Ko`ngil so`zi bilan bog`liq iboralarning ko`pligi ham e’tiborni tortadi. Masalan, ko`ngil bermoq, ko`ngil yozmoq (yoki ochmoq), ko`ngil yormoq, ko`ngil ovlamoq, ko`ngil so`ramoq, ko`ngil uzmoq, ko`ngil uchun, ko`ngil xushi, ko`ngil qo`ymoq (yoki bermoq), ko`ngilga tugmoq, ko`ngli aynimoq, ko`ngli bor, ko`ngli buzilmoq, ko`ngli buzuq, ko`ngli bo`lmaslik, ko`ngli bo`shamoq, ko`ngli joyiga (yoki o`rniga) tushmoq, ko`ngli yo`q, ko`ngli keng, ko`ngli ko`tarilmoq (yoki o`smoq), ko`ngli ko`tarmaydi, ko`ngli ochiq yoki ochiq ko`ngil, ko`ngli oq yoki oq ko`ngil, ko`ngli og`rimoq, ko`ngli sovimoq (yoki qolmoq, qaytmoq), ko`ngli sof (yoki toza), sof (yoki toza) ko`ngil ayn. ko`ngli oq, ko`ngli tinchidi q. tinchimoq, ko`ngli tor, ko`ngli tosh yoki tosh ko`ngil, ko`ngli to`lmoq, ko`ngli to`q, ko`ngli xira, ko`ngli chopmoq , ko`ngli cho`kmoq, ko`ngli yumshamoq, ko`ngli yumshoq yoki yumshoq ko`ngil, ko`ngli yarim (ta), ko`ngli o`ksimoq, ko`ngli qattiq yoki qattiq ko`ngil, ko`ngli qora, ko`ngli g`ash, ko`ngliga kelmoq, ko`ngliga og`ir olmoq, ko`ngliga tegmoq (yoki urmoq) ayn. chakkaga tegmoq, ko`ngliga qaramoq, ko`ngliga qil (ham) sig`maydi, yuragiga qil (ham) sig`maydi, ko`ngliga qo`l solib ko`rmoq, ko`nglida kiri yo`q, ko`nglidan kechirmoq (yoki o`tkazmoq),. ko`nglidan chiqarmoq, ko`nglini buzmoq, ko`nglini ko`tarmoq (yoki o`stirmoq), ko`nglini olmoq, ko`nglini og`ritmoq, ko`nglini topmoq, ko`nglini eritmoq, o`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas72.
Yozuvchining ko`ngil so`zini sarlavha sifatida tanlashi ham bejiz emas, uning inson ruhiyatini ifodalashi jihatidan boshqa sinonimlariga nisbatan emosional-ekspressiv ma’nosi kuchli.
Sog`inch. Matn: - Azamjon! Sizni…sog`indim! Eshityapsizmi?/ - Himm…Men ham, - dedi Azim ichida kulimsirab./ Shu his ta’siridami, unga xat yozish kerakligini, uni sog`inishi kerakligini o`yladi (TA1, 47-51-b.).
Ko`kboy. Matn: - Oti nima?/ - O`zimiz qo`yamizda otini. Ana, Ko`kboy bo`la qolsin. Qoraboy, Oqboy deydilar-ku. Bu –ko`k (TA1, 51-56-b.).
Yosuman. Matn: - Ketdik, -dedi. Afruza jilmaydi./ - Gaplashdim, - dedi Qo`ziboy u yoq-bu yoqqa alanglab qarab.-Gaplashdim… Lekin… menimcha, Afruza Xudoyorni kimdir buzubdi. Ha-da. Meni unga yomonlagan birov, seniyam…/ Ha, yomon odamlar, yosumanlar bor hayotda! (TA1, 87-93-b.). Sarlavhadagi so’zga matnda urg’u berilganligi kitobxonni befarq qoldirmaydi.
Quyidagi oddiy, sodda, mazmunli, falsafiy mushohada uchun chorlovchi so’zlar sarlavha sifatida hikoyabopligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi: Bahor. Matn: Derazasi ko`chaga qaragan Bibigul yoz, bahor oqshomlari shu deraza yonida kitob o`qib o`tirardi (TA1, 121-124-b.). Sayr. Matn: Har yili shu ahvol takrorlanadi: Jo`ra bola-chaqasi bilan qishloqqa kelgan vaqtda tog`ning hushhavo joylariga o`rtoqlari bilan sayrga chiqadi (TA1, 188-193-b.). Qariya. Matn: Mirg`ozi Qo`ziboy cholni uyiga eltib qo`ydi. Qo`shnilariga choldan xabar olib turishini tayinlab qaytdi (TA1, 283-292-b.). Odam. Matn: - Odamzot hayoti oxirida… so`nish oldidagi shamga o`xshar emish. Odam o`lim ostonasida birdan kuch yig`adi ekan. Sham ham so`nish oldida birdan alanga olib yonadi-ku? Keyin so`nadi…(TA1, 293-298-b.). Podachi. Matn: Ho`kiz esa, qassob qo`lida pichoqni ko`rib itoatkorlik bilan bo`ynini cho`zgan qo`ydek, boshini tuproqqa qo`yib, olaygan ko`zlarini podachiga tikdi (TA1, 299-304-b.). Quyidagi sarlavhalarning mazmuni matnga singdirilgan: Qaytish (TA1, 304-316-b,). Jo`raboshi (TA1, 176-183-b.), Farzand (TA1, 260-269-b.). Yuqoridagilardan ko`rinadiki, so`zlar sarlavha sifatida hikoya janri talablariga to`la mos bo`la oladi. Bir qarashda ko’plab so’zlar oddiy ifodaga o’xshaydi, lekin ular hikoya matnidagi uyg’unligi bilan mazmunni ochishda, voqyealarni idrok etishda, falsafiy fikrlashda kitobxonga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |