Ⅱ.Asosiy qism. 1-bob. Oʻzbek tilshunosligida “Grammatik kategoriya”
Grammatik kategoriya deganda tilshunosligimizda, asosan, grammatik shakllar –
qo‘shimchalar nazarda tutiladi. Aslida Grammatik kategoriyalarga sintaktik hamda
morfologik kategoriyalar kiradi. Ammo tilshunosligimizda sintaktik tahlillar,
sintaktik tekshirishlar, sintaktisga oid hodisalarda kategoriya atamasi deyarli
qo‘llanilmaydi. Shu sababdan ham Grammatik kategoriyani morfologik shakllar
doirasida o‘rganish ustunroq bo‘ladi.
Shulardan kelib chiqib Grammatik kategoriyalarni quyidagicha tasniflasak
maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1) Egalik kategoriyasi
2) Kelishik kategoriyasi
3) Son kategoriyasi
4) Daraja kategoriyasi
5) Nisbat kategoriyasi
6) O‘zgalovchi kategoriya
7) Harakat tarzi kategoriyasi
8) Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi
9) Kesimlik kategoriyasi
Bu yuqorida Grammatik karegoriyalarning grammatik shakllar bilan bog‘liq holda
tasnif qilinishi hisoblanadi. Shuningdek, Grammatik kategoriyalar turli tomonlama
ham tasnif qilinadi. Xususan, bunda boshqacha so‘z turkumlari bilan bog‘liq tasnif
ham qilinishi mumkin. Bu tasnifni quyidagicha bo‘lib chiqsak maqsadga muvofiq
bo‘ladi:
a) Otning grammatik kategoriyalari
b) Sifatning grammatik kategoriyalari
c) Sonning grammatik kategoriyalari
d) Fe’lning grammatik kategoriyalari
11
Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan shu
ma’noni ifodalovchi forma birgalikda grammatik kategoriyani hosil qiladi.
Masalan, otlarda birlik bilan ko‘plik ma’nosi va shu ma’noni ifodalovchi forma
birgalikda son kategoriyasini tashkil etadi: kitob — birlik (nol forma), kitoblar —
ko‘plik. Harakatning o‘tgan, hozirgi va kelgusiga oidligi ma’nosi va bu ma’noni
ifodalovchi formalar birgalikda fe’lning zamon kate- goriyasini hosil qiladi: keldi
— o‘tgan zamon, kelyapti-hozirgi zamon, keladi — kelasi zamon.
8
Ma’lum bir so‘z umumiy leksik ma’nosiga qo‘shimcha ma’no ifodalovchi
formada bo‘lishi mumkin. Lekin bu ma’no va for- ma boshqa biror ma’no va
forma bilan munosabatda bo‘lmasa (u bilan birlik hosil qilmasa), u holda
grammatik kategoriya haqida gapirib bo‘lmaydi. Masalan, -niki affiksi otlarga
qo‘shiladi. Lekin yangi so‘z yasamaydi, balki xoslik ma’nosini ifodalovchi forma
yasaydi: o‘zimniki, ukamniki, maktabniki kabi. Demak, bunda xoslik ma’nosi va
shu ma’noni ifodalovchi forma butunligi bor. Lekin shu ma’no va formaga
qarama-qarshi qo‘yilib, u bilan ma’lum birlikni hosil qiladigan boshqa bir ma’no
va forma yo‘q. Shunga ko‘ra, otning -niki affiksi yordamida yasaluvchi xoslik
ifodalaydigan formasi bo‘lsa ham, lekin otlar xoslik kategoriyasiga ega deb
bo‘lmaydi.
Demak, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi (bir-biriga nisbatan olinishi,
oppozidiya hosil qilishi) mumkin bo‘lgan ikki va undan ortiq grammatik ma’no va
shu ma’nolarga xos formalargina grammatik kategoriyani hosil qila oladi.
8
G‘ulomov A. Fe’l. - Toshkent: Fan, 1954.62-bet
12
Do'stlaringiz bilan baham: |