To`rtinchi tamoyil.
Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o`tkazish zarur.
Buning zaruriyati iqtisodiy ahvol bilan bog`liq. Birinchidan, O`zbekistonda aholining deyarli to`rtdan uch qismi Sho`rolar hokimiyatining so`nggi yillarida ham o`zlarining minimal ehtiyojlarini qondirishga qodir bo`lmay, davlat madadiga muhtoj edi. Ikkinchidan, aholi tarkibida davlat va jamiyat o`z himoyasiga olishi
zarur bo`lgan bolalar, o`smirlar, qariyalar ko`pchilikni tashkil etadi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida dastlab aholi ijtimoiy jihatdan tabaqalanadi va himoyaga muhtoj bo`lganlar qatlami kengayadi. Shu boisdan, iqtisodiy islohotlar jarayonida avval odamlarni, birinchi navbatda, himoyaga muhtoj qatlamni oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralarini ko`rish zarurligi inobatga olindi. Ijtimoiy siyosat inflyatsiya keltirib chiqargan qimmatchilik sharoitida aholi xarid qobiliyatini himoya qilishni ham ko`zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |