4.3.MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR
1-masala. Qiya daryo uchun to'g'onning parametrlarini hisoblang i, oqim tezligi Q, m3/ s va bosim H, m, turbinalarning normal ishlashi uchun suv omboridagi kerakli suv ta'minotini aniqlang. Quvvatni hisoblang va gidravlik turbinaning turini tanlang, uning parametrlarini hisoblang. Kichik gidroelektrostantsiyaning gidroenergetik generatorini va elektr energiyasining yillik ishlab chiqarilishini aniqlang.
Variant
|
i,
m / km
|
Q ,
m3/ s
|
H,
m
|
1
|
0,04
|
0,8
|
2
|
2
|
0,01
|
0,7
|
4
|
3
|
0,03
|
0,9
|
6
|
4
|
0,07
|
0,4
|
8
|
5
|
0,04
|
0,6
|
1
|
6
|
0,03
|
0,5
|
3
|
7
|
0,07
|
0,3
|
5
|
8
|
0,03
|
0,6
|
7
|
9
|
0,01
|
0,4
|
1
|
10
|
0,08
|
0,8
|
2
|
11
|
0,09
|
0,9
|
3
|
12
|
0,03
|
0,1
|
4
|
13
|
0,01
|
0,5
|
5
|
14
|
0,09
|
0,6
|
6
|
15
|
0,04
|
0,4
|
7
|
16
|
0,05
|
0,3
|
8
|
17
|
0,05
|
0,2
|
8
|
18
|
0,06
|
0,8
|
6
|
19
|
0,07
|
0,7
|
4
|
20
|
0,04
|
0,9
|
3
|
21
|
0,03
|
0,4
|
2
|
22
|
0,07
|
0,6
|
1
|
23
|
0,03
|
0,5
|
2
|
24
|
0,01
|
0,3
|
2
|
25
|
0,08
|
0,2
|
4
|
26
|
0,09
|
0,7
|
2
|
27
|
0,03
|
0,8
|
6
|
28
|
0,01
|
0,9
|
8
|
29
|
0,09
|
0,8
|
7
|
30
|
0,04
|
0,7
|
5
|
31
|
0,04
|
0,8
|
1
|
AMALIY MASHG’ULOT №5
ENERGETIKADA TA’RIFLAR VA NARXLAR. ISTE’MOL QILINGAN ENERGIYA SHAKLLARI BO‘YICHA TO‘LOV MIQDORINI HISOBLASH.
Reja:
5.1.Nazariy qism.
5.2.Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
5.3.Mustаqil yechish uchun misоllаr.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga iste’mol qilingan energiya shakllari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishdagi tariflar va narxlar to’g’risida ma’lumot berish. Talabalarda iste’mol qilingan energiya shakllari bo‘yicha to‘lov miqdorini hisoblash haqida amaliy va nazariy bilim-ko’nikmalarni hosil qilish.
5.1.NAZARIY QISM.
Iste’molchilar bilan elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish
Ma’ruza mashg’ulotidan ma’lum bo’ldiki, tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilmaydigan barcha boshqa II, III, IV tarif guruh iste’molchilari elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladi.
Bir stavkali tarif hisob-kitob davrida iste’mol qilingan har bir kVt/s elektr energiyasi uchun to‘lovdan iborat.
Tarif o‘zgarganda, tarif o‘zgargan sanagacha iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi oldingi to‘lov vaqtidan boshlab o‘rtacha sutkalik iste’mol bo‘yicha aniqlanadi va unga eski tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari to‘lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi.
Tariflar o‘zgargandan keyin iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori uchun yangi tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Maishiy iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra, 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Arifmetik xatoliklar, tariflarni noto‘g‘ri qo‘llash tufayli paydo bo‘ladigan kam va ortiqcha to‘lovlar tegishli tarif bo‘yicha kVt soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan da’vo muddati doirasida ko‘rsatkichlardagi tafovut yoki qo‘shimchalar bilan birgalikda hisobga olinadi.
Maishiy iste’molchilar to‘lov bo‘yicha qarzdor bo‘lganda, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar.
Penya hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari yozib olingandan keyin va amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblardan so‘ng, shuningdek, belgilangan tartibda kiritilgan oldindan to‘lov hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab maishiy iste’molchining aniqlashtirilgan qarzdorlik (to‘lanmangan qarz) summasidan undiriladi.
Penyani hisoblash uchun qarzdorlik hosil bo‘lgan oy aniqlanadi va qarz to‘langan har bir oy bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun penya shu oydan boshlab hisoblanadi.
Iste’mol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi.
5.2.MАSАLАLАRNI YECHISH UCHUN MISОLLАR.
1-misol. Reaktiv quvvat iste’moli Q=180 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,8 ga teng bo’lgan iste’molchining iste`mol qilayotgan elektr energiyasi uchun qaysi stavkada narx to`lashi lozim ekanligini aniqlaymiz.
cosφ=0,8 bo’lsa, bundan reaktiv quvvat koeffitsienti tgφ ni aniqlaymiz:
Aktiv quvvat is’temolini aniqlaymiz
Iste’mol qilinayotgan to’la quvvat:
Bundan shunday xulosa qilishimisiz mumkinki bu iste’molchi quvvati 750 kVA dan past bo’lganligi sabab, bir stavkali iste`molchi hisoblanadi.
2-misol. Maishiy iste’molchi uyida 800 Vt quvvatdagi muzlatgichdan o’zgarmas rejimda 5 hafta vaqt davomida foydalansa, qancha elektr energiya iste’moli uchun to’lovni amalga oshirishini hisoblaymiz.
1. P=800 Vt, t=5 hafta=5∙7∙24=840 soat ekanligini hisobga olgan holda
5 hafta davomidagi iste’mol qilgan elektr energiyani topamiz.
W=800∙840=672000 Vt∙soat bu esa W=672 kVt∙soat ga teng.
Maishiy iste’molchilar uchun iste’mol qilingan elektr energiya uchun hisob-kitob quyidagi formula orqali hisblanadi
N=W∙α 5.1
α- 1 kVt∙soat elektr energiya uchun amaldagi ta’rif bo’yicha belgilangan narx, [so’m/(kVt∙soat)].
2019yil 15-avgust holatidan:
I tarif guruh iste’molchilari uchun α=450 so’m/(kVt∙soat);
II tarif guruh iste’molchilari uchun α=450 so’m/(kVt∙soat);
III tarif guruhi ya’ni maishiy iste’molchilari uchun α=295 so’m/(kVt∙soat);
IV tarif guruhi iste’molchilari uchun α=450 so’m/(kVt∙soat) deb belgilangan.
W- iste’mol qilingan elektr energiya qiymati. [kVt∙soat].
3. (5.1) ifoda orqali qancha elektr energiya iste’moli uchun to’lovni amalga oshirishini hisoblaymiz
N=672∙295=198240 so’m
Demak yuqoridagi holat bo’yicha maishiy iste’molchi 198240 so’m miqdordagi to’lovni amalga oshirar ekan.
5.3.MUSTАQIL YECHISH UCHUN MISОLLАR.
Maishiy iste’molchi uyida o’zgarmas rejimda 950 Vt quvvatdagi muzlatgichdan va 1050 Vt quvvatdagi kondensionerdan 24 soat vaqt davomida uzluksiz foydalansa, elektr energiya iste’moli uchun qancha to’lovni amalga oshirishi shart bo’ladi.
Maishiy iste’molchi uyida o’zgarmas rejimda 1050 Vt quvvatdagi kondensioner, yoritish uchun 5 ta 100 Vt va 4 ta 150 Vt quvvatli lampochkadan 24 soat vaqt davomida uzluksiz foydalansa, elektr energiya iste’moli uchun qancha to’lovni amalga oshirishi shart bo’ladi.
Maishiy iste’molchi uyida o’zgarmas rejimda 1200 Vt quvvatdagi kondensioner, yoritish uchun 10 ta 7 Vt va 5 ta 5 Vt quvvatdagi lampochkadan 24 soat vaqt davomida uzluksiz foydalansa, elektr energiya iste’moli uchun qancha to’lovni amalga oshirishi shart bo’ladi.
Reaktiv quvvat iste’moli Q=180 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,8 ga teng bo’lgan iste’molchining iste`mol qilayotgan elektr energiyasi uchun qaysi stavkada to`lashi lozim ekanligini aniqlang.
O’zgarmas rejimda iste’mol qilayotgan reaktiv quvvati 240 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,8 ga teng bo’lgan iste’molchining 24 soat uzluksiz qabul qilgandagi elektr energiya uchun to’lovini hisoblang.
O’zgarmas rejimda iste’mol qilayotgan reaktiv quvvati 133 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,6 ga teng bo’lgan iste’molchining uzluksiz 1 yillik elektr energiya iste’moli uchun to’lovini hisoblang.
Reaktiv quvvat iste’moli Q=100 kVAr, quvvat koeffitsienti 0,75 ga teng bo’lgan iste’molchining iste`mol qilayotgan elektr energiyasi uchun qaysi stavkada to`lashi lozim ekanligini aniqlang.
Maishiy iste’molchi uyida o’zgarmas rejimda 550 Vt quvvatdagi muzlatgichdan va 1200 Vt quvvatdagi kondensioner, yoritish uchun 15 ta 100 Vt va 25 ta 5 Vt quvvatdagi lampochkadan 24 soat vaqt davomida uzluksiz foydalansa, elektr energiya iste’moli uchun qancha to’lovni amalga oshirishi shart bo’ladi?
Maishiy iste’molchining elektr energiya hisoblagichidan cosφ=0,8, o’zgarmas qiymatdagi 15 A tok uzluksiz 30 kun davomida o’tishi natijasida qancha elektr energiyaga to’lovni amalga oshiradi? U=220 V.
Iste’molchining elektr energiya hisoblagichidan cosφ=0,6, o’zgarmas qiymatdagi 40 A tok uzluksiz 30 kun davomida o’tishi natijasida qancha elektr energiyaga to’lovni amalga oshiradi? U=220 V.
AMALIY MASHG’ULOT №6
ENERGETIKADA TA’RIFLAR VA NARXLAR. ISTE’MOL QILINGAN ENERGIYA SHAKLLARI BO‘YICHA TO‘LOV MIQDORINI HISOBLASH.
Reja:
6.1.Nazariy qism.
6.2.Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
6.3.Mustаqil yechish uchun misоllаr.
6.1.NAZARIY QISM.
Iste’molchilar bilan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish
Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun I tarif guruhi iste’molchilari uchun tabaqalashtirilgan tarif qo‘llaniladi.
Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning vaqt zonasi bo‘yicha iste’mol qilingan har 1 kVt/s elektr energiyasi uchun to‘lovdan iborat. Bunda:
-yarim tig‘iz davr- sutkaning yorug‘ vaqti (soat 900 dan 1700 gacha);
-tig‘iz davr-ertalabki va kechki maksimum (yagona elektr energetika tizimining maksimal yuklamalar soatlari soat 600 dan 900 gacha va soat 1700 dan 2200 gacha);
-tungi davr-sutkaning qorong‘i davri (yagona elektr energetika tizimining minimal yuklamalar soatlari soat 2200 dan 2400 gacha va soat 0000 dan 0600 gacha).
Bunda yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali tig’iz davr soatlarida foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali, eng kam yuklamali tungi davr soatlarda esa belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali va yarim tig‘iz davrda o‘rnatilgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
Iste’molchining sexlari yoki obyektlari alohida joylashgan bo‘lsa va taqsimlovchi umumiy elektr tarmoqqa ega bo‘lmasa, bu sexlar yoki boshqa alohida obyektlar bo‘yicha hisob-kitoblar iste’molchining o‘zi bilan hisob-kitob qilishda qo‘llanadigan tarifdan qat’iy nazar, tegishli iste’molchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
6.2.MАSАLАLАRNI YECHISH UCHUN MISОLLАR.
