O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Davolash.
Ichburug‗ bilan og‗rigan bemorlar odatda shifoxonaga yotqizib 
davolanadi. Kasallik yengil ko‗rinishda kechgan hollarda, katta yoshdagi bemor 


63 
xonadonida sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan sharoit bo‗lsa, uyda ham 
davolanishi mumkin. Bunday holatlarda bemor yotgan xona, hojatxonalar vaqtida 
joriy dezinfeksiyalanishi lozim. Oziq-ovqat korxonalari, do‗konlarida, bolalar 
muassasalarida ishlaydigan bemorlar, kasallik qanday og‗irlikda kechishidan qatiy 
nazar, shifoxonaga yotqizib davolanadi. 
Bemorni davolash xar tomonlama asoslangan bo‗lishi lozim. Kasallik avj 
olgan davrda osonroq hazm bo‗ladigan taomlar buyuriladi (Pevzner bo‗yicha 4-
stol). Sut qo‗shilgan ovqatlar tavsiya etilmaydi. Ichak shilliq qavatini qitiqlovchi 
xom piyoz, sarimsoq piyoz, qalampir, o‗rik ham to‗g‗ri kelmaydi. Asal yeb turish 
foydali xisoblanadi. 
Kasallik o‗rta og‗irlikda va og‗ir kechgan hollarda etiotrop davolash 
maqsadida antibiotiklar qo‗llash mumkin. Jumladan, siprofloksatsin (sifloks) (0,5 g 
dan kuniga 2 maxal), nifuroksazid (ersefuril, stopdiar) kabi dorilardan birortasi 200 
mg dan 5 kun
 
davomida beriladi. Antibiotiklar bo‗lar-bo‗lmas hollarda tayin 
qilinishi, davolash kursi ko‗pincha ohiriga yetkazilmasligi tufayli, keyingi 
paytlarda shigellalar orasida antibiotik ta‘sir etmaydigan mikrob shtammalri 
ko‗payib bormoqda. Shu holatni yodda tutib, antibiotik faqat zarurat bo‗lgandagina 
qo‗llanishi lozim. Qolaversa, antibiotiklar ta‘sirida ichak disbakteriozi 
kuchayishini ham unutmaslik kerak. 
Keyingi paytlarda dizenteriyani davolashda pektinning 5% li (bolalar uchun 
3% li) eritmasini 3-4 kun ichirish yaxshi naf bermoqda. Bu preparat shigellalarga 
bakteritsid ta‘sir ko‗rsatib, ichakning normal mikroflorasiga ziyon yetkazmasligi 
isbotlangan. 
Ichburug‗ og‗ir kechgan hollarda intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida 5% 
li glyukoza, 0,9% li osh tuzi, Ringer eritmalariga askorbin kislotasi (5% li 5 ml) 
qo‗shib tomirga tomchilab yuboriladi. Bemorning ahvoliga qarab, kuniga 
yuboriladigan suyuqlik miqdori 500-1500 ml ni tashkil etadi. Yurak faoliyatini 
yaxshilash uchun tiotriozolin, strofantin qo‗llanadi. 
Qorindagi og‗riqni kamaytirishga 2% li papaverin (2,0 ml), no-shpa (2,0 ml), 
baralgin (5,0 ml) eritmalaridan muskul orasiga yuboriladi. Bemor axvoli ko‗targan 


64 
hollarda bu preparatlarni tabletka holida berish mumkin. Qoringa issiq suv 
solingan rezina xaltachani vaqti-vaqti bilan qo‗yib turish ham og‗riqni kamaytiradi. 
Bemor shifoxonadan ich kelishi me‘yoriga qaytgan, najasni klinik 
laboratoriyada tekshirganda patologik elementlar yo‗qolganidan so‗ng, umumiy 
ahvoli yaxshi bo‗lgan holda ketishiga ruhsat etiladi. Bu orada antibiotik bilan 
davolash tugaganidan so‗ng, bir marta koprokulturaga olingan (nazorat) tahlili 
manfiy natija bergan bo‗lishi kerak. O‗rta hisobda ichburug‗ bilan og‗rigan bemor 
shifoxonada 9-10 kun yotadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish