Pontiya yoki sariq do‘lana (Crataegus pontica C.Koch.). Ushbu do‘lana turi Markaziy Osiyo va Kavkaz tog‘larida dengiz sathidan 800-1700 metr balandliklarda turli ekspozitsiyali tog‘ yonbag‘irlarida tabiiy holda o‘sadi. Balandligi 10 metrgacha, diametri 35 sm bo‘lib, tanasining po‘stlog‘i kulrang, jigarrangda. Novdalarida ko‘plab yo‘g‘on tikanlar uchraydi, ulaming uzunligi 1 sm gacha yetadi. Barglari rombsimon, uch bo‘laksimon, to‘q yashil rangda. Gullari zontiksimon to‘q qizil rangda. Mevasi besh qirrali olmacha, olovrang 1,7 sm kenglikda. Ildiz tizimi 50-60 sm tuproq qatlamida joylashgan boiib, daraxt tanasidan 5-10 metr masofaga tarqaladi. Ildiz tizimi shox-shabbasi proyeksiyasidan 15 barobar kengroqdir. Sariq do‘lananing bu biologik xususiyati qurg‘oqchilikni osonlik bilan o‘tkazishini ta’minlaydi. Quruq tog‘ yonbag‘irlarida alohida-alohida, ba’zan kichik do’lanazor hosil qilib o‘sadi. Birinchi yillarida sekin o‘sadi, asosan urug‘idan ko‘payadi.
Jung‘or do‘lanasi (Crataegus songorica C.Koch.) Ushbu do‘lana tog‘larning o‘rta qismida ko‘p tarqalgan, Markaziy Osiyo va Qozog‘iston tog1 daryolari havzalarida ko‘plab o‘sadi. Balandligi 5 metrgacha, shox-shabbalari yaxshi rivojlangan kichik daraxt. Novdalari uzunligi 1,5 sm gacha boigan jigarrang tikanlar bilan qoplangan. Barglari oval-rombsimon, asosi keng, chekkalari tishli. Mevalari sharsimon, 13 mm diametrli to‘q qizil 3-4 tadan danakchalari mavjud. Mevasi to‘q qizil unsimon, iste’mol uchun yaroqli.
Turkiston yoki qizil do’lana (Crataegus turkestanica Pojark.). Bu do‘lana turining areali Tyan-Shan, Pomir, Oloy, Kopettog‘ni o ‘z ichiga oladi. U asosan toshloq tog‘ yonbag‘irlarida, daralar tubida, dengiz sathidan 2000 metrgacha bo‘lgan balandliklarda tabiiy o ‘sadi. Tabiatda 8 metrgacha balandlikka ega daraxt. Tana po‘stlog‘i va novdalari to‘q kulrangda. Novda tikanlari 1,5 mm gacha bo‘lib, siyrak joylashgan. Daraxtdagi barglari ikki xil gulli novdalarda romb shaklida, o‘suvchi novdalarda kengroq uch bo‘lakli. Aprelda gullaydi. Birinchi gullash 5-8 yoshli yosh daraxtlarda kuzatiladi. Gullari yarim zontiksimon oq rangda, mevasi oktabrda yetiladi, mevasi tuxumsimon diametri 12 mm gacha, qizil, yaltiroq, sariq unsimon, iste’molga
yaroqsiz meva etiga ega, bir danakli. Birinchi yillari sekin o‘sadi, 8-9 yoshlarida bor yo‘g‘i bir metrga o‘sadi. Maksimal balandlikka 30-60 yoshida yetadi. Ildiz tizimitarvaqaylagan, gorizontal ildizlari ona daraxtdan 8-10 metr masofagacha o‘sadi. Do’lananing bu xususiyati tog‘-o‘rmon melioratsiyasida eroziyaga uchragan va yuvilishga moyil tog‘ yonbag‘irlarini mustahkamlashda qadrlanadi va ko‘plab ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |