O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 6,26 Mb.
bet39/90
Sana04.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#634823
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Bog'liq
2022 o\'tsq tekshirilgani

Annotatsiya namunasi
Annotatsiya
Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume )
Rezyume fransuzcha “résume” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda “qisqacha izoh” ma’nosini bildiradi. Rezyume ikki o‘rinda qo‘llaniladi:

  1. Iishga topshirayotgan inson to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot.

  2. Nashr qilinadigan asar yoki himoyaga tavsiya etiladigan ishning g‘oyatda qisqa mazmuni.

1. Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhira hujjat hisoblanadi. 0‘zbek tilida bunday hujjat “tarjimayi ho!” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume, asosan, ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Rezyumeda ish izlovchi shaxs haqida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bo‘lib aynan rezyumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan insonni ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezyume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezyume ishga topshiruvchi shaxs haqida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli boigan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezyume ishni qo‘lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezyumeingiz or­qali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o‘tish im­koni bo‘Imaydi!
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:

  1. Shaxsiy ma’lumot

  1. Ism-sharif (talab qilinadi)

  2. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)

s. Jins (majburiy emas)

  1. Millat (majburiy emas)

  2. Tug‘ilgan sana (majburiy emas)

  1. Qisqacha mazmun va professional maqsad (ixtiyoriy)

a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o‘tish.

  1. Ma’lumot

  1. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o‘qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o‘quv yurtining nomi, manzili (shart)

  2. Topshirilayotgan ishga taalluqli fanlar nomi va soati (shart emas)

s. Agar a’lo darajada bitirgan bo’lsa, shuni ham bildirib o‘tish
kerak

  1. Tajriba

  1. Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazi- falari va yutuqlari

  2. Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi.2. Rezyume nashr qiiinadigan asar yoki himoyaga tavsiya eti- ladigan dissertatsiyaning g‘oyatda qisqa mazmuni bo‘lib, odatda ishning oxirida boshqa tillarda, masalan, hozirda rus va ingliz tillarida beriladi. Ana shu qisqa rezyume orqali asosiy matnni o‘qimagan kishi ham tadqiqot haqida ayrim xulosalarga kelishi mumkin.

Namuna:
Abdusaidov Abduvalining «Matbuot tili madaniyatining lisoniy muammolari» mavzuidagi 10.02.02 - o ‘zbek tili mutaxassisligi bo ‘yicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dis- sertasiyasining qisqacha mazmuni
(REZYUMESJ)
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari, jumladan mat- buotga e ’tibor nihoyatda oshdi. Matbuotning davr talabiga javob ber- ishi, dolzarb muammolarni aks ettirishi, ularning yechimini ko ‘rsatishi, ommani operativ axborot bilan ta ’minlashi, o ‘z zimmasidagi vazifalarni munosib bajarishi, umuman, «to ‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko'tarilishijurnalistlarning tildan foydalanish mahoratiga ham bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda tadqiqotda matubot tili madaniyatining li­soniy muammolari gazeta janrlarining tili va uslubi, mustaqillik yillar- idagi leksik jarayon va adabiy normaga rioya ethh holatlari bilan bog ‘liq holda nazariy hamda amaliy jihatdan ko ‘rib chiqilgan.
Ishning ilmiy yangiligi:

  • gazeta tili ekspressiv-stilistik, normativlik nuqtayi nazaridan janrlari bo ‘yicha alohida-alohida tadqiq etilgan;

  • gazeta tilini o 'rganish sohasidagi muammolar, o ‘zbek adabiy till taraqqiyotida matbuotning roli va matbuot tili madaniyatini yanada ko ‘tarish bilan bog'liq masalalar ilk bor umumlashtirilgan;

  • umumxalq tilida qo ‘llanilgan frazeologik birliklar (FB) va ularn­ing variantlari, frazeologik neologizmlar, okkazional FBlarning xususiyatlari hamda ekspressivlikni ifodalashdagi roli gazeta material- lari asosida ilk bor to la yoritilgan;

  • gazeta sarlavhalari to'la va atroflicha umumlashgan tarzda tadqiq qilingan, gazeta ruknlari birinchi marta keng yoritilgan;

  • Mustaqillik davri matbuotida adabiy normaga rioya qilish hola- tlari o ‘rganilgan.

Dissertasiya ishning umumiy tavsifi, kirish, 3 bo ‘limga ajratilgan 7 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro ‘yxatidan ibo- rat.
Ishning mazmuni 9 ta alohida nashr va 31 ta ilmiy maqolada o‘z aksini topgan

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:





Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish