24
sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar noqonuniy ravishda
uni o‘z vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan,
dunyodan ajratib,
barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar
tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat
qo‘mitasi (Государственный комитет по чрезвычайному положению - ГКЧП)
tuzildi:
O.D. Baklanov — SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari,
V.A. Kryuchkov — SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V.S. Pavlov —
SSSR
Bosh vaziri, B.K. Pugo — ichki ishlar vaziri, V.A. Starodubsev — SSSR
dehqonlar uyushmasi raisi. I. Tizyakov — SSSR sanoat, qurilish,
transport va
aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D.T. Yazov
— SSSR mudofaa vaziri, G.I. Yanayev — SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi.
Shu tariqa fitnachilar M.S. Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan
chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti,
sovet xalqiga
murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh
kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida
mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi
siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
1991-yil 18-avgustda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi.
Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yelsin boshchilik qildi.
Uning farmoni bilan 1991-yil 22-avgustda KPSS faoliyati to‘xtatiladi, keyinchalik
taqiqlab qo‘yiladi. Ammo KPSS Markaziy Qo‘mitasi
joylardagi partiya
qo‘mitalaridan to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlashni talab qildi. Moskva va boshqa bir
necha yirik shahar ko‘chalariga qo‘shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli
barcha markaziy gazetalar taqiqlab qo‘yildi, markaziy
televideniyening birinchi
kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostansiyalar ishi to‘xtatildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining ko‘pchiligi Favqulodda holat
davlat qo‘mitasidan yuz o‘girdi, armiya payt poylash pozitsiyasida turdi. 20-
avgustdayoq qarshilik markaziga aylangan RSFSR Oliy Kengashi binosi atrofida
barrikadalar paydo bo‘ldi, ularda o‘n minglab kishilar himoyada turdi. Harbiy
bo‘linmalarning bir qismi mudofaachilar tarafiga o‘tdi. 21-avgustda fitnachilar
mag‘lubiyatga uchradi, 22-avgustda esa Favqulodda holat davlat qo‘mitasi
(GKChP) a’zolari qamoqqa olindi. Shundan so‘ng to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlagan
KPSS rahbariyati bu partiyaning obro‘sini uzil-kesil yerga urdi. Favqulodda holat
davlat qo‘mitasining mag‘lubiyatidan so‘ng mamlakatda
kommunizmga qarshi
ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. KPSSning faoliyati to‘xtatib qo‘yilgach,
Do'stlaringiz bilan baham: