Grammatika yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq. Dasturxon, chiroq, parda, marvarid, marjon, poyafzal, dastxat, mardonavor ushbu so‘zlarning qaysi tildan olinganligini ayting.
2-topshiriq. Quyidаgi atamalarning o’zbek tilidagi muqobil variantini toping va ma’nosini izohlang. Avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, control, komandirovka, komandirovochnaya leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya.
3-topshiriq. Oliy ta’limga oid so‘z!ar asosida “So‘z ustasi” o‘yini texnologiyasini namunadagidek davom ettiring
Ta’lim - mutaxassislik - kafedra - amaliyot - talaba - auditoriya - analiz - zakovat - tizim - magistratura
II.Mashqlar bilan ishlash.
1-mashq. Quyidagi arab tilidan olingan so’zlardan adabiyot sohasida ishlatiladigan atamalarni tanlab oling va ular asosida kichik matn tuzing. Amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa.
2-mashq. She’rni o‘qing, shevaga xos so‘zlarni aniqlang, ularga izoh
bering. O‘zingiz ham shunday so‘zlarga misollar topib yozing.
Buxoroda inak derlar,
Bibijonlar nabirasin
Qipchoq elda uydir oti.
Atrofida ovoradir.
Doim suyub go‘shtin yerlar,
Bola uchun bebaho taxt –
Sut beradi har bir zoti.
Milliy buyum gavoradir.
Xashak ushlab unga choping.
2-mashq. Quyida berilgan arab tilidan o’zlashgan so’zlardan beshtasini tanlang. Tanlangan atamalardan foydalanib, ularni bir-biriga bog’lab, kichik matn tuzing. amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola,
misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy,
ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa.
3–tоpshiriq.Avvalbirma’noli, keyinesako‘pma’noliso‘zlarniko‘chiring. Ko‘pma’noliso‘zlarningharbirleksikma’nosiasosidagaptuzing:
leksikologiya, tanqid, gap, non, kitob, yer, g‘oya, marmar, koinot, maktab, qobiliyat, xulosa, fonema, oyoq, bosh, yo‘l, cho‘qqi.
4-tоpshiriq. Gaplarni ko‘chirib, antonim so‘zlarning tagiga chizing.
El aziz etgan kishini hech kishi xor aylamas. Avval o‘yla, keyin so‘zla.Do‘stlar shod, dushmanlar g‘amgin…
Sultonali mirzo Anvarning tashqi ahvoli bilan yaxshi tanish bo‘lsa ham, uning ichki siridan voqif emas edi. Ra’no o‘zining bunday harakatlariga qarshi onasidan yaxshi-yomon mukofot olmasa ham, ko‘pincha otasidan tanbeh eshitadi. Birovning og‘irini yengil qilgan, mushkulini oson qilgan odam xalqdan rahmat oladi.
3-mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Bu so‘zlar boshqa gapdagi shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin.
Yer, jon, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, sog‘, shim, toy, et, yara, bez, oq, oshiq, osh.
5- topshiriq..”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Eksponat” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:
1-qator - tushuncha - ot
2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat
3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim
Namuna:
1.Termin
2.Iqtisodiy, sohaviy
3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi
4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.
5.Atama.
Do'stlaringiz bilan baham: |