O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 352,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana29.12.2021
Hajmi352,69 Kb.
#75821
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
oqituvchining shaxsiy va kasbiy xususiyatlari

 

 

 

 

 

 

 


 



ASOSIY QISM 



1.  Pedagogning  insoniy xususiyatlari va pedagoglik 

kasbining mohiyati. 

      

O`qituvchining insoniy xususiyatlari deganda bizning ko`z oldimizga uning 

adolatli,  kechirimli,  boshqalarga  namuna  bo`la  olish,  tashkilotchilik,  bolalarni 

sevish, yaxshilik qilish kabi xususiyatlari namoyon bo`ladi. 

          O`qituvchi  odobining  mohiyati  asosiy  mazmuni  pedagogik  faoliyat  uchun 

muhim bo`lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. 

          Umuminsoniy  va  milliy  axloqiy  fazilatlar  barcha  kishilar  hamma  kasb 

egalari jumladan o`qituvchi tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir. 

          Axloqiy  fazilatlar  mexnat  jarayonida  kishining  hulqi  fe`l-atvorini  tartibga 

solib  turuvchi  qoidalar,  normalar,  talablar,  mezonlar  shaklida  ifodalanadi.  Axloq 

normalari  davlatning  turli  qonunlari  bilan  amalga  oshiriladigan  huquq 

normalaridan  farq  qilib  ommaviy  odat  va  namuna  kuchi  jamiyatchilikning  fikri 

ta`sirida  yuzaga  keladi.  Boshqacha  qilib  aytganda  ijtimoiy  voqelik  shaxs  oldiga 

ma`lum  axloqiy  talablar  qo`yadi  bu  talablar  axloq  normasi  axloqiy  fazilatlar 

shaklida  ifodalanadi.  Jamiyat  o`z  faoliyati  va  istiqboli  uchun  xizmat  qiladigan 

axloq  normalari,  talablari,  mezonlarini  belgilaydi.  O`qituvchi  umuminsoniy  va 

milliy  axloqiy  fazilatlarni  o`zlashtirib  olishi  tajribada  qo`llashi,  o`zining 

dunyoqarashi mafkurasi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. 

Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida umuminsoniy 

milliy  ahloqiy  sifatlar,  qoidalari,  normalar,  o`qituvchining  o`z  axloqiy  fazilatiga, 

e`tiqodiga aylanadi.  

           Bular muallimning dunyoqarashi fikr va mulohazalari bilan qo`shilib bozor 

iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o`rni va rolini belgilaydi. 

O`qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy 

fazilati  va  e`tiqodiga  aylanishi  lozim.  Axloqiy  e`tiqod  va  sifatlar  o`qituvchining 

dars  berish  jarayonida,  tarbiyaviy  ishlarida,  o`quvchilar,  ota-onalar  va  boshqa 




 

kishilar  bilan  muomala  munosabatlarida,  kundalik  turmushda  o`zining  shaxsiy 



namunasi  bilan  axloqiy  ta`sir  o`tkazishda  ko`zga  tashlanadi.  Pedagogik  takt 

o`qituvchi axloqining amaliy ko`rinishlaridan biridir. 

           Muallim  xulqining  natijalari  uning  yoshlarga  axloqiy  ta`sirining 

samaradorligida,  axloqiy  tarbiya  sohasida  erishgan  yutuqlarida  namayon  bo`ladi. 

O`qituvchi  odobining  asosiy  sifatlari  umuminsoniy  va  milliy-  axloqiy  fazilatlar, 

tushunchalarga  mos  keladi  va  ularni  pedagogik  faoliyat  bilan  bog`liq  tarzida  bir 

qadar 

oydinlashiriladi. 



Insonparvarlik, 

vatanparvarlik 

milliy 

g`urur, 


baynalminalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr qimmat,  ma`suliyat vijdon, 

halollik,  rostgo`ylik,    poklik,  talabchanlik  kabi  axloqiy  fazilatlar  o`qituvchi  

odobida  pedogogik  faoliyati  bilan  bog`liq  ravishda  tahlil  qilinadi  bolalarga 

yaxshilik qilish o`qituvchilik burchi o`qituvchi sha`ni, qadr qimmati, o`qituvchilik 

mas`uliyati,  o`qituvchilik  vijdoni,  talabchan  va  adolatli  bo`lish,  o`qituvchining 

ma`naviy  qiyofasi,  halolligi,  pokligi  rostgo`yligi  kabilar  o`qituvchi  axloqining 

muhim  fazilatlari  hisoblanadi.  Ularni  chuqur  va  puxta  o`zlashtirish  bo`lajak 

o`qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 

               Bunday  axloqiy  va  insoniy  xususiyatlarini  tog`ri  amalga  oshira  olgan 

O`qituvchigina    o`zining  haqiqiy  biologik  ekanligini  xis  etadi.  O`qituvchining 

bilimidan bo`lishi, insoniyat ma`naviy boyliklarini ko`paytirishga va uni yoshlarga 

astoydil  o`rgatish,  o`z  ishida  qanoat  hosil  qilish,  o`z  kasbini  bolalarni  dildan 

sevish, berilib ishlash. 

  

-Bularning  barchasi  o`quvchi  shaxsining  skakllanishiga  bebaxo  axloqiy 



ta`sir  etadi.  O`qituvchining  bilimdonligi  ham      uning  insoniy  yoki  axloqiy 

xususiyati hisoblanadi. 

Bilimdonlik bu insoniy munosabatlarni go`zallashtiradi. Shuning uchun ham  

o`qituvchi  o`z  ustida  tinimsiz  izlanish  olib  borishi  ya`ni  o`qituvchi  o`z  ustida 

ishlashdan to`xtagan kuni u o`lik hisoblanadi. 

O‘qituvchilik  faoliyati  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  axloqiy  xarakterga  ega. 

Pedagogik  faoliyatning  bunday  xususiyati  barcha  fan  o‘qituvchilariga, 

tarbiyachilar,  sinf  va  maktab  rahbarlariga  birdek  taallukdidir.  Barcha  pedagogik 




 

xodimlarning  har  bir  so‘zi  va  amaliy  xatti-harakatlari  o‘quvchilarga, 



tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy  va  milliy  axloqni  singdirish  maqsadiga  xizmat 

qilishi  lozim.  Bu  ish  o‘z  navbatida  muallim  va  o‘quvchilardan  axloq  nazariyasi, 

axloqiy  tasavvur  va  tushunchalar,  o‘qituvchi  odobiga  doir  bilimlarini  muntazam 

ravishda oshirib borishni; muhokama, mulohaza qilib, uning mohiyatini tushunish, 

mag‘zini  chaqishni  talab  etadi.  Murakkab  axloqiy  hodisalarning  mohiyatini 

o‘quvchilarga  tushuntirish  mas‘uliyatli  ish  bo‘lib,  buning  uchun  muallim 

o‘quvchilarning yoshi, saviyasiga moye, ular tushunadigan misollarni izlab topishi, 

tanlab olishi kerak. 

Pedagogik  faoliyat  o‘qituvchidan  axloqiy  ma‘rifatli,  yaxshi  xulq  egasi 

bo‘lishni;  axloqiy  tajribaga  ega  bo‘lishni,  o‘z-o‘zini  muntazam  ravishda  axloqiy 

jihatdan  tarbiyalab  borishni  talab  etadi,  shu  bilan  birga  muallim  o‘quvchilarga 

muntazam  ravishda  axloqan  saboq  berib,  ularni  axloqiy  bilimli  qilishi;  bolalarga 

yaxshi  xulqiy  odatlarni  amalda  bajartirib,  mashq  qildirib,  axloqiy  tajriba 

orttirishlariga ko‘maklashishi; o‘quvchilarni ham o‘z-o‘zini tarbiyalab borishlariga 

erishishi zarur. 

Axloqiy ma‘rifat pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi bo‘lib, uning maqsadi 

umuminsoniy  va  milliy  axloqning  mohiyatini,  qonuniyatlarini;  uning  tamoyillari, 

talablari, qoidalariga doir bilimlarni, axloqning odamlar hayotidagi o‘rni va rolini 

muallimning  o‘zi  anglab  olishi  va  tarbiyalanuvchilarga,  o‘quvchilarga 

singdirishdir.  Pedagogik  xodimlarning  hammasi,  barcha  fan  o‘qituvchilarining 

faoliyati  shu  maqsadga  qaratilishi  zarur.  O‘zbekiston  maktablarida  «Odobnoma» 

o‘quv  predmeti  sifatida  o‘qitilayotgani  ham  o‘quvchilarni  axloqiy  ma‘-rifatli 

qilishdek muhim vazifani tuzukroq bajarishga, o‘quvchilarning axloqiy tarbiyasini 

yaxshilashga da‘vat etilgan. 

O‘quvchilarni axloqiy ma‘rifatli qilish bu — ularni axloqqa doir muammolar, 

axloqiy  baho  mezonlari  bilan  tanishtirish;  kishi  biror  ishni  qilayotganida  fikri, 

so‘zi, xulqi, xatti-harakatlarida mas‘uliyatini va erkinlik darajasini bilishi, har bir 

harakatining,  xulq-atvorining  oqibatini  ko‘z  oldiga  keltirish  lozimligini  yoshlarga 




 

10 


anglatishdan  iborat.  Shu  tariqa  o‘quvchilar  hayotning  ma‘nosi,  yashashdan 

maqsad, baxt nima ekanligini anglab olishlari lozim. 

Axloqiy  ma‘rifat  shaxsni  axloqiy  tarbiyalashning  birinchi  bosqichi  bo‘lib, 

yoshlarni axloq to‘g‘risida falsafiy ta‘limotlarning mazmuni va mohiyati, namunali 

axloqiy  g‘oyalar,  tamoyillar,  qoidalar  bilan  tanishti-radi.  Kishi  xulqiga  bilimdan 

ko‘ra  ham  e‘tiqod  ko‘proq  turtki  bo‘ladi.  Axloqiy  bilimlar  hali  e‘tiqod  degani 

emas.  Ayrim  o‘qituvchilar  buning  farqini  ajrata  olmay,  axloqiy  bilim  berishni  — 

axloqiy tarbiya berish deb tushunadilar. Shuning uchun ham ular ko‘pincha bolaga 

nasihat  qilish,  axloqqa  doir  mavzularda  suhbatlar  o‘tkazish  bilan  cheklanib, 

bolalarga yaxshi ishlarni amalda bajartirishga, axloqiy ko‘nikma va malakalar hosil 

qilishga kamroq e‘tibor beradilar. 

Maktablar  tajribasini  kuzatish  shundan  dalolat  beradiki,  o‘quvchilar 

«Odobnoma»  darslarida,  shuningdek  jamiyatshunoslik,  gumanitar  fanlarni  o‘qish 

jarayonida  «axloq»,  «odob»  so‘zlarining  ma‘nosini  bilib  oladilar.  O‘rta  Osiyo 

xalqlarining qadimiy urf-odatlari, axloq-odobi tarixini, Qur‘oni Karim, Hadislarga 

doyr  bilimlarni  o‘rganadilar.  Ona-Vatan  tarixi,  Spitamen,  malika  To‘maris, 

Jaloliddin  Manguberdi,  Amir  Temur  kabi  Vatan  fidoyilarining  jasoratlari  bilan 

tanishadilar. Insoniy munosabatlar odobi — salomlashish va xayrlashish qoidalari, 

so‘zlashuv  odobi  qoidalarini  bilib  oladilar.  Shuningdek,  insoniy  fazilatlar  — 

tozalik,  ozodalik,  poklik,  soch-soqolni  parvarish  qilish,  pardoz-andoz  odobi 

qoidalarini;  halol,  harom  nimaligini,  chekish,  ichkilikbozlik,  giyohvandlik  kabi 

zararli  odatlardan  saklanish  haqidagi  tushunchalarni;  oilaviy  hayot  odobi  va 

psixologiyasiga  doyir  bilimlarni  o‘rganadilar.  Bularning  barchasi  o‘quvchilarni 

axloqiy jihatdan ma‘ri-fatli qilishga qaratilgan. 

Shu  bilan  birga  ularda  umuminsoniy  va  milliy  axloq  qoidalari,  talablariga 

moye  ravishda  harakat  qilish,  ularga  amal  kilish  istagi,  ehtiyoji  ham  shakllangan 

bo‘lishi  zarur.  Odobnoma  mashg‘ulotlarini  hayot  bilan  bog‘lash  maqsadida 

sinfdagi  o‘quvchining  biror  nojo‘ya  xatti-harakatini  hadeb  misol  tariqasida 

keltiraverish ham yaxshi na-tija beravermasligini unutmaslik darkor. 



 

11 


O‘quvchilarni  axloqiy  ma‘rifatli  qilish  vositalaridan  biri  ularga  pand-nasihat 

berishdir. Nasihatni albatta, o‘rni bilan va me‘yorida ishlatish lozim. Aks holda u 

nasihatbozlikka  aylanib  ketadi.  «Keksalar  sizdek  paytida  unday  qilgan  edilar, 

bunday  qilgan  edilar.  Siz  urush  nimaligini,  qiyinchilik  nimaligini  ko‘rmagansiz, 

bashang  kiyinasiz,  tayyorga  ayyorsiz»  kabi  ta‘na  toshlarini  otish,  minnat  qilish 

yoshlarning  g‘ashini  keltirib,  nafratini  qo‘zg‘atishi  mumkin.  Keksalar  haqida, 

ularning  yaxshi  an‘analari,  odatlari  haqida  gapirish  bilan  birga  yoshlarning  ham 

ibratli,  yaxshi  xulqini  ma‘qullash,  xolisona  baholash  darkor.  Shuni  unutmaslik 

lozimki,  jamiyat  hamma  vaqt  olg‘a  qarab  taraqqiy  etadi.  Yoshlar  ota-onalaridan 

ko‘ra ilgarilab ketadilar. Ular xulqida biror salbiy hodisa yoki odobsizlik uchrasa, 

buning sabablarini aniqlash lozim. Ko‘pincha bolaning yomon xatti-harakatiga ota-

ona, kattalar sabab bo‘lishi, bu noto‘g‘ri tarbiya oqibati ekanligi ma‘lum bo‘ladi. 

Muallim  biror  axloqiy  qusurni  o‘quvchilar  bilan  tahlil  etayotganida,  iloji 

boricha,  sinfda  turgan  o‘quvchini  misol  tariqasida  keltirmasligi  yoki 

«o‘quvchilardan qaysi biri bunga o‘xshaydi» deb, darsni bo‘shroq o‘zlashtiradigan 

yoki  sho‘xroq  bolaga  ishora  qilmasligi  lozim.  Bunday  «axloqiy  ma‘rifat»  bolani 

haqoratlashga aylanishi, yomon oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. 

Bolalarni axloqiy ma‘rifatli qilish uchun muallim o‘quvchilarning hissiyotiga 

ta‘sir  o‘tkazadigan  vositalardan  foydalanishi  kerak.  Bunda  badiiy  adabiyot  juda 

qo‘l  keladi.  Masalan,  Hadislarning  mazmunini  ifodalagan  she‘rlar  —  Alisher 

Navoiyning  «Qirq  hadis»i,  Abdulla  Oripovning  «Haj  daftari»  va  boshqa 

kitoblardan  foydalanish  axloqiy  saboq  mashg‘ulotlarini  jonlantiradi,  tarbiyaviy 

ta‘sirini oshiradi. 

O‘quvchilarni  axloqiy  ma‘rifatli  qilishda  «Odobnoma»  darslari  muhim  rol 

o‘ynaydi. 

O‘zbekiston 

maktablarida 

«Odobnoma» 

darsligi 

bo‘yicha 

o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 

Muallimning  axloqiy-ma‘rifiy  faoliyati  samarali  bo‘lishi  uchun  u,  o‘quvchi 

yoki  talabaning  axloqqa  doir  bilim  darajasidan  xabardor  bo‘lishi  kerak.  Bolalar 

bilan  yakkama-yakka  suhbatlar  o‘tkazish,  savol-javob  kechalarini  tashkil  etish, 

mashg‘ulotlar  jarayonida  axloqqa  doir  savollar  berish  kabilar  bunda  qo‘l  keladi. 



 

12 


O‘qituvchi bolalarni axloqiy ma‘rifatli qilish jarayonida shuni esda tutishi lozimki, 

«Hayotning  ma‘nosi  nimadan  iborat?»,  «Kimni  baxtli  deyish  mumkin?», 

«Baxtlilikni  «o‘lchaydigan  toshu  tarozi,  mezonlar  bormi?»  kabi  axloqiy 

masalalarga yoshlar hamma vaqt qiziqqanlar va qiziqadilar. 

 


Download 352,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish