I.Grammatika bo’yicha topshiriqlar.
1.Yuqoridagi matndan ataylab xato yozilgan so‘zlarni
belgilang.
2.Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o’sha so’zlari yordamida gap tuzing.
II. Mashqlar bilan ishlash.
1-mashq. Quyidagi hikmatli so’zlardan ajratib yozish qoidasi bo’yicha yozilgan so’zlarni toping va tahlil qiling.
1. Senga hayot baxsh etgan ota-onangni va har vaqt senga yordam berib,
hayotingni qo‘riqlovchi zotlarni hurmat qil, izzat va ikromlarini bajo keltir.
2. Aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug‘ va yor-do‘stlaringga
muhabbat va sadoqat ipi bilan boglan.
3. Vatanning chin, haqiqiy farzandi bo‘l, vatan va xalqqa xizmat
qil, manfaat yetkaz.
4. Ma’nosiz yo'llardan, sharaf va nomusingni barbod qiladigan
ishlardan yiroq bo‘l.
5. Yoshligingni, hissiyoting, sof pokligingni, sihating,
nomusing, obro‘ying va e’tiboringni qo‘riqla.
6. Sevishni bil, muhabbat va sog‘lom aql o‘z umr yo’ldoshingni
tanlashingda yo‘lboshchi bolsin.
7. Uylanishni istar ekansan, sadoqatli, olijanob, sog’lom, umuman, moddiy va ma’naviy jihatdan go‘zal xislatlarga ega bo'lgan qizni tanla.
8. Kuching yetgan vaqtda darhol uylan, bir oila tashkil qil, o'zingga bir saodat oshyonini hozirla. Bu ishing insoniy va ijtimoiy bir vazifa, o'xshashi bo‘lmagan saodat vositasidir.
9. Oilaning butun moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini ta’min qilishga intil, g‘ayrat qil.
10. Jamoat ehtiyojini o'taydigan farzandlar yetishtir. Farzandlaringni faqat o‘zing uchun emas, vataning, xalqing uchun va insoniyat uchun tarbiya qil.
Mavzu yuzasidan savollar:
Leksikografiya nima va u nimalar haqida bahs yuritadi?
Lug‘at deganda nimani tushunasiz va u qanday turlarga bo‘linadi?
Izohli va tarjima lug‘atlarning bir-biridan farqi nimada?
Kasb tanlashda uning tarixi ahamiyatga egami?
Leksikografiya tilshunosiikning qaysi masalalarini o‘rganuvchi bo‘Iim?
Atama qanday hosil qilinadi?
Atamalaming umumxalq so‘zidan qanday farqi bor?
Mutaxassisligingizga oid qanday atamalarni bilasiz?
Tilshunosiikning qaysi sohasi lug‘at tuzishning nazariy va ama- liy masalalari bilan shug‘ullanadi?
Adabiyot:
1.Abdurahmonova M., Fattaxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdiyeva N. O`zbek tili (o`quv qo`llanma). – Toshkent: Mumtoz so`z, 2018.
2.Muhiddinova X., Salisheva Z., Po`latova X. O`zbek tili (oliy ta‟lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O`qituvchi, 2012. – 288 b.
3. Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat. Darslik. – T.: “Barkamol fayz media”, 1992. – 424 bet
4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-40 son qarori
5. Sohaviy lug`atlar.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.O’zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug’atlar bilan tanishish. O’zbek tilining izohli lug’atida berilgan sohaga oid so’lar izohi bilan tanishish
Do'stlaringiz bilan baham: |