Ayirboshlash (iqtisodiyotda) – kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini o‘zaro almashtirishlari. A. iqtisodiy faoliyatning bir turi, ish-lab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘lab turuvchi vosita hisoblanadi. A. o‘ziga xos maxsus faoliyat turi bo‘lib, amaliyotda savdo-sotiqdan iboratdir. Bu faoliyat bilan maxsus kishilar guruhlari shug‘ullanadilar. A.ning iqtisodiy aso-sini ijtimoiy mehnat taqsimoti tash-kil etadi, harakteri va shaklini ishlab chiqarish belgilaydi. O‘z navbatida A. ham ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.A. kishilik jamiyati tarixida ij-timoiy mehnat taqsimoti, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan qabilalarning bir-biridan ajralishi tufayli kelib chiqdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘sib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalarda tay-yorlangan mahsulotlar ularning o‘z ehtiyojlaridan ortib qoladigan bo‘ldi, bu qabilalarda o‘zlari ishlab chiqara olmaydigan buyumlarga ehtiyoj o‘sa bosh-ladi. Shu davrda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotini A. vujudga keldi. Bu A. tasodifiy harakterga ega edi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib, hunarmandchilik qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqqach, qishloq xoʻjaligi va hunar-mandchilik ixtisoslashgan bir necha tarmoqqa ajralib ketdi. Natijada ishlab chiqaruvchilar ma’lum turdagi mahsulot tayyorlashga o‘tdilar va ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish bilan o‘z ehtiyojlarini qondira boshladilar. Keyinchalik ular A. uchun mahsulot tayyorlab, tovar ishlab chiqaruvchilarga aylandilar. A. ilgari tasodifan, o‘qtin-o‘qtin bo‘lsa, keyinchalik, u muhim ishga, muntazam faoliyatga aylandi.Tovar ishlab chiqarishning o‘sishi va A.ning ken-gayishining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bir tovar ikkinchisi bilan pul yordamida bilvosita ayirboshlandi. Har xil to-varlarni miqdor jihatdan almashti-rishda ularning tabiiy xususiyatlari (shakli, rangi, ogirligi, hajmi) emas, balki ayirboshlash qiymati asos bo‘ladi. A. ma’lum nisbat va mutanosiblikda yuz beradi, ya’ni bir tovar boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi. Tarixan A.ning ikki turi mavjud: a) barter yoki natural A. Bunda bir tovar boshqasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri, lekin ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi. Mas, bir qop bug‘doy – 2 kg metall; b) tovar ayirboshlash yoki savdo-sotiq. Bunda bir tovar boshqasiga pul vositasida almashiladi. Tovar pulga almashganda sotish yuz bersa, shu pulga boshqa tovar harid etilganda sotib olish yuz beradi. Har ikki amalning yaxlitligidan 236oldi-sotdi paydo bo‘ladi. Barter an’anaviy iqtisodiy tizimga xos, lekin xo‘jalik aloqalari izdan chiqqan, pul qadrsizlanib, o‘z obro‘sini yo‘qotgan kezlarda qaytadan paydo bo‘ladi.Tovar A. bozor iqtisodiyotiga xos, u A.ning ilg‘or hammabop usuli bo‘lib, nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |