Etimologik yoki grafik tamoyil
O'zlashgan so'zlarning qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish asosida yozish imloda etimologik yoki grafik tamoyil deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o'zlashma so'zning etimologiyasi saqlanadi. Masalan, Navoiy, Lutfiy, Moniy, mutolaa, mushoira, muammo kabi so'zlar ham shu tamoyil asosida yozilgan. Rus tili va u orqali o'zlashgan rol, sentner, tender, kompyuter, bank, senator, aksiya kabi so'zlar etimolo-gik-grafik tamoyil asosida yozilmoqda. Shunisi xarakterliki, o'zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo'lgan ba'zi ruscha-internatsional so'zlar hozirgi orfografik qoidalarga ko'ra, istisno tarzda, tilimizning talaffuz xususiyat-lariga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi: kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska, bank – banka kabi.
Ayni vaqtda orfografiya tamoyillari o'rtasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so'zlarning oxiridagi -viy, -iy qo'shimchalari tarixiy-an'anaviy tamoyilga ham, etimologik-grafik tamoyilga ham mos keladi.
Jo'nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa yozilishida fonetik va morfologik tamoyillar mos keladi
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
I.Grammatika yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq. Adabiy til me’yorlari deganda nimani tushunasiz?
2-topshiriq. Adabiy tilni buzuvchi unsurlar nimalar deb o’ylaysiz?
3-topshiriq. Qaysi kasb vakillari adabiy til me’yorlariga to’la amal qilishadi?
II.Mashqlar bilan ishlash.
1-mashq. Berilgan matndagi h va x undoshlaridan mosini qo’yib ko’chiring.
1. Me…nat – me…natning tagi ro…at. 2. Yoshlikda o‘rgangan …unar
— o‘zingga o‘ljaga qolar. 3. …aqiqat ba…slarda tug‘iladi. 4. …usn to’yda
kerak, aql kunda kerak. 5. Hamro…ing ya…shi bo‘lsa, yo‘ling yaqin
bo‘ladi. 6. …isobini bilmagan hamyonidan ayrilar. 7. Me…natni …alol
qilsang, …uzurini ko‘rasan 8. …amma odamni …urmatlashni unutma.
2-mashq. Nuqtalar o’rniga i yoki u unlilaridan mosini qo’yib ko’chiring.
But…n, sov…q, uyq…, kund…z, kulg…, shov…llamoq, quv…r,
uchq...r, chur…llamoq, tut…n.
4-tоpshiriq. 1. Quyidagi gaplarni tahlil qiling, uslubiy g’alizliklarni toping: Janob boy, sizni k a y f s i z ko’raman, mumkinmi sababini bilsam (Behbudiy. Padarkush), Xotin kishi bo’lsayam b ye l i d a b ye l b o g’ i b o r e d i (O’.
Hoshimov).
Mavzu bo‘yicha savollar:
1.Mavzu yuzasidan fikrlaringizni bayon eting.
2.Nutq turlari haqida ma’lumot bering .
3.Ichki nutq haqida tushinchalaringizni izohlang.
4.Tashqi nutq haqida fikrlaringizni bayon eting.
5.Og’zaki va yozma nutq haqida izoh bering.
6.Og’zaki nutqning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
7.Og’zaki nutqning shakllari haqida bayon qiling.
1.Me’yor deganda nimani tushunasiz?
2.Adabiy me’yor nima? Uning qanday ko’rinishlarini bilasiz?
3.Imlo va talaffuz me’yorlarini izohlab bering.
4. Leksik-grammatik me’yorlarni tushuntirib bering.
Adabiyot:
1.Abdurahmonova M., Fattaxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdiyeva N. O`zbek tili (o`quv qo`llanma). – Toshkent: Mumtoz so`z, 2018
2.Muhiddinova X., Salisheva Z., Po`latova X. O`zbek tili (oliy ta‟lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O`qituvchi, 2012. – 288 b.
3. Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat. Darslik. – T.: “Barkamol fayz media”, 1992. – 424 bet
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.“Mutaxassisilik tarixidan” mavzusini klaster usulida yoritib berish.
2. Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish
Do'stlaringiz bilan baham: |