1-misol. Ishlab chiqarish zavod sexi kun davomida o’zgarmas rejimda 600 dan 900 gacha vaqt oralig’ida 850 kVt, 900 dan 1700 gacha 800 kVt elektr energiya iste’mol qilgandagi elektr energiya uchun to’lovni hisoblaymiz.
1. Hisob-kitob 2 qismdan iborat bo’ladi:
a) W1=P1∙t1=850∙3=2550 kVt∙soat
600 dan 900 gacha elektr energiya iste’moli uchun to’lov qiymati hisoblaymiz
N1=W1∙1,5α=2550∙1,5∙450= 1721250 so’m
bu yerda 1,5- 600 dan 900 gacha tig’iz davr vaqt oralig’idagi hisob-kitobda 1,5 barobar o’suvchi koeffitsient qo’llaniladi,
α- 1 kVt∙soat elektr energiya uchun amaldagi ta’rif bo’yicha belgilangan narx, [so’m/(kVt∙soat)]. 2019-yil 15-avgust holatidan I tarif guruh iste’molchilari uchun α=450 so’m/(kVt∙soat) deb belgilangan.
b) W2=P2∙t2=800∙8=6400 kVt∙soat
900 dan 1700 gacha yarim tig’iz davr vaqt oralig’ida o‘rnatilgan tarif bo‘yicha hisoblablaymiz:
N2=W2∙α=6400∙450= 2880000 so’m
Umumiy elektr energiya iste’moli uchun to’lov qiymati quyidagiga teng bo’ladi:
N= N1+ N2=1721250+2880000=4601250 so’m
2-misol. Ishlab chiqarish zavod sexi elektr energiya hisoblagichi soat 600 da dastlabki holat 1124 kVt∙soat ko’rsatgichida edi, 900 da hisoblagich ko’rsatgichi 3450 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd etdi. Shu vaqt oralig’idagi iste’mol qilingan elektr energiya uchun to’lov miqdorini hisoblaymiz.
1. 600 dan 900 gacha vaqt oralig’ida iste’mol qilingan elektr energiya qiymatini topish uchun hisoblagich oxirgi va dastlabki ko’rsatgichlari ayirmasini hisoblaymiz:
W1=1124 kVt∙soat, W2=3450 kVt∙soat;
W= W2- W1=3450-1124=2326 kVt∙ soat
2. Elektr energiya iste’moli uchun to’lov qiymati quyidagicha aniqlanadi:
N=W∙1,5α =2326∙1,5∙450=1570050 so’m
6.3.MUSTАQIL YECHISH UCHUN MISОLLАR.
Yog’-moy kombinati sexi elektr energiya hisoblagichi soat 600 da dastlabki holat 1124 kVt∙soat ko’rsatgichida edi, 900 da hisoblagich ko’rsatgichi 3450 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd etdi. 1500 da esa hisoblagich 6243 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd etdi. 600 dan 1500 vaqt oralig’idagi iste’mol qilingan elektr energiya uchun to’lov miqdorini hisoblang.
Mashinasozlik zavodi sexi kun davomida o’zgarmas rejimda 700 dan 900 gacha vaqt oralig’ida 850 kVt, 900 dan 1400 gacha 800 kVt elektr energiya iste’mol qilgandagi elektr energiya uchun to’lov miqdorini aniqlang.
Sex elektr energiya hisoblagichi soat 800 da dastlabki holat 124 kVt∙soat ko’rsatgichida edi, 900 da hisoblagich ko’rsatgichi 3450 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd etdi. 1300 da esa hisoblagich 1243 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd etdi. 600 dan 1300 vaqt oralig’idagi iste’mol qilingan elektr energiya uchun to’lov miqdorini hisoblang.
Sex elektr energiya hisoblagichi soat 600 da dastlabki holat 124 kVt∙soat ko’rsatgichida edi, 900 da hisoblagich ko’rsatgichi 1950 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd etdi. 1700 da esa hisoblagich 5217 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd etdi. Hisoblagich ko’rsatgichi 2200 da 7452 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd etdi. Sex hisoblagichi 2300 da 9678 kVt∙soat ko’rsatgichni qayd qilgan bo’lsa, 600 dan 2300 gacha vaqt oralig’idagi iste’mol qilingan elektr energiya uchun to’lov qiymatini aniqlang.
Kimyo zavod sexi kun davomida o’zgarmas rejimda 600 dan 900 gacha vaqt oralig’ida 590 kVt, 900 dan 1700 gacha 810 kVt, 1700 dan 2200 gacha 620 kVt, 2200 dan 2400 gacha 400 kVt, 0000 dan 600 gacha 300 kVt elektr energiya iste’mol qilgandagi elektr energiya uchun umumiy to’lov miqdorini aniqlang.
Mexanika zavod sexi kun davomida o’zgarmas rejimda 900 dan 1700 gacha 410 kVt, 1700 dan 2200 gacha 220 kVt, 2200 dan 2400 gacha 400 kVt, 0000 dan 600 gacha 550 kVt elektr energiya iste’mol qilgandagi elektr energiya uchun umumiy to’lov miqdorini aniqlang.
Sement zavod sexi kun davomida o’zgarmas rejimda 2200 dan 2400 gacha 400 kVt, 0000 dan 600 gacha 550 kVt elektr energiya iste’mol qilgandagi elektr energiya uchun umumiy to’lov miqdorini aniqlang.
Avtomobilsozlik zavodi sexi kun davomida o’zgarmas rejimda 900 dan 1700 gacha 750 kVt, 1700 dan 2200 gacha 750 kVt, 2200 dan 2400 gacha 750 kVt, 0000 dan 600 gacha 750 kVt elektr energiya iste’mol qilgandagi elektr energiya uchun umumiy to’lov miqdorini aniqlang.
AMALIY MASHG’ULOT №7
ISTE’MOLCHILARDA ELEKTR ENERGIYA SARFINI ME’YORLASHNI HISOBLASH.
Nazariy ma’lumotlar
Elektr energiya zamonaviy iste‟molchilari o„zlarining barcha texnologik samaradorliklarida ko„pincha elektr energiya sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Elektr energiya sifatining yomonlashishi elektrotexnik va texnologik qurilmalar ishlarida salbiy bilinmoqda. Bir necha uncha katta bo„lmagan misollarni keltiramiz. Kuchlanish egriligi shaklining buzilishi elektr ta‟minoti tizimlari ko„plab elementlarining ishlashida salbiy bilinmoqda. Aktiv quvvat va energiyaning qo„shimcha yo„qotishlar vujudga kelmoqda, izolyasiyaning eskirishi jarayoni jadalroq bo„lib o„tmoqda, elektr o„lchov asboblarining xatoliklari ortmoqda, EHM, releli himoya, avtomatika va aloqa qurilmalarining ishlatilishi qiyinlashmoqda, bu elektr ta‟minoti tizimining ishonchliligini kamaytiradi, elektr energiyani hisobga olish shartlarini yomonlashtiradi. ETT da kuchlanishlar tebranishlarining paydo bo„lishi ularga sezgir bo„lgan elektr qabullagichlari ishlashida, birinchi navbatda elektr yoritish uskunalari ishlashida salbiy bilinmoqda.
.Bir tarifli uch fazali hisoblagichlar
Bir tarifli uch fazali elektron hisoblagichlar turkumiga kiruvchi CTK3- 10AN7.K4t va CTK3-10Q2N4.K4t turidagi hisoblagichlar uch fazali tarmoqlarda elektr energiya iste‟molini hisobga olish uchun mo‟ljallangan. Ular maishiy va kichik quvvatli kuch iste‟molchilari sektorida ishlatildi. Shunga qaramay, bu guruhdagi hisoblagichlar tranformatorli ulanishda bo„lib, ular aktiv va reaktiv energiyani generatsiyalash va iste‟molini hisobga olishni olib borish imkoniyatini beradi. Ma‟lumotlarni masofadan olishni amalga oshirish uchun RS485 interfeysga ega. Shu bilan birga tarmoq hamda yuklamaning joriy kuchlanishi, toki, cos φ, iste‟mol quvvati kabi parametrlarini monitoring qilish imkonini beradi.
Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi:
CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich;
1 – bir fazali; 3 – uch fazali;
10 – 1,0S aniqlik sinfi;
A1 – aktiv energiyani hisobga olish; Q2 – ikki yo„nalishda aktiv va reaktiv energiyani hisobga olish;
T3– tok va kuchlanish bo„yicha uch simli transformatorli ulanish: 100 V, 5 A;
H4 – tok va kuchlanish bo„yicha to„rt simli transformatorli ulanish: 380 V, 5 A;
H7 (H9) – tok va kuchlanish bo„yicha to„rt simli to„g„ridan-to„g„ri ulanish: 380 V, 5 A (60 A), (380 V, 10 A (100 A));
I – qo„shimcha interfeysning mavjudligi.
Nazorat savollari:
1. Elektr energiyasi hisoblagichlari nima uchun mo’ljallangan?
2. Bir va uch fazali elektr energiyasi hisoblagichlarining qo’llanilish sohalari?
3. Bir va uch fazali elektr energiyasi hisoblagichlarining DTi nimalardan iborat?
4. Hisoblagich sxemasida qanday belgilanishlar qabul qilinadi?
5. Bir va uch fazali hisoblagichning texnik xarakteristikalarini sanab o’ting?
AMALIY MASHG’ULOT №8
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA REAKTIV QUVVAT KOMPENSATSIYASI HISOBIGA TEJALGAN ENERGIYANI HISOBLASH.
Reja:
8.1.Nazariy qism.
8.2.Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
8.3.Mustаqil yechish uchun misоllаr.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Talabalarda reaktiv quvvatni kompensatiya qilishdan maqsad va reaktiv quvvat kompensatsiyasi orqali qanday qilib energiya tejash to`g`risida ma`lumotlar berish. Reaktiv quvvat kompensatsiyasini hisoblash bo’yicha talabalarda amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
8.1.NAZARIY QISM.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minotini loyihalashtirishda ko‘riladigan asosiy masalalardan biri – bu reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish masalasidir. Bizga ma’lumki, sistema generotori aktiv quvvat bilan birgalikda, generatorning tgφ–reaktiv quvvat koeffisientiga bog‘liq ravishda ma’lum miqdordagi reaktiv quvvat ham ishlab chiqaradi. Sanoat korxonalarining texnologik jarayonini tahlili shuni ko‘rsatadiki, korxonalardagi asosiy kuch iste’molchilarini asinxron dvigatellar tashkil etadi. Aynan asinxron dvigatellar reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari, ya’ni umumiy ishlab chiqarilgan reaktiv quvvatning 60-65%ini iste’mol qiluvchilari hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, sanoat korxonalarida reaktiv quvvat aktiv quvvatga nisbatan 20-30%ga ko‘p iste’mol qilinadi. Shu o‘rinda, elektr tarmoqlaridagi isroflar ifodalarini tahlil qiladigan bo‘lsak:
Yuqoridagi aktiv va reaktiv quvvat, kuchlanish isroflari ifodalaridan ko‘rinib turibdiki, reaktiv quvvat isroflarga to‘g‘ri proporsional. Ya’ni, elektr tarmoqlari orqali qancha ko‘p reaktiv quvvat iste’molchiga uzatilsa, tarmoqlardagi isroflar miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bu esa texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yomonlashuviga olib keladi. Shu maqsadda reaktiv quvvatni iste’molchilarga yaqin joyda ishlab chiqarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda reaktiv quvvat ishlab chiqaruvchi maxsus qurilmalardan foydalaniladi.
8.2.MАSАLАLАRNI YECHISH UCHUN MISОLLАR.
Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish orqali energiyani tejash masalasi kimyo zavodining natriy sulfat sexi misolida ko’rib chiqiladi.
8.1-jadval. Natriy sulfat sexiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |