayonlar, kasalliklar yoki charchoq oqibatida hosil bo‘lib, salomatlikni 
buzilishiga olib keladi. Mashg‘ulotlarga qatnashishlik va kurash mashqlar 
bajarishga ishtiyoq organizmning faoliyatining samarali tiklanishi hamda jismoniy 
yuklamalarning ijobiy ta’sirlari deb hisoblash mumkin. Doimiy mashg‘ulotlarga 
bo‘lgan ishtiyoq kurash mashg‘ulotlari to‘g‘ri tashkil etilayotganligini ko‘rsatadi. 
Ko‘p hollarda mashg‘ulotlar va musobaqalardan keyingi kunlarda 
mashg‘ulotlarga qatnashish hohish bir oz susayadi. SHuning uchun bu kunlarda 
madaniy hordiq chiqarish yoki engillashtirilgan jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish tavsiya etiladi. 


123 
Organizmdagi og‘riq sezgilari jarohatlanishlar, kasalliklar va charchoqlar 
tufayli hosil bo‘ladi. Og‘riqlarni bartaraf etishda issiq hammom, sauna va vannalar 
qabul qilish yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Davomli og‘riqlarda mashg‘ulotlar 
yuklamalarini kamaytirish tavsiya etiladi. Muskullar zo‘riqishi va tonusi ortib 
ketishida, massaj qilish, qizdiruvchi, og‘riq qoldiruvchi moylar, surtmalar surish 
yaxshi natija beradi. Muskul tortishishlarida esa vitaminlar, asosan vitamin S va R 
qabul qilish kerak. 
Kundalikka qanday mashqlarni bajarilgandan so‘ng, qaysi muskul 
guruhlarida og‘riq paydo bo‘ladi, og‘riqlar shakli, davomiyligi hamda darajasi 
belgilab qo‘yilishi kerak. Agar og‘riqlar yurak sohasida sodir bo‘lsa tezda 
shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi. Organizm sub’ektiv ko‘rsatkichlari 
sifatida yurak urishlari soni, tana vazni, muskullar guruhlari kuchi – 
dinamometriya, stanometriya, ter ajralishi va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin.
O‘z o‘zini nazorat qilish natijalari kurashchilarning o‘zlariga qolaversa, 
kurash murabbiyi uchun jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri rejalashtirish, mashg‘ulot 
uslublari va vositalaridan samarali foydalanish uchun tavsiyalar va ko‘rsatmalar 
berish uchun qo‘llanma bo‘ladi. Kurashchilar jismoniy tayyorgarlik darajasini 
muntazam nazorat qilib turish uchun jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik
tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari rivojlanish darajalarini 
musobaqalarda baholab borish kerak.
Kurash mashg‘ulotlari jarayonlarida o‘z o‘zini nazorat qilish, o‘zini anglash, 
sog‘ligini nazorat qilish, shaxsiy va jamoat gigienasi talabalariga qat’iy rioya 
qilish hamda sog‘lom turmush tarzi qoidalariga asosan hayot faoliyatini tashkil 
etishga ko‘mak beradi. O‘z o‘zini nazorat qilish kurashchilarda organizm 
a’zolarining faoliyati, ulardagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni nazorat qilish va 
baholash, kurash mashg‘ulotlariga ijobiy munosabatlarni shakllantirishga asos 
bo‘ladi. O‘z o‘zini nazorat qilish ta’limiy, ma’naviy, axloqiy va ruhiy tarbiyaviy 
vazafalarni bajaradi.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish