NAZORAT SAVOLLARI
1.Respublikamizda energiya tejash siyosatini o‘tkazish zarurligini belgilaydigan asosiy sabablarni aytib o‘ting.
2.Energiya tejash sohasida texnik yo‘nalishlarga nimalar kiradi?
3.Energiya tejash sohasida tashkiliy – iqtisodiy yo‘nalishlarga nimalar kiradi?
4.Energiya tejamkorlikni boshqarishning ma’muriy mexanizmi.
5. Energiya tejamkorlikni moliyaviy – iqtisodiy boshqarish mexanizmi nimadan iborat?
6.Energiya tejash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarga nimalar kiradi?
MAVZU №18
Energomenejment
Reja:
Energomenejment tushunchasi
Iste’molchilarda energomenejmentni tadbiq etish bosqichlari. Energomenejment tizimlari.
Sanoat korxonalarida energomenejmentning texnik-iqtisodiy samaradorligi.
« Oʻzbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar Oʻzbekistonda birinchi boʻlib “ISO 50001 Energetika menejment tizimlari” xalqaro standartini joriy etishga muvaffaq boʻldi.
Jamiyat Axborot xizmatining xabar berishicha, buning uchun tizimda puxta tayyorgarlik koʻrilib, sakkiz bosqichli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu ishlar sertifikatlashtirish boʻyicha masʼul hisoblangan “Management Certification” xalqaro tashkiloti hamda «Oʻzstandart» agentligi mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilgani oʻz samarasini berdi.
Darhaqiqat, soha mutaxassislari tomonidan energetika menejmentining asosiy maqsad va vazifalari, tizim oldiga qoʻyilayotgan talablar boʻyicha keng tushuntirishlar berib borildi. Masalan, «Oʻzbekgidroenergo» tizimidagi kaskad va GESlarning 30 nafar mutaxassisi “Smart Management” konsalting kompaniyasining yangi standartni amaliyotda qoʻllash masalalariga bagʻishlangan oʻquv kursiga jalb etilib, ularga oʻquv yakunida xalqaro sertifikatlar taqdim etildi.
Eng asosiysi, tizim tashkilotlarida ISO 50001 xalqaro standartini joriy qilishning dastlabki bosqichida zarur boʻlgan “Energetika menejmenti sohasidagi siyosat va boshqaruv”, protsessual hujjatlar, ishchi yoʻriqnomalar ishlab chiqildi. Mazkur energetik hujjatlar ekspertizadan soʻng tasdiqlanib, oʻrnatilgan tartibda joriy etishga kiritildi
Bundan tashqari, 2020-yil mart-aprel oylari mobaynida «Oʻzbekgidroenergo» AJning 13 ta korxonasida energetik audit oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar audit jarayoni yakuniga qadar bartaraf qilindi, zaruriy tuzatishlar kiritildi. Pirovardida ushbu 13 korxonaga OʼzDSt ISO 50001:2019 “Energetika menejmenti tizimi. Qoʻllash boʻyicha talab va yoʻriqnomalar” milliy muvofiqlik standartlari boʻyicha sertifikatlari hamda ISO 5000: 2018. “Energetika menejmenti tizimi. Qoʻllash boʻyicha talab va yoʻriqnomalar” standarti boʻyicha xalqaro sertifikatlar taqdim etildi.Toshkent, Samarqand, Shahrixon, Oʻrta Chirchiq, Quyi Boʻzsuv, Chirchiq GESlar kaskadi unitar korxonalari va bir qator GESlar shular jumlasidan.
Taʼkidlash kerakki, “ISO 50001 Energetika menejment tizimlari” xalqaro standartining qoʻllanilishi tashkilot va korxonalarga energetika xususiyatlarini, shu jumladan, energetika samaradorligi, energiyadan foydalanish va energiya isteʼmoli samaradorligi uchun zarur boʻlgan tizimlar va jarayonlarni yaratish imkonini beradi. Nega deganda, ushbu standart tashkilotning energetika menejmenti tizimiga (EMT) nisbatan aniq talablarni belgilaydi hamda tashkilot boshqaruvi ostida amalga oshirilayotgan faoliyatga nisbatan qoʻllaniladi. Uning qoʻllanilishi tashkilotga xos boʻlgan talablarga, jumladan, tashkilot tizimining murakkablik, maʼlumotlarni hujjatlashtirish darajasi va mavjud resurslarga mos kelishi uchun muvofiqlashtirilishi mumkin.
Mazkur standart EMTning qoʻllanilish sohasi va chegarasi doirasida energiyadan foydalanuvchi binolar, inshootlar, tarmoqlar, jihozlar, tizim yoki jarayonlarni loyihalashtirish va xarid qilishga nisbatan qoʻllaniladi. EMTni ishlab chiqish va joriy qilish oʻrnatilgan huquqiy va boshqa talablarga rioya qilgan (bajargan) holda tashkilotning energetika samaradorligi, energiyadan foydalanish va energiya isteʼmoliga doir siyosati, maqsad va vazifalari, harakatlar rejasini ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |