O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana04.03.2020
Hajmi0,63 Mb.
#41577
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
buxoro samarqand musiqa uslubi haqidagi bilimlarni oquvchilarga etkazish uslublari. (1)


O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI OLIY  VA  O’RTA  MAXSUS TA’LIM  

VAZIRLIGI 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

                                                                                                Qo’lyozma huquqida 

                                                                                                   UDK 78:371,3 

Xumoydinov UYG’UN 

BUXORO SAMARQAND MUSIQA USLUBI HAQIDAGI BILIMLARNI 

O’QUVCHILARGA ETKAZISH USLUBLARI 

5A111101-Musiqiy ta’lim mutaxassisligi 

 

MAGISTR  AKADEMIK DARAJASINI OLISH UCHUN YOZILGAN 

DISSERTATSIYA 

 

Ish ko’rib chiqildi va himoyaga                           Ilmiy rahbar:  



ruxsat berildi.                                           

“Musiqa o’qitish metodikasi va  

 

 

dots. I.Qudratov________ 

xalq cholg’u asboblari”kafedrasi 

mudiri dot. E.K.Jalilov_______ 

 

                                         SAMARQAND -2015 



Mavzu; Buxoro Samarqand musiqa uslubi haqidagi bilimlarni o’quvchilarga 

etkazish uslublari. 

R E J A. 

       KIRISH. 

I.  BOB:  Xalq  musiqasining  maxalliy  uslublariga  oid  bilim  va  tushunchalarni 

ta’lim tarbiya sohasidagi axamiyati. 

1.1.  O’zbek  xalq  musiqasining  maxaliy  uslublari  va  ular  xaqidagi  bilimlarni 

o’zlashtirishning nazariy asoslari. 

1.2.  musiqa  ta’limida  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  bilan  tanishtirishning 

maqsad va vazifalari. 

Birinchi bob birinchi xulosalar 

II.   BOB: Buxoro Samarqand musiqa uslubi haqidagi bilimlarni o’zlashtirishning 

pedagogik shart-sharoitlari. 

2,1  musiqa  darslarida  o’rganiladigan  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubiga 

taalluqli o’quv materiallari taqlili. 

2,2  musiqa  darslarida  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  xaqida  bilimlarni 

o’zlashtirish usul,shakl,vositalari. 

 Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar. 

III. 

BOB:  Ta’lim  jarayonida  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  xaqidagi 



bilimlarni o’zlashtirish amaliyoti va uning samaradorligi. 

3,1  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  xaqidagi  bilimlarni  o’zlashtirish  bo’yicha 

amaliy tajribalar. 

3,2  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubiga  oid  bilimlarning  o’quvchilar  musiqa 

madaniyatini shaklantirishdagi samarasi.  

Uchinchi bob bo’yicha xulosalar. 

Umumiy xulosalar. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

Ilovalar 

 

 



KIRISH 

 

Mavzuning dolzarbligi: 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Respublikamiz 

mustqqillikga 

erishganligi 

sharofati 

bilanamalga 

oshirilayotgan ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy, madaniy, marifiy-ma’naviy o’zgarishlar 

natijasida 

tarixiy,milliy,ma’naviy 

qadriyatlani 

o’rganish,ularni 

tanlash,fuqorolarning,ayniqsa  o’sib  kelayotgan  yoshlarni  ongiga  ularni  sindirish 

imkoniyatlari  yaratildi.jamiyatni  milliy  asoslarda  taraqiy  etish  bilan  bog’liq 

vazifalar  bosqichma-bosqich  xal  etilmoqda  bugungi  kunda  bu  boradagi  ishlar 

barcha 

soxalarda-ijtimoiy,siyosiy,madaniy-ma’rifiy 



javxalarda 

o’ining 


samaralarini ko’rsatmoqda. 

 

O’zbekistonni  ijtimoiy,iqtisodiy  va  madaniy  rivojlanishining  usruvor 



yo’nalishlarida  ta’lim,tarbiya  tizimi,uning  mazmuni  va  moxiyatini  yangicha, 

milliy  negizida  shaklantirish  aloxida  belgilangan.Bu  esa  avvalo  Prezidentimiz 

I.Karimovning va hukumatimizning ta’lim-tarbiyaga buyuk kelajak yo’lidagi eng 

muxim omil sifatida qaralganliklarining belgisidir. 

     I,karimov  oliy  majlisning  1997-yilda  bo’lib  o’tgan  IX  –  sesiyasida  so’zlagan 

“barkamol  avlod-o’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori”  nomli  tarixiy  nutqi 

talim  soxasida  etibor  eng  asosiy,  dolzarb  vazifalar  ekanligini  quydagich  bayon 

etgan  “zamonaviy  talimning  ta’limning  o’zi  nimadan  iborat  bo’lishi 

kerak?...Bolalarimizga  qachondan  boshlab,qanday  qanday  usuldava  uslubda 

milliy qadriyatlarimiz,chuqur anglatimiz kerak”.1. 

      

 Yoshlar  ta’lim  tarbiyasida  milliy  manaviy  g’oyalarning  aks  etishi 



xalqimiz  asriy  orzularining  amalga  oshishi  intixosi  xisoblanadi.  Shu  bois  xam 

xozirgi kunda madaniyat va ma’naviyat,ta’lim va tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning 

xal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda. 

      


 Kelajak  taraqiyoti  va  uning  qanday  ketishi  ko’p  jixatdan  uning 

bunyodkorlari  tarbiyasiga  bog’liq  ta’lim  va  tarbiyani  milliy  negizini 

mustahkamlash,  uni  ilm  fanining  eng  so’ngi  yutuqlaridan  tayangan  xolda 

takomillashtirib borish,ilm  fanni rivojlantirish,ijtimoiy  faol, marifiy  yetuk, kasb 



xunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat va uni chuqur xis etuvchi, 

ijodiy,  erkin  va  mustaqil  fikr  yurita  oladigan  shaxsni  kamolga  yetkazish 

davlatimiz siyosatidadir.  

 Asosiy o’rinni egalaganligi bejiz emas. 

Ta’lim  soxasidagi  isloxatlarning  nazariy  asoslarini  ifodalovchi  “ta’lim 

to’g’risida”gi  qonun  va  “kadrlar  tayorlash  milliy  dasturi”ga  asoslangan  qoida 

ta’limning  milliy  modelini  hayotga  tadbiq  etish  ishlari  bugungi  kunda  avj 

nuqtada izchil davom etirilmoqda. 

          Pedagogik  kuzatuv  va  taxlillar  xozirgi  vaqtda  talim  va  tarbiya  ishlarini 

milliy  qadriyatlarga  tayangan  xolda  yo’lga  qo’yilishi  xar  tomonlama  to’g’ri 

ekanligini 

kuzatmoqda.Buni 

xalqaro 

xamjamiyat 

tomonidan 

etirof 


etilayotganligini xam ko’rishimiz mumkin. 

          Tarbiya  tizimida  estetik  tarbiya  aloxida  o’rin  tutadi.  Shaxsni  estetik 

tarbiyalash  masalasi  pedagogika,  falsafa,  san’atshunoslik,  adabiyot,  san’at 

xususan musiqa talimi oldiga aloxida vazifani qo’yadi. 

           Estetik sarbiya moxiyatida muayyan xalqning musiqasi, uning mazmunida 

o’z ifodasini topgan milliy an’analar urf odatlar xalq xayotining malum davrlari, 

ruxiyati,  falsafasi,  ulkan  tatbiyaviy  tasirchanlik  kasb  etadi.  Har  qanday  xalq 

borki uning madaniyatini musiqasiz tasovur etib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan 

daraganda  vatanimiz  xududida  qaror  topgan,  shakllangan  xalq  musiqa  merosi 

bilan  yosh  avlodni  izchil  tanishtirib  borish,  o’quvchi  yoshlarni  o’zi  yashab 

turgan  hudud,  voxaning  o’ziga  xos  musiqa  uslubi,  folklori,  an’anaviy  mumtoz 

kuy-qo’shiqlari, shu bilan birga o’sha yergan yetishib chiqqan maxaliy ijodkorlar 

xhayoti  yaratgan  asarlari  bilan  tanishtirib  borishularda  milliy  g’urur, 

ong,taffakurni  va  o’z-o’zidan  estetik  madaniyatni  shaklantirishga  be  nixoyat 

kuchli tasir etadi. 

          Musiqada  u  yaralgan  zaminda  yashovchi  ei-ulusning  o’ziga  xos  turmush 

tarzi,  tili,  tarixi,  shevasi,  kiyinish  madanyati,  raqslari,  cholg’u  sozlari,  to’y 

bayramlarining  eng  muhum  ko’rinishlari  mujassamlashadi.  Bu  esa  usha  halq 

haqida,  uning  o’tmishi,  buguni  haqida  muayyan  tasavvur  xosil  qiladi.  Bu  o’z 


navbatida yoshlarda o’z vataniga, halqiga, milliy qadriyatiga mehr-muxabbat va 

ongli munosabatni shakllantirishda beqiyos ahamyat kasb etadi. 

           O’zbekistonning har bir  vohasiga tegishli o’ziga xos musiqa madaniyati bilan 

o’quvchi-yoshlarni  musiqa  darslarida  tanishtirib  borish,  ularni  ajdodlarimizning 

ilg’or g’oyalari va avlodlarga vorisligini ta’minlaydi. 

            Ma’lumki,  O’zbekiston  sarhadida  o’ziga  xos  aloxida  farqli  xususiyatlari 

bilan  ajralib  turuvchi  to’rtta  mahalliy  musiqiy  uslub  qaror  topgan.  Bular: 

Qashqadarto-Surxondaryo,  Samarqand-Buxoro,  Farg’ona-Toshkent  va  Xorazm 

musiqa uslublaridir. Har bir mahalliy uslubda o’ziga xos shakllar, uslublar, an’analar, 

alohida  shakllar  va  ijrochilik  yo’llari  shakllanib  kelgan.  Umum-ta’lim 

maktablarining  7  –  sinf  musiqa  darsligida  bu  haqida  qisqacha  va  muxtasar 

ma’lumotlar berilgan. 

            Bizga ma’lumki, Samarqand va Buxoro qadim-qadimdan nafaqat o’rta osiyo, 

balki butun sharqda ma’lum va mashxur ilm-fan, madanyat o’chaqlaridan biri bo’lib 

kelgan. Bu vohada buyuk mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar, musiqachi san’atkorlar 

yetishib chiqqan. Tarixning ma’lum davrlarida (masalan, Amir Temur va Temuriylar 

davrida) Samarqand va Buxoro (Samoniylar, Buxoro amirligi) Buxoroda ilm-fan shu 

qatori musiqa ilmi va san’at gollab-yashnagan. Shashmaqom san’ati aynan manashu 

o’lkada  shakllangan  va  bizgacha  yetib  kelgan,  u  bugungi  kunda  ham  o’zbek 

halqining  bebaho  mumtoz  musiqa  boyligi  sifatida  ezozlanadi.Voxada  uzoq  davrlar 

davomida  shaklangan  musiqaviy  janrlar,  ijrochilik  uslublari  shu  erda  yashovchi 

o’zbek  va  tojik  xalqlarining  ijod  maxsuli  bo’lib,uning  eng  muxim  o’ziga  xos 

jixatlaridan 

biri 


bu 

adabiyot 

va 

san’at 


asarlarida 

tilning 


mujasamlashganligidir.Tadqiqodimiz  mavzusini  tanlashda  Samarqand  Buxoro 

zaminida  yashab  kelgan  o’zbek  va  tojik  xalqlariga  birdek  tegishli  bo’lgan  musiqa 

madaniyatining  o’ziga  xosligi,  uning  eng  ommaviy  va  yetakchi  janrlarini  ,  musiqa 

merosimiz  gultoji  xisoblanmish  “shashmaqom”  haqida  musiqa  darslariga  kiritilgan 

o’quv  materialini  sinchkovlab  o’rganib  taxlil  qilib  chiqdik.  Xulosalarimiz  shunday 

bo’ldiki,  musiqa  darslaridan  o’rin  olgan  malumotlar,  bilim  va  tushunchalar, 

mazmunan  va  hajman  juda  ham  cheklangan  (o’quv  soatlari).  Bu  esa  mazkur 


voxalarda  qaror  topgan  musiqa  merosi  xususida  o’quvchilarda  zarur  bilim, 

tushuncha tasovvurlarni xosil  qilish imkonini  bermaydi  bu esa  kengroq diapazonda 

o’quvchilar 

tomonidan 

aniq, 

keng 


qamrovli 

bilimlarni 

egalashlarida 

ko’maklashuvchi,qo’shimcha  ma’lumotlarni  va  ularni  o’quvchilarga  etkazish 

bo’yicha  o’quv  mashg’ulotlari  samaradoligini  taminlovchi  o’qitilishi  usul,shakl  va 

boshqalarni  aniqlashni  toqozo  etadi.  Muammoni  aynan  mana  shu  yo’sinda  maxsus 

tadqiq  qilish  masalasiga  uning  musiqa  pedagogikasida  dolzarblik  kasb  etishini 

bildiradi.  Shunga  ko’ra  tadqiqod  mavzusi  “Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi 

xaqidagi bilimlarni o’quvchilarga etkazish uslublari” olingan nomlanishda tanlanadi. 

 

          Muamoni  o’rganilganlik  darajasi.    Ozbek  xalq  musiqasi  o’z  mazmunida 



xalq  xayotining  turli  ko’rinishlarini,  inson  manaviy  dunyosining  olamni  guzallik 

qonounlari  asosida  ko’rish  orzusidagi  fikr-o’ylari,  hissiyotlari,    kechinmalari, 

ma’lum bir xayotiy voqealarni badiiy ifoda etishi bilan inson shaxsining kamolotida, 

jamiyatni manaviy – ma’rifiy saloxiyatini mustaxkamlashda muxim o’rin tutadi. Shu 

bois  xam  ilm-fan  taraqqiyotiga  ulkan  xissa  qo’shgan  mutafakkir  –  olimlar, 

faylasuflar,  pedagoglar,  san’atshunoslar  o’z  ilmiy  asarlarida  musiqa  ilmi,  musiqa 

san’atining  nazariyasi  va  amaliy  ijrochiligi  masalalarini  o’rganishga  aloxida  o’rin 

berishgan,  ko’pchilligi  esa  bevosita  musiqiy  ijod  bilan  xam  shug’ullanishgan.  Bu 

o’rinda  qomusiy  olimlardan  Al-Farobiy    [55].  Abu  Ali  Ibn  Sino  [  ],  Maxmud 

Qoshg’oriy [  ] , YusufXos Xojib [56] , Abduraxmon Jomoy [57], Musiqashunoslar 

Abdulqodir  Marog’iy,  Mavlono  Kavkabiy,  Darviy  Ali  Changiy,  Komil  Xorazmiy 

kabilarning nomlarini aloxida ko’rsatib o’tish mumkin. 

          Yaqin o’tmishda yashab, ijod qilgan bir qator olimlar, fillasof, adabiyotshunos, 

san’atshunoslar jumladan bdurauf Fitrat [27], Abdulla Avloniy [58], Xoji Zarif [ ], 

Muzayana  Aloviya  [52],  B.A.Uspenskiy  [    ],A.N.Mironov  [54],  M.Axmedov 

[14],Yunus  Rajabiy  [25],  F.Karomatov  [19],  kabi.Olimlar  asarlarida  musiqa  ilmi 

nazariyasi,  xalq  musiqa  asarlarini  notaga  olish,  badiiy  estetik  tarbiyada  musiqa 

san’atida foydalanish muamolari tadqiq etilgan. 



             Musiqa  san’ati,  xususan  o’zbek  xalq  musiqasi  vositasida  inson  shaxsini 

ma’naviy axloqiy, g’oyaviy estetik tarbiyalash masalalari respublikamizdagi ko’plab 

pedagog olimlarning ilmiy tadqiqod ishlari mavzusi sifatida o’rganilgan.Jumladan. 

            Tadqiqodning  maqsadi:  Samarqand  Buxoro  musiqa  uslubi,  uning  o’ziga 

xos  xususiyatlarini  ifodalovchi  ana’anlar,og’zaki  ana’nadagi  folklor,  mumtoz  va 

maqom  san’atining  rivojlanishi  ,  etakchi  janrlarini  o’rganish,  taxlil  qilish,  boshqa 

maxaliy  uslublar  bilan  qiyoslash,  musiqa  darslarida  o’quvchilarga  beriladigan 

bilimlar va ularni o’zlashtirishning samarali metodik tizimini ishlab chiqish. 

            Tadqiqod vazifalari: 

1.  mavzuga oid musiqa tarixi, san’atshunoslik, musiqa pedagogikasiga oid ilmiy-

uslubiy adabiyotlar, ilmiy tadqiqodlarni o’rganish, taxlil qilish. 

2.  Umumtalim 

maktablari  “musiqa  madaniyati  darsliklariga  kiritilgan 

Samarqand  Buxoro musiqa uslubi bo’yicha o’quv materiallarini taxlil qilish. 

3.  Soha  mutaxasislari  ,  sana’tshunos,  pedagog  olimlar  musiqa  o’qituvchi  bilan 

suhbatlar o’tkazish : 

4.  Umumtalim  maktablari  musiqa  madaniyati    darslarini  kuzatish,  tajribalarni 

o’tkazish: 

5.  Samarqand  Buxoro musiqa  uslubi  haqida  o’quvchilar  egalashi  lozim  bo’lgan 

bilim  –tushunchalar  moxiyatidan  kelib  chiqib,  o’qitishning  samarali  usuli, 

shakl vositalarini aniqlash: 

6.  Samarqand  Buxoro musiqa uslubi bo’yicha dars  samaradorligini  taminlashga 

yo’naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqish: 

7.  Amaliy tajriba. Sinov ishlari olib borish.  

 

          Tadqiqot  obekti:  umumtalim  maktablari  “musiqa  madaniyati”  darslarida 

o’quvchilarning  (7-sinf)  Samarqand  Buxoro  musiqa  uslubi  mavzusi  bo’yicha 

zarur bilim, tushunchalarni o’zlashtirish jarayoni: 

           Tadqiqod    predmeti:  Musiqa  madaniyati  darslarida  Samarqand  Buxoro 

musiqa  uslubi  xaqidagi  bilimlarni  o’quvchilarga  etkizish  bo’yicha  o’quv 

tarbiyaviy faoliyat mazmuni. 


Tadqiqod  metodlari:  O’zbek  xalq  musiqa  merosi,  Samarqand  Buxoro  musiqa 

uslubi  xaqidagi  tarixiy,  falsafiy,  ilmiy,  metodik  adabiyotlarni  o’rganish,  taxlil 

qilish,  umumiy  o’rta  talim  maktablari  musiqa  fani  meyoriy  xujatlari  – 

DTS  ,o’quv  dasturi,  darsliklarni  o’rganish,  qiyosiy  taxlil,  anketa-so’rov,  savol-

javoblar,tajriba    sinov  ishlari  o’tkazish,  matematik  statistik  taxlil  asosida 

natijalarni asoslash. 



    Himoyaga olib chiqadigan asosiy holatlar: 

1.  Samarqand    Buxoro  musiqa  uslubi  haqida  o’quvchilarda  zarur  bilim  va 

tushunchalarni  xosil  qiluvchi  pedagogik  faoliyat  mazmuni  va  metodikasini 

ishlab chiqish dolzarb pedagogik muammo ekanligi. 

2.  Ta’lim  jarayonida  o’quvchilarni  Samarqand  Buxoro  musiqa  uslubi  bilan 

tanishtirishni samarali kechishini ta’minlovchi usul, shakl vositalar. 

3.  Musiqa  darslarida  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  bo’yicha  mavzularni 

urganish, bilimlarni o’zlashtirish mazmuni, shart-sharoitlari.  

4.  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubiga  oid  bilimlarni  o’zlashtirish  jarayonini 

samaradorligini aniqlash yuzasidan o’tkazilgan tajriba –sinov ishlari moxiyati. 

5.  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  haqidagi  bilimlarni  o’quvchilarga 

jarayonini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar. 



Tadqiqodning ilmiy kamchiligi

-umumta’lim  maktablarining  musiqa  madaniyati  “fanini  o’qitish  jarayonida 

o’quvchilarni  Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  bilan  tanishtirish  mustaqil 

tadqiqod mavzusi sifatida tadqiq qilishdi: 

-Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  bo’yicha  darsliklarga  kiritilgan  materiallar 

qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitildi: 

-Buxoro Samarqand musiqa uslubi haqidagi bilim va tushunchalarni o’quvchilar 

tomonidan  to’la  o’zlashtirish  imkonini  beruvchi  ilm  shakl  usul  ,vositalar 

aniqlandi va amaliyotda sinovdan o’tkazildi. 

-Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  haqidagi  bilimlarni  o’zlashtirish  sifat 

samaradorligini ta’minlovchi tavsiyalar ishlab chiqiladi. 


      Tadqiqodning  nazariy  va  amaliy  axamiyati.Buxoro  Samarqand  musiqa 

uslubiga    oid  bilim,  tushunchalarni  o’quvchilar  tomonidan  to’liq  va  mukkamal 

o’zlashtirish  imkonini  beruvchi  ta’lim  jarayonining  moxiyati,  shart  sharoitlari  , 

samarali metodik tizimi ilmiy asoslanadi. 

     Ilmiy  tadqiqot  natijalaridan  musiqa  pedagogikasi  mazmunini  boyitishda 

umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  musiqa  o’qituvchilari  o’z  faoliyatlarida 

foydalanishlari mumkin. 

Tadqiqot  materillaridan  estetik  tarbiya  soxasida 

faoliyat  yurutuvchi  barcha  ta’lim  muasasalarida  ishlovchilar  o’z  amaliyotlarida 

ijodiy foydalanishlari mumkin. 

  Tadqiqodning  metodologik  asosi:  O’zbekiston respublikasi konistitutsiyasi, 

Milliy  istiqlol  g’oyasi  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoillar,  O’zbekiston 

respublikasi Prezidenti I.Karimovni O’zbekistonda ta’lim, tarbiya ishlarini milliy 

negizda  qayta  qurish,rivojlantirishga  oid  asarlarini,  ma’ruza  va  nutqlari, 

farmoishlari,  O’zbekiston  respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  qonuni  va 

“Kadrlar  tayorlash  milliy  dasturi”,  falsafa,  san’atshunoslik,  pedagogika 

psixologiya,  musiqa  o’qitish  nazariyasi  va  metodikasiga  oid  manbalar,  ilmiy 

tadqiqodlar. 

       Tadqiqodning ilmiy farazi:  

-Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  haqidagi  o’quv  darsliklariga  kiritilgan 

materiallar  mazmuni  ilmiy  pedagogik  taxlil  etilib,  uni  yanada  boyitish  omillari 

aniqlansa; 

- O’quvchilar tomonidan Buxoro Samarqand musiqa uslubi haqidagi bilimlarni 

ular  egalashi  lozim  bo’lgan  bilim  va  malakalar  mazmuniga  mos  o’qitishning 

o’ziga xos samarali tizimi ishlab chiqilsa;  

-Musiqa  darslarida  o’zbek  xalq  musiqa  merosi  shu  jumladan  xar  bir  maxaliy 

musiqiy  uslublarga  oid  eng  muhim  ma’lumotlar  ko’zda  tutuvchi  uslubiy 

manbalar yoritilsa; 

-Buxoro  Samarqand  musiqa  uslubi  haqida  bilimlarni  o’rganish  jarayonini 

samarali  kechishga  xizmat  qiluvchi  tavsiyalar  ishlab  chiqilsa,  o’quvchilarni 



milliy  musiqiy  madaniyati  va  estetik  tarbiyasini  tarbiyalash  jarayoni  samarali 

kechadi. 

       Tadqiqod natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. 

Dissertatsiyaning  asosiy  mazmuni  “Ta’lim  va  texnologiya”  ilmiy  uslubiy 

maqolalar 

to’plami 

(2014-yil,1-soni), 

magstrantlarning 

ilmiy-amaliy 

anjumanlarida    (2014, chop ) qilingan ma’ruzalarida va Samarqand ko’p sonida 

musiqa  ta’limi  .  Muammo  va  echimlar  mavzusida  o’tgan  seminarlarga 

amaliyotga  joriy  etilgan.  Tajriba  –  sinov  ishlari  Samarqand  shaxar  64-sonli, 

umumta’lim maktablarida o’tkazildi. 

Dissertatsiyaning  tuzulishi  va  xajmi:  Dissertatsiya  kirish,  uch  bob,  6ta 

paragraf,  umumiy  xulosa  va  tavsiyalar,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati  va 

ilovalardan tashkil topgan bo’lib, xajmi saxifadan iborat. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

I  BOB:      Xalq  musiqasining  maxaliy  uslublariga  oid  bilim  va  tushunchalarni 

yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi o’rni va axamiyati . 

 

1.1.  O’zbek  xalq  musiqasining  maxaliy  uslublari  va  ulardan  ta’lim  –tarbiya 



tizimida foydalanishning nazariy asoslari. 

 

O’zbek  xalqining  milliy-manaviy  qadriyatlarini  uning  milliy 



musiqa  me’rosi  boyliklarimiz  tasavur  qilib  bo’lmaydi.Milliy  musiqiy  merosga 

tegishli  bo’lgan  qo’shiqlar,  aytimlar,  mavsum-marosim,  dehqonchilik, 

chorvochilik,  kasb-hunar,  mehnat  turlari,  turli  marosimlar  va  urf-odatlar  bilan 

bog’liq  qo’shiqlarda  xalq  xayotining  o’ziga  xos  ko’rinishlari,  turmush  tarsi  o’z 

ifodasini  topadi.O’tmishda  xalq  xayotining  barcha  bosqichlaridamuayan  voxa, 

o’lkada  yashovchi  millat  elatlarni  o’ziga  xos  turmush  tarzi  bilan  uyg’un  xolda 

musiqa madaniyati xam shakllangan, qaror topgan.Bu o’rinda maxalliy xalqning 

ishtimoiy  madaniy  xayotida  muxim  o’in  tutuvchi  kasb-korlik,  marosimlar, 

bayramlar,  urf-odatlar,  ana’nalar  va  ularni  o’ziga  xos  xususiyatlari  aloxida 

axamiyat  kasb  etgan.  Bular  o’z  o’rnida  ush  xudud,  vaxada  yashovchi  xalqning 

adabiyoti,  sana’tida  o’zini  muayyan  ifodasini  topib,  shakllanib  kelgan.  Ularni 

muxim  belgilari  va  xususiyatlari  barqarorligi  va  davomiyligi,ommaviyligi, 

rivojlanishidagi takroriyligi va uzluksizligidadir. 

 

O’zbek  xalqining  tarix  sinovidan  o’tgan  bayramlari,marosimlari, 



urf-odatlari  kishilarning  o’zaro  munosabatlaridagi  yaxshi  fazilatlarini  chinakam 

xalqchil  umuminsoniy  qadriyatlarni  aks  etiradi  va  ular  o’z  navbatida  xalqning 

milliy musiqa san’atida o’zining betakror ifodasini topadi. 

Biz  yashayotgan  zamin  kishilik  tarixi  va  madaniyatining  eng  qadimgi 

maskanlaridan 

biridir. 

Afsuski, 

yaqinlargacha 

(aniq,ravon,mustaqillikga 

erishilgunga  qadar  davrda)  boshqa    xalqlar  qatori  o’zbek  xalqining  milliy 

madaniyatini  xam  chuqur  va  mustaxkam  ildizlarga  ega  ekanligi  ilmiy  asoslarini 

o’rniga kamsitilib kelindi. Chunonchi, Samarqand va Buxoro shaxar madaniyati 

Eron xomoniylari yoki Yunonistonlik ellinlar tomonidan keltirilga g’oyalar ilgari 

surildi. 



 

Zarafshon  voqeasidagi  Zamonbobo  va  Sarazm  yodgorliklarining 

topilishi  bu  o’lkaning  insoniyat  eniolit  va  bironza  yodgorliklari  shu  davrlar 

xalqlari madaniyati asosida mavjud bo’lganligini isbotlaydi.  

 

Ma’lumki,har qanday madaniyatning tarixi bevosita shu xalqning 



kelib  chiqishi  ,  shakllanishi,  uning  moddiy  xam  manaviy,  milliy  turmush  tarzi, 

ruxiy  –  psixologik  xolatlari  bilan  bog’liqdir.shu  nuqtai  nazardan  xam  o’zbek 

xalqining  og’zaki  ana’nada  rivojlanib  kelgan  madaniyati,  tarixi  shu  xalqning 

paydo bo’lishi tarixi bilan tengdir desak xato qilmagan bo’lamiz.  

 

Xalq  musiqa  madaniyati,  uning  paydo  bo’lishi,  shakllanishi, 



rivojlanishi  xam  shunday  kechgan.  Boshqa  xalqlarda  bo’lgani  kabi  o’zbek 

xalqining  musiqa  madaniyati xam  o’ziga  xos  milliy  oxanglar, nota  yozuvi  yoki 

shunga o’xshash belgilar bilan ifodalana boshlanganiga qadar katta tarixiy yo’lni 

bosib  o’tdi.  Uning  ajoyib  ana’alari  xozirgi  kunda  xam  o’z  badiiy  va    estetik 

qiymati  va  qiyofasini  saqlab  kelmoqda.  Prizidentimiz  I.Karimov  ta’biri  bilan 

aytganda  “…  o’zbek  xalq  musiqasining  jaxon  manaviy  merosida  tutgan  o’rni 

benixoya  buyuk, bu musiqa ming yillardan beri odamlar ruxini poklab, ularning 

ruxini  yuksaltirib  kelmoqda.  O’zining  nozik  jozibasi  bilan  dunyo  madaniyatiga 

o’ziga oziqa berib, umumbashariy qadriyatlarga munosib xissa qo’shmoqda 1.[ ] 

 

Ma’lumki  ana’naviy  o’zbek  xalq  musiqasi  asrlar  davomida  ikki 



asosiy yo’nalishda 

_____________ 

1.I.  Karimov    Yuksak  manaviyat  –  yengilmas  kuch  T.:Manaviyat,2008-yil      

bet    


 

Folklore  va  kasbiy  ustozona  (profisional  )  yo’nalishida  rivojlanib  kelgan. 

Musiqa  sana’tining  xar  ikala  yo’nalishi  xam  bir-biriga  doimiy  ravishda  bog’liq 

xolda rivojlanib kelgan. 

 

Folklor og’zaki kasbiy (profesional) musiqa uchun ilxom manbai, 



xayotbaxsh kuch bo’lib xizmat qilgan bo’lsa, o’z navbatida mumtoz va maqom 

kuy- qo’shiqlari asosida yuzlab yalla, lapar va boshqa janrlardagi folklor asarlari 

yaratilgan. 

 

Musiqiy  folklor  namunalari  asosan,  odatda  ma’lum  bir  xududda 



yoki  bir-biriga  yaqin  xududlarda  yashovchi  kishilarning  turmush  tarzidagi  urf-

odatlar,  marosimlar,  mexnat  jarayonlari  bilan  uzviy  bog’liq  ravishda  yuzaga 

kelgandir.  Shuning  uchun  ular  sekin-astalik  bilan  o’ziga  xos  maxaliy    uslublar 

sifatida  shakllangan  va  xozirda  o’zbekiston  sarxadida  ushbu  yo’nalishlarni  bir-

biriga uzviy bog’liqligi va omalashganligi nuqtai-nazaridan to’tda katta guruxga 

bog’lab tasnif etiladi. Bular: 

1.  Surxondaryo- Qashqadaryo musiqa uslubi. 

2.  Buxoro -Samarqand musiqa uslubi. 

3.  Xorazm musiqa uslubi. 

4.  Farg’ona –Toshkent musiqa uslubi. 

 

Xar  bir  maxaliy  uslub  o’z  xususiyatlari,  ana’nalari  va  yetakchi 



musiqiy  janrlarga  egadir.Bu  o’ziga  xos  xususiyatlar,  ijrochilik  ana’nalari 

maskur  voxalarda  yashovchi  kishilar  xayotining  o’ziga  xos  tarzi,  madaniyati 

shevasi,  kiyinish  madaniyati    (liboslari),    rasm-rusumlari,  musiqiy  cholg’u 

sozlari,  raqs  harakstlari  bilan  bog’liq  bo’lib,  ma’lum  darajada  o’ziga  xos 

ko’rinishi, qiyofasi, xarakter kasp etadi. 

 

Xar  bir  ana’na  kabi  musiqiy  ana’a  xam  uzoq  davom  etgan 



madaniy  taraqqiyot  mobaynida  shakllangan  bo’lib,  ular  insonlarning  turli 

sharoitlaridagi mexnat jarayoni, muayan bir marosim yoki tadbirni o’tkazishda, 

bayramlar  ,  to’y-  xashamlarda    ijro  etilib,  rivoj  topib  keladi.  Ushbu  jihatlarni 

batafsil urganish natijasida yuqorida ta’kidlab o’tilgan 4 ta mahalliy uslublarni 

o’ziga  xos  o’xshash  va  farqli  jihatlari  yetakchi  janrlar,  yo’nalishlari,  maktab 

yaratgan mashhur namoyondalari bilan usib kelayotgan yoshlarni ta’limning ilk 

bo’g’inlaridan  boshlab  tanishtirib  borish  musiqa  ta’limi  oldiga  qo’yilgan 

vazifilar tarkibiga kiradi. 



 

Shu  o’rinda  mahalliy  musiqiy  uslublarni  mohiyati  va  mazmuni 

ya’ni  mustaqil  mahalliy  uslublar  sifatida  tariflanishiga  qisqacha  to’xtalib 

o’tamiz:  

- Malumki, millatimizning   eng asosiy o’zligini anglatuvchi ona-tilimiz nafaqat 

so’z  va  ohang  boyliga,  ifodaviy  xususiyatlari  bilan  balki,  o’lkamizning  turli 

vohalarida yashovchi yurtdoshlarimizninh o’ziga xos “sheva”larda gapirishlari, 

turmush  tarzlarida  esa  o’zaro  farqli  madaniy  udumlarni  qo’llashlari  bilan  ham 

ajralib, ko’zga tashlanib turadi. 

 

Bu  xususiyatlar  O’zbekistondagi  xar  bir  vohaning  boshqa 



sohalarda  bo’lgani  kabi  musiqa  san’ti  amalyotida  han  o’ziga  xos  tarzda 

namayon  bo’ladi.  Musiqa  san’atining  muayyan  vohalardagi  bunday  o’ziga 

xoslikni umumiylikda ifodalovshi mahalliy musiqiy uslub deyiladi. 

 

Mahalliy  musiqiy  uslublarni  eng  muhum  xususiyatlaridan  birini 



o’ziga  xos  yetakchi  janrlari  va  ijrochilik  uslublari,  an’analari  mavjudligidir. 

Masalan  Farg’ona  vodiysida  yallachilik,  katta  ashula,  Surxondaryo-

Qashqadaryo,  Zarafshon  vodiylarida  esa  dostonchilik,  beshqarsak  kabi 

qo’shiqchilik bilan bog’liq janrlar keng tarqalgan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish