O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi



Download 318,87 Kb.
bet4/55
Sana25.01.2023
Hajmi318,87 Kb.
#902250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
“Xronologiya va metrologiya” fanidan MARUZALAR MATNI

Savol va topshiriqlar.
1. Vaqt sanasi birligi tushunchasi (kun, oy, hafta) haqida ma'lumot bering.
2. Yil hisobi (tropik yil) haqida ma'lumot bering.
3. Dastlabki kalendarlarning paydo bo’lishi tarixi (quyosh, oy, oy-quyosh)ni ayting
4. Qadimgi Yunon va Rim kalendarlari tarixini ayting.
5. Qadimgi Misr va Mesopatamiya kalendarlarining paydo bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
6. Abu Rayhon Beruniyning “Osor-ul boqiya” asaridan qadimgi kalendarlar haqida ma'lumotlarni aniqlang, ularni bir-biriga qiyoslang.

2-MAVZU: Yil va davrlarni aniqlash


.
REJA:
1 Kishilar hayotida vaqtni bilishga ehtiyojning kelib chiqishi
2.Hafta va uning turlari .Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar.
3. Vaqtning dastlabki o’lchov birligi – sutka
4. Tropik yil va kalendar yili.


Tayanch tushunchalar:
Xronologiya - vaqt birligi, bo’linishini o’rganadi, “xronos”- vaqt, “logos”- fanBirinchi xronologiya haqidagi ma'lumotnomalar to’plami - XIX asrning 1-yarmida P.V.Xavskiy “Xronologiya jadvali”ni tuzgan. xronologiya, astronomk xronologiya, tarixiy xronologiya, Varron, Beruniy,Dostopochtenniy,Skaliger.
«Abag’amno» - Misrliklar qo’shimcha besh kunni (kichiq oy) deb ataganlar.«Anhnaht» - Misrliklar kabisali yilni esa (alomat) deb ataganlar. «musriy» - Misrliklar qo’shimcha kunni so’nggi oyining oxiriga qo’shganlar va uni shunday ataganlar.

Xronologiya kalendarlarning rivojlanishi va o’zgarishi bilan chambarchas bog’liqdir. Kalendar so’zi lotincha «kalendarium» so’zidan olingan bo’lib, qarz kitobi ma'nosini anglatadi. Bu so’z shu narsa bilan bog’liqki, qadimgi Rimda qarzdorlar oz qarz foizlarini oyning birinchi kunida to’laganlar.


Hozirgi paytda kalendar bu turli mamlakatlarda vaqt hisobi sistemasi bo’lib, uning asosida tabiatning davriy hodisalari, osmon jismlari harakatlari, vaqt oraliqlarining hisobi olib boriladi. Kalendarni o’rganish tarix fanining vazifasiga kiradi. Tarix fani esa bu o’rinda xronologiya faniga murojaat qiladi. Xronologiya turli hodisalar va hujjat sanalarini tuzishdan iborat vazifani bajaradi. Xronologiyada kalendarlar turlari, ularning paydo bo’lishi bilan bohliq jarayonlar, ularning miqdoriy ko’rinishlaridan; qadimgi Sharq davlatlariga xos kalendarlar; ularning ham shakllanish va taraqqiyot bosqichlari va shular bilan birga qadimgi Yunoniston va Rimga xos kalendarlar tarixi ularning o’zlariga xos xususiyatlari o’rganiladi.
Kundalik hayotimizda asosan o’rtacha quyosh vaqtidan foydalanamiz. O’rtacha quyosh - ekvator bo’ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuqtadir. O’rtacha quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti o’rtacha tushlik payti deyiladi. O’rtacha quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. O’rtacha quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24.00) hisoblanadi va kalendarda kun o’zgaradi. Astronomiyada 1925 yilgacha kun hisobi tush paytida o’zgarar, ya'ni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925 yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda.
Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar. Soat - bu xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqt o’lchov birligi, qiymati 60 daqiqa yoki 3600 sekundga teng vaqt oralig’i va vaqtni o’lchash uchun ishlatilgan asbobdir. Grekcha «hogo», inglizcha «hoig» soat so’zi dastlab «vaqt oralig’i, davr» kabi ma'nolarni bildirgan. Er. avvalgi IV asrlarda grekchada soat atamasi paydo bo’lgan. Odamlar vaqtni o’lchashga qadimdan harakat qilib kelishgan. Ular quyosh, Oy harakatlari va boshqa tabiat hodisalarning muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni o’lchashda foydalanganlar. Yunon olimi Ptolemey (mil. avv. II asr) sutkani soat, daqiqa sekundga bo’lgan. Vaqtni juda aniq o’lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar o’tkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi o’laroq dastlab quyosh soati, keyinchalik suv va hum soatlari paydo bo’ldi. Ksenofontning ta'kidlashicha, soat kunduzi quyoshga, kechasi yulduzlarga hamda odam soyasining uzunligiga qarab soat aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1800 yilda Misr kohinlari kechasi bo’ladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Quyosh va suv soatlarining paydo bo’lishi soatni yanada aniqroq bilish imkonini berdi. Misrda eramizdan er.avvalgi 1600 yillarda suv soatlari, eramizdan avvalgi 1450 yillarda quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi quyosh soati, ya'ni skafis bobillik Beros tomonidan er. avvvalgi III asrda quriladi. Dastlabki grek quyosh soatlari er. avvalgi 550 yillarda Anaksimantu Miletskiy tomonidan yaratilgan. Rimda er. avvalgi 293 yildan boshlab quyosh soatlaridan foydalana boshlangan. Osiyo xalqlarida esa qadimda qum soatlari keng tarqalgan. Bu soatlar uzun bo’lmagan vaqt oralig’ini hisoblashga mo’ljallangan. hozirda tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi. Xitoyda olov soatlaridan foydalanishgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda suv soatlari - klespidralar keng tarqaldi. Mazkur soatlar, aniq va qulay bo’lmasa-da, ma'lum bir qatlamdagi odamlarning ehtiyojini qondirgan. O’rta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug’bek Samarqandda 50 metrlik quyosh soatini bunyod etgan. Jamiyatdagi taraqqiyot natijasida aniq va qulay soatlarga bo’lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Mexanik soatlar bu davrga yangilik bo’lib kirdi. 578 yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik (g’ildirakli) soatlar tilga olinadi. X1-XP kelib Evropada mexanik (g’ildirakli) soatlar keng tarqaldi. Bunday soatlar odatda ratusha minoralariga o’rnatilgan. g’ildirakli soatlarning kamchiligi ularning ulkanligi va aniq emasligida edi. Rossiyada bunday soatlar dastlab 1404 Kremlga o’rnatiladi. XVI asrda g’ildirakli soatlar o’rnini yangi soatlar egallaydi. 1640 yilda tomonidan mayatnikli soatlar loyig’asi ishlab chiqiladi. Ushbu soat uning vafotidan keyin 1675 yidda Xristian Gyugens tomonidan yasaladi. Xristian Gyugens cho’ntak soatiga balansir spiral tizimini (xozirgi soatlarning asosiy mexanizmini) kiritdi va soatning aniq yurishi ancha yaxshilandi.1706 yilda Petr I buyrug’i bilan Qremlddagi soat o’rnini Golland kuranti egallaydi. I.P.Kulibin XVIII asrda tovuq tuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik soat yasadi. U har soatda zang urardi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404 yilda Moskvada Blagoveshensk sobori yaqinida o’rnatilgan. Uni vizantiyalik Monax Lazar Serbin yasagan. XIX asrga kelib qo’l soatlari paydo bo’ldi. Bunday soatlar cho’ntak soatidan farq qilmasdi. Ularda qo’shimcha qismlar, kalendar ko’rsatgichi, sekundamer, o’z-o’zidan burash mexanizmi ham bor edi. Dastlabki elektr soat Rossiyada 1840 yilda yaratildi. XX asrda elektr-mexanik, elektron-kvarts, molekulyar, atom soatlari yaratildi. Toshkentda 1947 yilda qurilgan Toshkent kuranti minorasiga to’rt siferblatli zangli elektr soat o’rnatilgan. Energiya manbaiga ko’ra soatlar atom, mexanik, molekulyar va elektr, tebranish tizimi mayatnikli, balansirli va kamertonli xillarga bo’linadi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1,86400 qismiga teng vaqt - sekund qabul qilingan9. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir ulushi bilan ham ish ko’riladi.

Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi (bir nuqtadan ana o`sha nuqtagacha bo`lgan vaqt yoki oraliq) butun dunyoda asosiy etalon qilib olingan.Bu kecha-kunduz (sutka) deyiladi. Sutka vaqtning dastlabki o’lchov birligi hisoblanadi.Yulduz sutkasi-bir Yulduzning ma`lum bir vaqt mobaynida bir nuqtadan boshlab aylanib o`sha nuqtaga qaytib kelishi. Quyosh sutkasi-quyoshning ma`lum bir vaqt mobaynida bir nuqtadan boshlab aylanib, o`sha nuqtagacha qaytib kelishi. Bu ikki sutka ikki xil tizim va ikki xil vaqt o`lchovida bo`lganligi uchun har xil uzunlikda bo`ladi. Quyosh sutkasi Yulduz sutkasidan 4 minut atrofida oshiqroq . Yulduz sutkasi quyosh sutkasidan bir kecha-kunduzda 4 minut, oyda ikki soat, yilda esa bir kecha-kunduz ilgari boshlanadi. Buning sababi shundaki, quyosh yulduzlar orasidan Yer aylangan tomonga ya`ni sharqdan g`arbga qarab aylanadi. Quyosh va yulduzlar bir xil meridiandan o`tayotganida bir-birlaridan borgan sari uzoqlashib boradilar. Yil boshidan yana shu holat qaytariladi.


Quyoshning fazoda yulduzga nisbatan bir nuqtadan bir yil aylanib, yana shu nuqtaga kelishi yulduz yili deb ataladi. Astronomya uchungina emas, xronologiya uchun ham yulduz yili muhim ahamiyatga ega. Butun dunyo bo`yicha vaqtlarni solishtirish (to`g`rilash), osmon jismilarini kuzatish shu Yulduz yili vaqtiga asoslanadi.
Kalendarda sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr birliklari mavjud. Sekund, minut va soatlar tushunarli bir-birlarini to`ldiradi. Muhim hisoblar sutkadan boshlanadi. Sutkani 24 soatga bo`lish Dajla va Frot daryolari vodiysida joylashgan qadimgi Bobil, Shumer va Akkad hamda Misr davlatlarida boshlangan. Bobilliklar sutkani tunga va kunga 12 soatdan ajratishgan. Dunyoning barcha xalqlari kabi biz ham kun va tunni 12 soatdan ajratib sutka 24 soatdan iborat deb o`ylaymiz. Bu Yerning o`z o`qi atrofida bir marta to`liq aylanishi natijasida hosil bo`ladigan vaqtning tabiiy o`lchov birligidir. Astronomlarning kuzatishicha bu harakat to`g`ri, me`yoriy bo`lib, keyingi ikki ming yil vaqt mobaynida sekundning yuzdan bir qismicha ham o`zgarmagan. Demak, bu o`lchov birligi ishonchli va to`g`ridir. Biz 24 soat, deb atayotgan sutka aslida 23 soat 56 minut 4 sekunddan iborat va bu vaqt Yulduz sutkasi deb ataladi. Yuqorida aytganimizdek bir Yulduz soati quyosh soatidan 10 sekund ozdir.
Tarixiy xronologiya kalendar o`zgarishi bilan chambarchas bog`liqdir. Kalendar so`zi lotincha-«kalendarium» so`zidan olingan bo`lib, «qarz kitobi» ma`nosini anglatadi. Qadimgi Rimda qarzdorlar har oyning 1-sanasida qarzining foizini (%) berishi shart bo`lgan va shundan kalendar so`zi kelib chiqqan.10Zamonaviy tushunchada esa, kalendar turli xalqlarning ma`lum bir tabiat hodisalari asosida vujudga kelgan vaqt o`lchovidir. Kalendar yoki vaqt o`lchovlari, ayniqsa, osmon jismlarining harakati, o`zgarishida aniq ko`rinadi.

Yerning o`z o`qi atrofida aylanishidan tashqari quyoshning atrofida aylanadi. Bu harakat uchun bir yil vaqt sarf bo`ladi. Astronomk kuzatishlarga ko`ra, quyosh bir bahorgi kun va tun tengligi nuqtasigacha bo`lgan vaqt 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekundga tengdir.Quyoshning bir bahorgi kecha-kunduz tengligidan keyingi bahor kecha-kunduz tengligigacha bo`lgan vaqt astronomya tilida tropik yil deb ataladi. Shu tropik yil mobaynida Yer quyosh atrofini bir marta aylanib chiqadi. Lekin Yerning quyosh atrofida aylanish harakati tezligi hamisha bir xil bo`lmaydi. Bunga yarim doira ya`ni 21 martdan 23 sentyabrgacha 186 kun, ikkinchi yarim doira, ya`ni 23 sentyabrdan 21 martgacha 179 kun sarf bo`ladi.


Kalendarning asosiy birliklari qatoriga hafta ham kiradi. Oyning hafta kunlariga bo`linishi son raqamilari va o`ziga xos afsonalar bilan bog`liq. eng qadimgi davrdan boshlab kishilarning qo`l va oyoq barmoqlari boshqa narsalar qatori vaqtni hisoblash uchun ham xizmat qilgan. Ular sonlarni tabiatning boshqa hodisalari kabi sehrli, karomatli, deb bilishgan. Ibtidoiy odamlarning fikricha, sonlar yaxshilik va yomonlik, baxt va kulfat keltirgan. Hafta hisobi dastlab barmoq hisoblari asosida kelib chiqqan. Shuning uchun avvaliga haftalar 5 kunlik keyinroq esa 10 kunlik bo`lgan. Yetti kunlik hafta ulardan ancha keyin paydo bo`lgan. Yetti kunlik haftaning paydo bo`lishi din bilan, yetti osmon yoritgichlari to`g`risidagi diniy tasavvurlar bilan bog`liq.Haftaning yetti kunlik hisobi eng avval Bobilda IV ming yil muqaddam paydo bo`lganligi to`g`risida ma`lumotlar bor. Ulardan misrliklarga, misrliklardan esa yunon va rimliklarga tarqaldi. Rimdan butun Yevropaga tarqalgan hafta hisobi Sharq xalqlarida ham keng tarqalgan edi.
Qadimgi Bobilda yetti soni ilohiy hisoblangan. Buning ilohiyligi shundaki, qadimda odamlarga Oy va Quyoshdan tashqari oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan beshta kichiq yoritkich(sayyora) ma`lum edi. Ular Rim xudolari nomlari bilan Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn deb atalgan. Oy va Quyosh qo`sqilib yetti sayyora yer atrofida aylanadi, deb tushunganlar (bobilda). Bobilliklarning fikricha bu planeta (sayyora) lar ularning nom bilan bog`liq bo`lgan xudolar xomiyligida bo`lganlar.
Ayrim fikrlarga ko`ra yetti kunlik haftaning paydo bo`lishi har 29,5 kunda takrorlanib turadigan oy fazalarining o`zgarishi bilan bog`liq. Yangi oy tug`ilgandagi bizga ko`rinmaydigan 1,5 kunni hisobga olsak qolgan-bizga ko`rinadigan 28 kun rosa 4 haftadan iborat bo`ladi. Hozirgi kunda biz ham qamariy oyni 4 qismga bo`lib birinchi chorak, to`lgan oy, so`nggi chorak va Yangi oy, deb ataymiz.
Qadimgi Misrda kun (sutka) 24 soatga bo`lingan bo`lib, har bir soat o`sha paytda ma`lum bo`lgan yetti sayyora homiyligida bo`lgan. Haftaning boshlangan kuni (shanba)ning birinchi soati Saturnga, 2-soati Yupiterga, 3-soati Marsga, 4-soati Quyoshga, 5-soati Veneraga, 6-soati Merkuriyga, 7-soati Oyga bag`ishlangan. Keyingi kun-yakshanbaning 1-kuni quyoshniki bo`lib, bu kun Quyosh kuni deb nomlangan va hisob shu tariqa davom etgan.

Saturn

Yupiter

Mars

Quyosh

Venera

Merkuriy

Oy

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

1

2

3

4

Qadimgi Rimliklar ham yetti kunlik hafta kunlarini bevosita planetalar nom bilan atashgan.
Dushanba-Oy kuni.
Seshanba-Mars kuni.
Chorshanba-Merkuriy kuni.
Payshanba-Yupiter kuni.
Juma-Venera kuni.
Shanba-Saturn kuni.
Yakshanba-Quyosh kuni.
Haftaning bunday nomlanishi Yevropaning ital’yan, frantsuz, ispan, nemis, ingliz, shved, golland, norveg va boshqa tillarida saqlanib qolgan (yetti nomning hammasi emas.)
Osiyo xalqlarida ham hafta kunlarini sayyoralar nom bilan atash urf bo`lgan. Masalan, Hindistonda:
Dushanba-Sovmar (Oy kuni).
Seshanba-Mangalvar (Mars kuni).
Chorshanba-Budxavar (Merkuriy kuni).
Payshanba-Virvar (Yupiter kuni).
Juma-Shukravar (Venera kuni).
Shanba-Shanivar (Saturn kuni).
Yakshanba-Ravivar (Quyosh kuni).
Slavyanlarda (rus, ukrain, belorus, chex, xorvat, polyak va boshqalar) hafta kunlari nomlari kunlarning tartibi va ayrim diniy urf-odatlar bilan bog`liq. Rossiya kunlarining hozirgi nomlari o`sha vaqtda madaniyat rivojlangan Bolgariyadan kirib kelgan. Xristianlarda xudo dunyoni yetti kunda yaratgan, degan fikr mavjud. Yana bir ma`lumotda Xudo olamni 6 kunda yaratgan va yettinchi kun dam olgan, deyiladi. Shu kun shanbadir. Shu sababli «Bibliya»da shanba kuni kishilardan hech qanday ish (hatto uy yumushlarini ham) qilmasliklarini, su kunni faqat xudoga ibodat qilishga bag`ishlashni talab etiladi. Milodiy II asrda Rim imperatori Adrian xristianlarga shanba kuni hafta bayram sifatida nishonlashni man etgan. Shuning uchun xristianlar haftaning bayramlarini navbatdagi kun-Yakshanbaga ko`chirganlar (Quyosh kuni). 324 yili xristianlikni Rim imperiyasining davlat dini deb e`lon qilgan imperator Konstantin shu kun (Yakshanba)ni haftalik bayram kuni deb qonunlashtirgan. Bu kun Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga «voskresen’e» (qayta tug`ulish) deb nomlangan. Rossiyada bu kun «sedmitsa» yoki «nedelya»-ishlamaydigan kun, ishsizlik kuni, deb atalgan. Ponedelnik-nedelya yoki yakshanbadan keyingi kun, vtornik-nedelyadan keyin uchichi kun, sreda-o`rtancha kun, chetverg va pyatnitsa to`rtinchi va beshinchi kunlar deb nom olgan. Shanba ya`ni subbota qadimgi yahudiy-qadimgi bobilliklardan kirib kelgan «shabash» yoki «shabbot» dam olish, tinchlik, ish tamom ma`nolarini bildirgan. Haftalarning o`zbekcha nomlanishi bizga forslardan kirib kelgan bo`lib, asosan, tartibni bildirgan. Haftalarning arabcha nomlari ham (juma va Shanbadan tashqari) tartib kunlarni anglatgan. Islomda juma dam olish kuni deb belgilangan. Chunki bu kuni Muhammad payg`ambar tug`ilgan. Musulmonlar shu kuni namoz o`qib dam oladilar.

Download 318,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish