Sassiq kovrak (Ферула вошочан) - Ferula assa-foetida L.
Kovrak selderdoshlar (soyabonguldoshlar) - Apiaceae (Umbelliferae) oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 1 m gacha yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Kovrak 8-9 yildan so’ng poya chiqaradi, tik o’sadi, yo’g’on novda shakllantiradi, yuqori qismi shoxlangan bo’ladi. Ildizoldi barglari bandli, cho’zinchoq yoki lansetsimon uch bo’lakka ajralgan. Poyadagi barglari maydaroq, bir necha marta patsimon qirqilgan bo’lib, bandi bilan ketma-ket o’mashgan. Oqsariq, besh bo’lakli gullari murakkab soyabon to’pguliga joylashgan. Kovrakning mevasi - qo’shaloq pista hisoblanadi. Kovrak mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel-mayda yetiladi.
Sassiq kovrak (Ферула вонючая) - Ferula assa — foetida L.
Sassiq kovrak Markaziy Osiyodagi dashtlarda, yalangliklarda, qumli cho’llarda, soz tuproqli yerlarda, ba’zan tog’ oldi tekisliklarida o’sadi. Tibbiyotda kovrakning ildizidan olinadigan yelimi - smolasi ishlatiladi. Yelim-smola olish uchun poya chiqannagan o’simlikning ildiz atrofi chuqur qilib kovlanadi va ildizining yuqori tomonidan ozgina joyi kesib qo’yiladi. Shu yerdan yelim-smola oqib chiqadi. Qotib qolgan smola ertasiga yig’ib olinadi. Ildizida yelim-sola tamom bo’lguniga qadar u kesiladi va shu tarzda yelim-sola yig’ilaveradi.
Kovrak ildizi tarkibida 67,31% gacha kraxmal va 9% smola, 0,4% gacha efir moyi bor. Ildizidan olingan yyelim-smola «Assa fetida» 9,35-65,15% smolalar, 12-48% yyelim , 5,8-20% efir moyi va boshqa birikmalar (umbelliferon kumarini, ferula kislotasi va uning smola spirtlari bilan hosil qilgan efirlari) dan tarkib topgan. Yelim-smola efir moyi tarkibida o’simlikka sarimsoq xidi beruvchi organik sulfidlar (65% gacha), pinen, p-oksikumarin va boshqa faol birikmalar bo’ladi.
Sassiq kovrakning yelim-smolasi qadimdan xalq orasida turli kasalliklami davolash uchun qo’llanib kelingan. Abu Ali ibn Sino bu yelim-smolani (kovrakning boshqa turlarining yelim-smolasini ham) me’da, buyrak, taloq, jigar kasalliklarini davolashda hamda ishtaha ochuvchi, siydik haydovchi, bo’g’inlar og’riganda og’riq qoldiruvchi dori sifatida qo’llagan.
Sassiq kovrak yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishishi, o’pka sili, ko’kyo’tal, tish og’rig’i, asab kasalliklarini davolash uchun hamda quvyat beruvchi, balg’am ko’chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo’llaniladi. Sassiq kovrakning yosh novdalarini yanchib, qatiqqa qorib, xavfli shishlarga davo qilingan.
Kovrakning yelim-smola nastoykasi, emulsiya va habdori holida ilmiy tibbiyotda astma, tomir tortishishi va asab kasalliklarida ishlatiladi. Kovrakning quyidagi uchta turlari - Oq kovrak, oq shair, kovrak shair, kovrak sumbul tabobatda keng foydalaniladi.
Xalq tabobatida asosan sassiq kovrak keng ishlatiladi. Kovrakning boshqa turlari ham Markaziy Osiyo davlatlarida o’sadi va ildizlari tarkibida sassiq kovrakka o’xshash smola, efir moyi, yelim , ko’p miqdorda kraxmal va boshqa birikmalar saqlaydi.
Termopsis, afsonak (Термопсис) - Thermopsis R.Br.
Termopsis turlari Dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 40-90 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik hisoblanadi.
Termopsis (afsonak)ning quyidagi uch turlari - ketma-ket gulli termopsis (Thermopsis alterniflora), nishtarsimon termopsis (.Thermopsis lanceolata) va cho’ziq mevali termopsis (Thermopsis dolichocarpa) tibbiyotda ishlatiladi:
Termopsis turlarining poyasi ko’p sonli bo’lib, tik o’sadi va yaxshi shoxlangan. Barglari uchta cho’ziq nishtarsimon, cho’ziq ellipssimon yoki keng teskari tuxumsimon bo’lakli va ikkita qo’shimcha bargli bo’lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida ketma-ket o’mashgan. Sariq rangli besh bo’lakli gullari poyasi bilan shoxlarining yuqori qismiga joylashgan shingil gulto’plamini hosil qiladi.
Termopsisning mevasi cho’ziq yoki cho’ziq-ellipssimon, to’g’ri yoki biroz o’roqsimon egilgan, tuksiz yoki tukli, ko’p urug’li, pishganda ochiladigan dukkakli o’simlik. Termopsis may- avgust oylarida gullaydi, mevasi iyun-sentabrda yetiladi. Termopsis turlarining hammasi zaxarlidir!
Do'stlaringiz bilan baham: |