O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti


Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy



Download 2,48 Mb.
bet152/174
Sana01.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#627029
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy XIII asrning oxirlari va XIV asrning boshlarida yashagan. U Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyidan bo‘lgan. Uning hayotiga doir «Qissasi Rabg‘uziy» asarining muqaddimasidagi «Bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqluq, ko‘p yozug‘luq Rabot qozisi Burhoniddin o‘g‘li Nosiriddin» degan so‘zlardan bo‘lak ma’lumot saqlanib qolmagan
«Qissasi Rabg‘uziy» jami 72 qissadan tashkil topgan bo‘lib, ularning aksariyati «Qur’on» va boshqa diniy kitoblardagi diniy-afsonaviy syujetlar asosida yaratilgan. Muso, Nuh, Solih - payg‘ambarlar, Xorut va Morut - farishtalar, Qobil va Hobil haqidagi hikoyalar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari hayot voqealaridan yoki turmush tajribasidan olib yozilgan ayrim hikoyalar ham bor.
Shuningdek, faylasuf shoir Pahlavon Mahmud, lirik shoir Badriddin Chochiylar ijodi ham XIII-XIV asrlar mahsuli sifatida, o‘zbek adabiyotining shu davrdagi merosi sifatida o‘rganiladi.
O‘rta Osiyo xalqlarining mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi ozodlik harakatlari tobora kengayib, keskin tus oladi. Nihoyat, «Sarbadorlar harakati» deb nomlangan katta xalq harakati boshlanadi. Bu harakatning jangovor ruhini «sarbador» («boshimizni dorga qo‘yamiz») so‘zining o‘zi ham yaqqol ko‘rsatib turar edi. Sarbadorlar G‘arbiy Xurosonda poytaxti Sabzavor bo‘lgan o‘z davlatlarini vujudga keltiradilar va bu davlat 43 yil yashab, 1381 yilda Temur davlatiga qo‘shilib ketadi. Bu harakat taraqqiyparvar madaniyat, san’at va adabiyotda demokratik motivlarning rivojlanishiga samarali ta’sir etgan, badiiy adabiyot sohasida esa, sarbadorlarning Ibn-Yamin kabi iste’dodli shoirlari ham yetishgan edi.
Xorazmiy o‘zbek dunyoviy adabiyotining ilk yirik namoyandalaridan biridir. Xorazmiy 1353 yilda Oltin O‘rda Xoni Jonibekning Sirdaryo muzofotidagi amaldorlaridan biri Mahmudxo‘jabek bilan tanishadi. Mahmudjo‘ja ma’rifatli va qobiliyatli hukmdor va shoir bo‘lib, u Xorazmiydan o‘sha yili qish faslida shu yerda qolib, o‘zbek tilida bir asar yaratishni iltimos qiladi. Mana shu iltimosga ko‘ra Xorazmiy «Muhabbatnoma» asarini yaratadi. Bu asar Mahmudxo‘ja ta’biri bilan baholaganda «muhabbat nardi»ni ko‘plarga qaraganda ilg‘orroq, ustalikroq va san’atkorona ravishda o‘ynaganini bildiradi. «Muhabbatnoma» 1353-1354 yillarning qish faslida Sirdaryo atrofida yaratiladi. Xorazmiydan bizga qadar «Muhabbatnoma» va unga ilova qilingan «Hikoyat» asari yetib kelgan, xolos.
Atoiy XV asrning birinchi yarmida yetishgan iste’dodli lirik shoirdir. Atoiy haqidagi ma’lumotlar Alisher Navoiyning «Majolis-un-nafois» va «Nasoyim-ul-muhabbat» asarlarida keltirilgan, ana shu ma’lumotlarga asoslangan holda uning kelib chiqishi va avlodlari haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Atoiy o‘z davrining yetuk olim va fozillaridan biridir. Uning she’rlarida biz fanning turli sohalariga doir ma’lumotlarni, Iskandar, Jamshid va Kaykovus kabi o‘nlab tarixiy nomlarni, turli geografik atamalarni, ko‘pgina badiiy asarlar va Farhod, Shirin, Layli va Majnun, Vomiq va Uzro, Yusuf va Zulayho kabi qahramonlarning nomlarini uchratamiz. Bizga Atoiyning yagona qo‘lyozmasi ma’lum bo‘lib, unda shoirning 260 g‘azali mavjud. Atoiy g‘azallarida dunyoviy sevgini kuylaydi, tabiat ko‘rki va insoniy fazilatlarni ta’rif
va tavsif qiladi, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ijodiy foydalanadi va sodda, ravon, jo‘shqin hamda nafis baytlar bitadi.
Lutfiyning bizga qadar saqlanib qolgan asarlari uning tarjimai holini to‘la yoritish imkonini bermaydi. Barcha (Davlatshoh Samarqandiy, Navoiy, Xondamir, Abdulla Qobuliy, Shamsiddin Somiy, Vozihlarning tazkiralari) manbalarda ko‘rsatilishicha, taxallusi Lutfiy bo‘lgan bu atoqli so‘z san’atkori 1366 yoki 67 yilda Xirot chekkasidagi Dehinakor degan joyda tug‘ilgan va o‘sha yerda yashab ijod etgan. Lutfiyi Hiriy deb yuritiladi va sabzavorlik, nishopurlik, kashmirlik, mashhadlik va boshqa Lutfiylardan farq etib turadi. U 99 yil umr ko‘rib, o‘z qishlog‘ida vafot etgan. Lutfiyning bizga qadar yetib kelgan adabiy merosi «Gul va Navro‘z» dostoni va «Zafarnoma» asarlaridir. Bulardan tashqari uning fors-tojik tillarida yaratgan qator she’rlari bor. Lutfiy asarlarining turli davrlarda ko‘chirilgan nusxalari uning naqadar nafis so‘z ustasi ekanligidan dalolat beradi. Har bir tarixchi va tazkiranavis asarlarida unga nisbatan baho berilishi va ta’riflanishi ham fikrimizning yorqin dalilidir. Shu bilan birga g‘azallaridagi o‘ynoqilik ham uning so‘z ustasi ekanligini ko‘rsatadi.
A D A B I YO T L A R:

  1. Mallaev N., O‘zbek adabiyoti tarixi, «O‘qituvchi» nashriyoti, T-1965 y. 197-398-betlar.

  2. Istoriya Uzbekskoy literaturo‘, v 2-x tomax, tom I., izd. «Fan» T-1987 g. Str. 105-207.

  3. Ahmedov B., Tarixdan saboqlar, «O‘qituvchi» nashriyoti, T-1994 y. 426-428-betlar.

  4. Istoriya narodov Uzbekistana, izd. «Fan» T-1992 g. Tom I, str. 134-166.

  5. Atoyi, Tanlangan asarlar, O‘zdavlat badiiy adabiyot nashriyoti, T-1958.

  6. Mo‘minov I., Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli, «Fan» nashriyoti, T-1968 y.


Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish