O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


III bob.Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik



Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.10.2019
Hajmi0.96 Mb.
1   2   3   4   5   6

III bob.Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik 

texnologiyalardan foydalanish 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach  Respublika  ta’lim  sohasida  tub 

o’zgarishlar  sodir  bo’ldi  va  bu  sohada  yangidan-yangi  islohotlar  olib 

borilmoqda.Umumiy  o’rta  ta’lim  o’quv  fanlari  dasturlari,  o’quv  adabiyotlari 

butunlay yangidan qayta qarab chiqildi va kerakli o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan 

fizikani  o’qitish  uslubida  ham  qator  tajribalar  to’plandi.  Biroq  bu  sohada  hal 

qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz ham yo’q emas. Buni oliy o’quv yurtlariga 

kirish imtihonlarini topshirish natijalaridan aniqlash mumkin. 

 

Bugungi  kun  fizika  o’qituvchisi  oldida  turgan  dolzarb  muammolardan  biri 



ta’limning    zamonaviy  texnologiyalarini  loyihalash  va  uni  o’qitish  amaliyotida 

qo’llashdir.  Fizika  o’qituvchisi  o’quvchilarga  fizika  fanidan  zaruriy  bilimlarni 

beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olishlari kerakki, natijada 

bu sohada yaxshi  mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin. 

 

O’qituvchi  o’tgan  har  bir  dars  boshqa  darsdan  farq  qilishi,  bugungi 



o’tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo’lishi kerak. 

 

Darsni yangi pedagogik texnologiyalar : 



─ axborot vositalaridan foydalanib; 

─ ko’rgazmali qurollari yordamida; 

─ interfaol metodlarni qo’llash orqali; 

va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi 

va xotirasidan joy oladi. O’quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi 

ortadi. 


 

An’anaviy  ta’limdan  farqli  zamonaviy  ta’limni  tashkil  etishdan  maqsad 

ortiqcha  ruhiy  va  jismoniy  kuch  sarf  etmay,  qisqa  vaqt  ichida  yuksak  natijalarga 

erishishdir.  Qisqa  vaqt  ichida  muayyan  nazariy  bilimlarni  o’quvchilarga  yetkazib 

berish,  ularda  ma’lum  faoliyat  yuzasidan  ko’nikma  va  malakalarni  hosil  qilish  , 

shuningdek o’quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko’nikma 



 

44 


va  malakalarini  baholash  fizika  fani  o’qituvchisidan  katta  pedagogik  mahorat 

hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi.              

 

Hozirgi 


kunda 

dunyoning 

ko’plab 

rivojlangan 

mamlakatlarida 

o’quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda 

ta’lim-tarbiya  jarayoninig  samaradorligini  kafolatlovchi  yangi  pedagogik 

texnologiyalarni  qo’llash  borasida  katta  tajriba  to’plangan.  Shu  tajriba  asosini 

tashkil  qiluvchi  metodlar  interfaol  metodlar  nomi  bilan  yuritilib,  bu  metodlarni 

dars  jarayoniga  qo’llay  bilish  bugungi  zamon  fizika  o’qituvchisi  zimmasiga 

yuklatilgan yuksak vazifadir. 

  Pedagogik  texnologiyaning  muvaffaqiyatli  loyihalanishi  va  yakuniy 

natija(samara)ning  kafolatlanishi  o’qituvchining  didaktik  masalalar    mohiyatini  

anglab yetish darajasi va darsda ularni to’g’ri baholay olishiga bog’liqdir. [28] 

Har  bir  o’tiladigan  darsda  ta’limning  aniq  maqsadining    belgilanishi  o’qitish 

texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari 

bo’yicha o’qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. 

Fizika  fan  sifatida  o’tilgan  vaqtdan  boshlab  fanning  ma’lumotlar  bazasi 

ko’payib    katta  hajmni  tashkil  etmoqda  va  u  yuqori  tezlikda  yil  sayin  boyib 

boryapti. 

Shu sababdan fizikani o’tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab 

olish va o’quvchining o’zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar  hajmini 

miqdoriy o’lchamga keltirish zarur. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

45 


3.1.Fizika fanini o’qitishda “davra suhbati”, “muammoli 

vaziyat” usullaridan foydalanish 

Davra  suhbati  texnologiyasi─  aylana  stol  atrofida  berilgan  muammo  yoki 

savollar  yuzasidan  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  o’z  fikr-mulohazalarini  bildirish 

orqali olib boriladigan o’qitish metodidir. [29] 

Davra  suhbati  metodi  qo’llanilganda  stol-stullarni  doira  shaklida  joylashtirish 

kerak.  Bu  har  bir  ta’lim  oluvchining  bir-biri  bilan  “ko’z  aloqasi”ni  o’rnatib 

turishga  yordam beradi. Davra suhbatining og’zaki  va  yozma shakllari  mavjuddir. 

Og’zaki  davra  suhbatida  ta’lim  beruvchi  mavzuni  boshlab  beradi  va  ta’lim 

oluvchilardan ushbu savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi 

va aylanma  bo’ylab  har bir ta’lim  oluvchi o’z  fikr-mulohazalarini bayon etadilar. 

So’zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish 

lozim  bo’lsa,  barcha  fikr-mulohazalar  tinglanib  bo’lingandan  so’ng  muhokama 

qilinadi.  Bu  esa  ta’lim  oluvchilarning  mustaqil  fikrlashga  va  nutq  madaniyatining 

rivojlanishiga yordam beradi. 

Yozma  davra  suhbatida  ham  stol-stullar  aylana  shaklida  joylashtirilib,  har 

bir ta’lim oluvchiga konvert qog’ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga 

ma’lum  bir  mavzu  bo’yicha  o’z  savolini  beradi  va  javob  varaqasining  biriga  o’z 

javobini  yozib  konvert  ichiga  solib  qo’yadi  va  yonidagi  ta’lim  oluvchiga  uzatadi. 

Barcha konvertlar aylana bo’ylab harakatlanadi. 

Akademik  litseyda  fizika  fanidan  I  bosqich  o’quvchilariga  o’tiladigan 

“Dinamikanining  vazifasi.  Nyuton  qonunlari.  Inersial  va  noinersial  sanoq 

sistemalari” mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. 

O’qituvchi yangi mavzuni doskaga yozib e’lon qiladi. Nyutonning 1-qonunini, 

inersiya  bo’yicha  harakat,  Nyutonning  2-qonunini  tushuntiradi  va  bu  mavzularga 

tabiatdan  misollar  keltiradi.  Nyutonning  3-qonuni  ta’rifi,  mohiyati  ochib  beriladi 

va ko’rgazmali qurollar vositasida bayon etiladi. [30] 

Mavzuni  o’tish  jarayonida  o’quvchilar  faolligini  oshirish  maqsadida 

“muammoli vaziyat” yuzaga keltiriladi.[31] 



 

46 


Masalan,  jismlarning  inertligi,  inersiya  bo’yichа  harakatni  tushuntirishda 

quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi: 

1.Nima uchun avtobus joyidan birdan qo’zg’algan vaqtda orqaga qarab og’ib 

ketamiz-u, yurib ketayotgan avtobus birdan toxtaganda esa aksincha oldinga qarab 

harakatga kelamiz. 

2.Nima  uchun  polga  qoqilib  yiqilib  tushgan  kishi  orqaga  emas,  oldinga 

qarab yiqiladi? 

3.Nima  uchun  avtomobil,  samolyot  yoki  raketalar  birdaniga  katta  tezlikka 

erisha olmaydi? 

Nyutonning 3-qonunini tushuntirishda quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi: 

1)  Nyutonning  3-qonuniga  ko’ra  moddiy  nuqtalar  ta’sir  kuchlarinig 

kattaliklari  doimo  bir-biriga  teng,  yo’nalishlari  qarama-qarshi  va  ularni 

tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naladi.  

                                 

=

 

  



Ot qo’shilgan arava misolini olib qaraylik. Ot aravini tortsa, arava ham otni 

tortishi kerak-ku, unda nima uchun baribir ot aravini tortib ketadi?  

2)  G’o’lani  yorib  o’tin  qilinayotganda  bolta  g’o’laga  siqilib  qoldi.  G’o’lani 

yorish  uchun  qattiq  tayanchga  g’o’lani  urgan  ma’qulmi  yoki  boltaning  orqasini 

urgan ma’qulmi? Urish vaqtini bir xil deb hisoblang. [32-33] 

Bu  savollar  muammoli  vaziyatni  yuzaga  keltiradi,  butun  auditoriyani 

fikrlashga, o’ylashga  majbur qiladi. 

Shu  va  shu  kabi  boshqa  savollarga  o’quvchilar  javobi  tinglanadi. 

O’quvchilarning  javoblari  tinglangach  ular  javoblaridagi  noaniqliklar,  notog’ri 

fikrlar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi, aniqlashtiriladi. 

 

Yangi  mavzu  bayoni  tugatilgach,  mavzuni  mustahkamlashda  “davra 



suhbati”  texnologiyasi  qo’llaniladi.Texnologiya  quyidagi  bosqichlarda  olib 

boriladi: 

1.O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi. 

 


 

47 


2.Har  bir  o’quvchiga  yangi  mavzuga  oid  o’z  savolini    yozish  uchun 

varaqalar tarqatiladi. 

3.O’quvchilarga savol yozish uchun vaqt belgilanadi. 

4.Har  bir  o’quvchi  yozgan  savolini  o’zining  chap  tomonidagi  o’quvchiga 

uzatadi va unga yon tomondagi o’quvchi bu savolga javob yozadi.(1-rasm)  

Masalan, 1-o’quvchi: Nyutonning 1-qonunini ta’riflang. 

2-o’quvchi: Inersiya so’zining ma’nosi nima?  

3-o’quvchi:Massa va tezlanish orasida qanday bog’lanish bor?   

va h.k. shunday savollar yon tomondagi o’quvchiga uzatiladi. 

 

 

 

 

 



                                     1-rasm. 

Natijada o’quvchilarning faolligi oshadi  va bir-birlarining savollariga javob 

izlashga  shoshiladilar,  javob  topadilar  va  javobni  og’zaki  aytadilar.  Javobning 

to’g’riligini savol tuzgan o’quvchi o’qituvchi ishtirokida baholaydi.(2-rasm.) 

 

 

 



       2-rasm. 

 


 

48 


 

Ushbu  metod  orqali  ta’lim  oluvchilar  berilgan  mavzu  bo’yicha  o’zlarining 

bilimlarini  qisqa  va  aniq  ifoda  etadilar.  Bundan  tashqari  metod  orqali  ta’lim 

oluvchilarni  muayyan  mavzu  bo’yicha  baholash  imkoniyati  yaratiladi.Bunda 

o’quvchilar    o’zlari  bergan  savollariga  guruhdoshlari  tomonidan  aytilgan  javobga 

baho beradilar va aniq savolga aniq javob berishga o’rganadilar. 



3.2. “6

” yoki “

” usuli va uning fizikani o’qitishda 

qo’llanilishi 

Ta’lim  jarayoniga  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etish  zamonaviy 

talablardan  biri  bo’lib,  pedagogik  xodimlar  va  o’qituvchilardan  uzluksiz  ravishda 

o’z ustida ishlashini talab etadi. 

Boshqa  fanlardagi  kabi  fizika  fanini  o’qitishda  ham  yangi  pedagogik 

texnologiyalardan  foydalanish  yaxshi  samaralar  beradi.  Fizika  faniga  ajratilgan 

soatlar  6-9  sinflarda  68  soatdan,  kasb-hunar  kolejlari  (KHK)  va  akademik  lisey 

(AL) (ijtimoiy  gumanitar-  umumta’lim  yo’nalishlarida)   har bir semestrda 40 soat 

o’quv  o’quv  yuklamasi  ajratilgan  bo’lib,  butun  kursni  o’qitish  uchun  160  soatni 

tashkil  etadi.  Bu  soatlar  davomida  o’qituvchi  kurs  bo’yicha  ham  ma’ruza  o’tishi, 

ham  masalalar  yechish,  ham  labaratoriya  mashg’ulotlarini  o’tkazishga  ulgurishi 

kerak.  Oliy  o’quv  yurtiga  kirishda  topshiriladigan  test  sinov  savollari  fizikadan 

asosan  masalalar  yechish  lozimligini  inobatga olinsa,  masalalar  yechish qanchalik 

muhim ekanligi ayon bo’ladi. Odatda bir juft soat davomida an’anaviy tarzda dars 

o’tilganda  o’quvchilar  ko’pi  bilan  8,10  ta  masala  yechib  ulguradilar.    Bunda  o’ta 

faol  o’quvchilar  masalani  tez  yechadilar  va  boshqa  sust  o’zlashtiradigan 

guruhdoshlari  masalani  yechib  bo’lgunlaricha  “bo’sh”  qolib  ketadilar.  Sust 

o’zlashtiruvchi  o’quvchilar  esa,  aksincha,  masalaning  mohiyatiga  tushunmay 

o’qituvchining vaqtni “tejashi” hisobiga nazardan chetda qoladilar.  

Ana  shunday  darslarda  interfaol  usullarni  –  yangi  pedagogik  texnologiyalarni 

qo’llash  sezilarli  samaralar  beradi.  Shunday  usullardan  biri  “6x6”  yoki  “6x5” 

usulidir. [16] 

Bu usul qo’llanilganda dars jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi: 


 

49 


1-bosqich.  O’qituvchi  dars  boshlanishdan  oldin  5  ta  stol  atrofiga  6  tadan  stul 

qo’yib chiqadi. 

2-bosqich.O’quvchilar  o’qituvchi  tomonidan  5  ta  guruhga  bo’linadilar. 

O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagi usulni qo’llash mumkin: 5 

ta  stolning  har  biriga  muayyan  ob’yekt  (masalan:  kamalak,  kristall,  avtomobil, 

shimol  yog’dusi,  tranzistor)  surati  tushirilgan  lavhani  qo’yib  chiqadi(3-rasm). 

O’qituvchi  qo’lida    har  biri  oltitadan  bo’lgan  tranzistor,  avtomobil,  shimol 

yog’dusi,  kristall  va  kamalak  tasvirlari  tushirilgan  jami  30  ta  varaqchalar  bo’lib, 

o’quvchilar  navbatma-navbat  ushbu  rangli  varaqchalardan  bittasini  tanlaydilar  va 

shu tasvir tushirilgan lavha qo’yilgan stoldan joy egallaydilar. Har bir jamoa o’ziga 

sardor saylab oladi. 

 

    



 

 

 



                             

      


 

3-rasm. 


 

Bu  usulni  qo’llashda  mashg’ulot  ishtirokchilarning  har  biri  qisqa  vaqt 

mobaynida  ham  munozara  qatnashchisi,  ham  tinglovchi,  ham  ma’ruzachi  sifatida 

faoliyat olib boradi. 

 

“6x5”  usulidan  ta’lim  jarayonida  foydalanish  o’qituvchidan  o’ta  faollikni, 



pedagogik  mahorat  egasi  bo’lishni  talab  etadi.  Bunda  o’qituvchi  guruhlarni 

 

50 


shunday  shakllantira  olish  kerakki,  har  bir  guruhda  faol  va  sust  o’zlashtiruvchi 

o’quvchilar to’g’ri taqsimlansin. Guruhlar noto’g’ri shakllantirilganda o’quvchilar 

qo’yilgan muammoni yecha olmasdan vaqtni behuda sarflashlari mumkin. 

3-bosqich.  O’quvchilar  o’z  o’rinlariga  joylashib  olganlaridan  so’ng 

o’qituvchi masalalar yechish mavzusini e’lon qiladi. 

 

Mavzu: Turli muhitlarda elektr toki mavzusiga doir masalalar yechish. 



Turli muhitlar, ya’ni 

  

• metallar (o’tkazgichlar)da elektr toki; 



• elektrolitlarda elektr toki; 

• gazlarda elektr toki; 

• yarim o’tkazgichlarda elektr toki; 

• bo’shliqda elekt toki; 

 

O’qituvchi  har  bir  mavzuga  qisqacha  to’xtalib,  shu  sohalarga  tegishli 



o’tkazilgan tajribalarda ochilgan qonunlar  va asosiy  formulalarni eslatib o’tadi  va 

tushuntiradi.  

  Xususan:  Metallarda  elektr  toki  ulardagi  erkin  elektronlarning  tartibli 

harakatidan  iborat  ekanligini  ko’rsatuvchi  Styuart-Tolmen,  Mandelshtam-

Papaleksi  tajribalarini,  elektrolitlarda  elektr  toki  musbat  va  manfiy  ionlarning 

tashqi elektr  maydon  ta’siridagi tartibli  harakati  ekanligi  va  Faradeyning birinchi 

va  ikkinchi  qonunlariga,  gazlarda  elektr  toki  ionlar  va  elektronlarning  tartibli 

harakatidan  iboratligini,  yarim  o’tkazgichlarda  elektr  toki  teshiklar  (musbat)  va 

elektronlarning  tartibli  harakatidan,  bo’shliqda  elektr  toki  qizdirish  yoki  tashqi 

ta’sir  tufayli  yuzaga  kelgan  elektronlarning  tartibli  harakatidan  iborat  ekanligini 

eslatib o’tadi. Asosiy formulalar va qonunlar doskaga yozilib, kerakli tushunchalar 

beriladi. Undan so’ng savollar bo’lsa ularga javob beriladi. [34-35] 

Bir  juft  soatning  20  daqiqasi  ana  shunga  sarflanadi.  Qolgan  60  daqiqa 

davomida oldindan tanlab kelingan masalalar yechishga kirishiladi. 

Har  bir  guruhga  3  tadan  masala  beriladi.  O’quvchilar  o’z  guruhlarida  bu 

masalalarni  yechib,  muhokama  qiladilar.  Bu  masalalarni  yechib  bo’lganlaridan 

so’ng sardorlar qo’shni guruhga o’tib masalalarni yechish usullarini yangi guruhda 


 

51 


muhokama qiladilar va bu sardorlarning ko’chishi ular yana o’z o’rinlariga qaytib 

kelgunlaricha davom etadi.(4-rasm) 

 

 

4-rasm. 



 

Natijada har bir guruhga berilgan 3 tadan 15 ta masala sinfdagi barcha 

o’quvchilar tomonidan yechib chiqiladi.  

Masalan, 1-guruhga quyidagi variant savollari  tushdi deb faraz qilaylik. 

1) Elektrolitik vannada tok kuchi chiziqli 

 qonun bo’yicha 

o’zgaradi.  Elektrolit  orqali  5  minut  ichida  o’tgan  elektr  zaryadini 

aniqlang


 

2)  Diodda  anod  bilan  katod  orasidagi  potensiallar  farqi  360  V.  Ular  orasidagi 

masofa 1sm bo’lsa, elektron qanday tezlanish oladi? (m/ ) 





3)  Qarshiliklari  teng  bo’lgan  ikkita  termistor  o’zgarmas  kuchlanish  manbaiga 

ketma-ket  ulandi.Termistorlardan  birini  sovutish  natijasida  undagi 

kuchlanishning tushuvi 1.5 marta ortgan bo’lsa, uning qarshiligi necha marta 

ortgan? 

Qolgan guruhlarga ham shu mavzuga oid boshqa variant masalalari beriladi. 

Har bir  guruh sardori belgilangan vaqt tugagach o’z guruhi bilan  ishlagan  masala 

variantini  olib  qo’shni  guruhga  o’tadi,  2-  guruh  sardori  esa  o’z  variantini  olib  3-

guruhga  va  h.k.o’rin  almashadilar.Ya’ni  har  bir  guruh  endi  yangi  variant 

masalalarini “yangi” sardor boshchiligida ishlaydilar. 


 

52 


 

Keyingi  bosqichda  guruh  sardorlari  yana  soat  strelkasi  bo’yicha  qo’shni 

guruhga  o’tadilar  va  h.k.Shu  tariqa  har  bir  guruh  sardori  dastlab  tushgan  masala 

variantini 5 ta guruh bilan ham navbatma-navbat ishlab chiqadi. 

 

Natijada  har  bir  guruhga  berilgan  3  tadan  15  ta  masala  sinfdagi  barcha 



o’quvchilar tomonidan yechib chiqiladi, shu tariqa dars jarayoni yakunlanadi. 

 

Sust qatnashgan o’quvchilarga quyidagi sifatga oid maslalar  bilan murojaat 



etiladi. 

 

1.Nima uchun simyog’ochda turgan qushlarni tok urmaydi? 



 

2.Tok urgan kishini qanday qutqarish kerak ? 

 

3.Yashin qaytargichning ishlash  prinsipini gapiring. 



 

4.Havo ham tok o’tkazadi-mi? Havoning dielektrikligi qachon buziladi? 

Dars  yakunida  o’qituvchi  o’z  fikr-mulohazalarini  bildiradi.  Ilg’or  va  faol 

o’quvchilar  rag’batlantiriladi.  Masalalar  yechishdagi  yutuq  va  kamchiliklar 

o’qituvchi  tomonidan  aytib  o’tiladi.  Bunday  usul  qo’llanilganda  quyidagi 

natijalarga erishish  mumkin: 

1.  Qisqa vaqt davomida ko’proq materialni o’zlashtirish; 

2.  Bir  xil  masalani  turli  guruhlarda  yechganda  masalaning  turli  xil  usuldagi 

yechimini topish; 

3.  O’quvchilar  guruh  bo’lib  ishlaganda  o’zaro  hamkorlik,  bir-birining  fikrini 

tinglash  va  xulosalar  chiqarish,  o’z  fikrini  o’rtoqlariga  erkin  ayta  olishi  va 

shu  bilan  birgalikda  sog’lom  raqobat  yuzaga  kelib  har  bir  o’quvchi  yuqori 

baho olish imkoniyatiga ega bo’ladi; 

3.3.“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.”  usulining 

fizikani o’qitishdagi ahamiyati 

Fizika  fani−eksperimental  fan.  Fizikani  o’qish,  o’rganish,  o’zlashtirish 

jarayonida  o’quvchilar  birmuncha  qiyinchiliklarga  duch  kelishlari  mumkin.  Bu 

vaqtda  o’quvchilarda  o’z    bilimiga  ishonchsizlik  paydo  bo’lib,  oqibatda  fandan 

zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin. 


 

53 


 

Bugungi zamon  fizika o’qituvchisi esa o’quvchilarga  fizika  fanidan zaruriy 

bilimlarni  beribgina  qolmay,  ularda  fanga  qiziqish  uyg’ota  olishlari  kerak-ki, 

natijada  bu  sohada  yaxshi  mutaxassis,  yetuk  kadrlar  yerishib  chiqsin.  O’qituvchi 

o’tgan  har  bir  dars  boshqa  darsdan  farq  qilishi  kerak.  Darsni    yangi  pedagogik 

texnologiyalar,  axborot  vositalari,  ko’rgazma  qurollari  asosida  tashkil  qilsak,  bu 

dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta’lim samaradorligi kafolatlanadi. 

 

Interfaol metodlardan biri “Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi 



bo’lib, uni fizika darsida qo’llashda yaxshi natijaga erishish mumkin. 

“Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi. [16] 

Bu metod orqali  muayyan mavzular bo’yicha  o’quvchilar bilimini baholash  

va  o’qituvchining  o’quvchilarning  nimalarga  qiziqishlari,  mavzuni  o’zlashtirish 

darajalarini  bilib olishga imkon beradi. 

Ushbu metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan ommaviy yoki guruhli 

ishlash  mumkin.  Guruh  shaklida  tashkil  etilganda  mashg’ulot  yakunida  har  bir 

guruh  tomonidan  bajarilgan  faoliyat  tahlil  etiladi.  Guruhlarning  faoliyati  quyidagi 

ko’rinishda tashkil qilinishi mumkin: 

 

1.Har  bir  guruh  umumiy  sxema  asosida  o’qituvchi  tomonidan  berilgan 



topshiriqlarni  bajaradi  va  mashg’ulot  yakunida  bu  guruhlarning  munosabatlari 

loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi. 

 

2.  Guruhlar  umumiy  sxemaning  alohida  bandlari  bo’yicha    o’qituvchi 



tomonidan berilgan topshiriqni bajaradi. 

 

Dars  jarayoni  bevosita  yozuv  taxtasi  yoki  ish  qog’ozida  o’z  aksini  topgan 



quyidagi sxema asosida tashkil etiladi 

Bilaman 


Bilishni xohlayman 

Bilib oldim 

 

 

 



 

Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat. 

1-bosqich. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan  mavzu bo’yicha 

tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 



 

54 


2-bosqich.O’quvchilarning  mavzu  bo’yicha  mavjud    bilimlarini  boyitishga 

bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi. 

 

3-bosqich.O’quvchilar  yangi  mavzu  bo’yicha  ma’lumotlar  bilan  batafsil 



tanishtiriladi. 

 

Akademik  litseyda  texnika  yo’nalishidagi  guruhlarning  III  bosqichida 



o’tiladigan  “Quyosh  energiyasidan  foydalanish.Yarim  o’tkazgichli  batareyalar.” 

nomli mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. 

Yangi mavzuni bayon qilishdan avval guruhdagi o’quvchilardan guruhchalar 

tashkil etiladi va yuqoridagi sxema guruhchalarga tarqatiladi. 

Bu  bosqichda  o’quvchilarning  “Quyosh  energiyasidan  foydalanish.Yarim 

o’tkazgichli  batareyalar.”mavzusi  bo’yicha  tushunchalarga  egalik  darajalari 

aniqlanadi.  O’quvchilar  jadvalning  1-ustunini  to’ldiradilar.  Ya’ni  o’qituvchi  hali 

yangi  mavzuni  tushuntirmagan  bo’lsa-da,  o’quvchilar  yangi  mavzuga doir qanday 

bilimga  ega  ega  ekanliklarini  sxemada  ifoda  etadilar.  O’quvchilar  1-ustunni 

quyidagicha to’ldirdi deylik. 

I.Bilaman. 

• Quyosh Yer yuzidagi asosiy issiqlik va yorug’lik manbai. 

• Hozirda dunyo bo’yicha energiya zahiralari kamayib bormoqda va bu yangi 

energiya manbalarini topishga ehtiyoj tug’diradi. 

• Quyosh energiyasidan foydalanish ommalashib bormoqda . 

 

 



2-bosqich.  Jadvalning  2-ustunida  o’quvchilar  yangi  mavzu  bo’yicha 

nimalarni  o’rganmoqchilar,  nimalarni  bilmaydilar-u,    shuni  o’zlashtirmoqchi 

bo’lsalar ustunchaga qayd etadilar. 2-ustun quyidagicha to’ldirdi deylik. 

II.Bilishni xohlayman. 

• Qanday qilib quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish mumkin? 

• Quyosh batareyasining ishlash prinsipi qanday? 

• Bu batareyalar bulutli kunda ham ishlayveradi-mi? 

• Yarim o’tkazgichli  batareyalarning foydali ish koeffitsiyenti qanday? 



 

55 


Shundan so’ng  uchinchi bosqich boshlanadi. 

3-bosqich. Bunda o’qituvchi  yangi  mavzuga oid  umumiy  ma’lumotlar bilan 

o’quvchilarni  xabardor  qiladi.Yangi  mavzu  bo’yicha  materiallar  tarqatiladi.Dars 

qiziqarli  va  tushunarli  o’tishi  uchun  o’qituvchi  quyosh  batareyasini  ishlatib, 

namoyish tajriba o’tkazishi mumkin. 

Mavzuga oid ma’lumot: 

Ma’lumki  energiya  manbalarining  yerdagi  zahirasi  chegaralangan.  Agar 

yoqilg‘ining  bir  yil  davomida  sarf  qilish  darajasini  2000  yillarga  mo‘ljallangan 

miqdorda (25  milliard tonna)  olinsa  va  undan  hozirgi darajada  foydalanib borilsa, 

ularning  zahirasi  140-150  yil  davomida  iste’mol  qilishga  yetishi  mumkin.  Bu 

tarixan juda qisqa muddatdir, albatta. 

 

Shuning  uchun  ham  yoqilg‘i  energetika  balansi  strukturasini  yaxshilash 



muhim  vazifa  hisoblanadi.  Yoqilg‘i  sifatida  neft  mahsulotlari  o‘rniga  gaz  va 

ko‘mirdan,  joylarda  atom  energiyasi,  jumladan,  tez  neytronlar  bilan  ishlaydigan 

reaktorlardan  foydalanishni  keng  yo‘lga  qo‘yish  mazkur  vazifani  amalga 

oshirishning zarur talablaridir. 

 

Shu  maqsadda  atom  va  gidroelektrostansiyalar,  issiqlik  hamda  quyosh 



elektrostansiyalarini  qurishga  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Davrimizning  gigant 

inshootlaridan  bo‘lmish  janubiy  Ukrainadagi  atom  elektrostansiyasi,  Tallimarjon 

kombinatsiyalashgan  issiqlik  elektrostansiyasi  va  boshqa  energetik  obyektlarning 

tez sur’atlar bilan qurilishi buning yaqqol isbotidir. 

 

Ma’lumki,  juda  katta  va  tuganmas  energiya  resurslaridan  biri  quyosh 



energiyasidir.  Quyosh  nurining  faqatgina  bizning  sayyoramizga  tushayotgan 

ulushining quvvati 2

10

14



 kilovattni tashkil qiladi. 

 

Quyosh  energiyasidan  xalq  xo‘jaligida  samarali  foydalanishga  BMT  ham 



katta e’tibor bermoqda. YUNESKO tashabbusi bilan o‘tkazilgan konferensiyalarda 

shu sohada olib borilayotgan ko‘pgina materiallar umumlashtiriladi va kelajakdagi 

muammolar muhokama qilinadi. 

 

Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  quyosh  energiyasidan  foydalanib 



ishlaydigan 

qurilmalarning 

kompleks 

dasturiga 

asosan 

20 


dan 

ortiq 


 

56 


gelioqurilmaning  loyihasi  ishlab  chiqildi.  Jumladan,  geliotexnik  olimlar  Qrimda 

energiya  ishlab  chiqarish  darajasi  500  mvt·soat  bo‘lgan  gelioqurilmani  ishga 

tushirdilar.  O‘zbekiston  fanlar  akademiyasi  Fizika-texnika  instituti  olimlari 

tomonidan  yaratilgan  yuqori  temperaturada  ishlaydigan  quyosh  pechi  amaliy 

sinovdan o‘tkazilib ishlab chiqarishga tavsiya etildi. 

Quyosh  batareyalarining  yerda  qo’llanilishi  nuqtai  nazaridan  kremniydan 

yasalgan  elementlar  alohida  o’rin  tutadi.  Polikristal  va  amorf  kremniy  asosida 

yasalgan  fotoelementlar  esa  katta  masshtabdagi  arzon  fotoenergetik  qurilmalarni 

yaratish  imkoniyatini  beradi.  Quyosh  elementlarining  FIKi  olimlar  tomonidan 

15



16%  ko’tarildi.  Arsenid  galliy  fosfid  galliy sul’fid  va  tellurid kadmiy  asosida 

yangi quyosh elementlari joriy qilingan. 

Nazariy  hisoblashlar  quyosh  elementlari  kelajagining  porloqligini  tasdiqladi. 

Lekin  dastlabki  tajridbalar  fotoelementlarning  o’zida  energiyaning  yo’qtilishini 

ko’rsatdi. Agarda bu muammo hal qilinmaganda edi, yarim o’tkazgichlar asosidagi 

quyosh energetikasi faqat qog’ozdagi narsa bo’lib qolar edi. 

Quyosh elementlari  ichida ro’y beradigan fizik  hodisalar tahlil qilinganida shu 

narsa  ravshan  bo’ldiki,  yarim  o’tkazgichga  tushgan  quyosh  nuri  spektrining  faqat 

ozgina  qismigina  elektr  energiya    hosil  qilishga  sarf  bo’lar  ekan.  Agar  yorug’lik 

energiyasining  ma’lum  bir  qismi  elektron 

  teshik  juftlarini  hosil  qilishga  sarf 



bo’lsa, qolgan qismi esa biz aytib o’tgandek issiqlik hosil qilishga sarf bo’lar ekan. 

Bu  elementlarning  xarakteristikalariga    salbiy  ta’sir  ko’rsatadi,  ayniqsa, 

konsentrasiyalashgan    yorug’likda  elektron  juftlarni  ajratuvchi  elektr  maydonni 

yo’qolishiga  olib    keladi.  150 

  200


0

C  temperaturada  kremniy  asosidagi  quyosh 

elementlari  ishlash  xususiyatini  yuqotadi.  Yuqorida  aytilgan  muammo  hozirgi 

kunda yetarlicha hal qilinmoqda. 

Arsenid  galliy  asosida  olingan  quyosh  elementining  FIK  25%  ga  etdi,    bu 

quyosh issiqlik elektrostansiyasining FIK ga qaraganda qariyb 2 marotaba kamdir. 

Tekshirishlar  shuni  ko’rsatadiki,  agarda  yarim  o’tkazgichdan  yutilmay  o’tib 

ketayotgan  quyosh  spektri  qismini  ko’p  elementli  (kaskadli)  o’tkazgichlar 

yordamida  elektron  teshik  hosil  qilishga  erishilsa  va  yutilmay  o’tib  ketayotgan 


 

57 


fotonlar  energiyasiga  aylantirib  ma’lum  bir  maqsadga  ishlatilsa,  bunday  quyosh 

qurilmalarining FIK 70

80 %ga borar ekan. [36] 



Yangi  mavzu  bayon  qilingach,  o’quvchilar  jadvalning  uchinchi  ustuniga 

o’zlashtirgan tushunchalarini yozadilar. 

III. Bilib oldim 

•  Quyosh  energiyasidan  foydalanishning  optimal  usulini  topish  dolzarb 

muammolardan bo’lib qolmoqda. 

•  Quyosh  batareyalari  quyoshdan  kelayotgan  yorug’lik  energiyasini  elektr 

energiyasiga aylantiradi va hozirgi kunda ommalashib bormoqda. 

•  Quyoshdan  kelayotgan  yorug’lik  energiyasini  elektr  energiyasiga 

aylantiruvchi  fotorezistorlar  yarimo’tkazgich  xossasiga  ega  bo’lgan 

material(germaniy, kremniy va h.k.) lar asosida tayyorlanadi. 

•  Kremniy  kristalini  o’stirish  texnologiyasi  takomillshib  bormoqda  va  

O’zbekistonda ham bu sohada izlanishlar olib borolmoqda. 

• Toshkent viloyatining Parkent tumanida faoliyat ko’rsatayotgan, quvvati 

 1000  kW  bo’lgan  kata  quyosh  sandoni  ham  fotogalvanik  elementlar 

majmuasidan  iborat  bo’lib,  vatanimizning  serquyosh  yurt  ekanligi  shu  usul 

bilan elektr energiya hosil qilishning katta istiqbolga ega ekanligini ko’rsatadi. 

3-bosqich  tugagach  yagona    loyiha  yaratiladi.Yaratilgan  loyiha  asosida 

quyidagi natijalarni olish mumkin: 

1.O’quvchilarning  maktabda  olgan  bilimlar  bazasi  qay  darajada  ekanligini, 

ularning mustaqil izlanishlari, nimalarga qiziqishlarini bilish mumkin. 

 

2.O’quvchilar  guruh  bo’lib  ishlaganda  o’zaro  hamkorlik,  bir-birini  tinglash 



va shu bilan birga sog’lom raqobat yuzaga kelib, erkin fikr bildirishga o’rganadilar. 

Energiya  muammosi  va  uning  yechimlari  to’g’risida  ilmiy  dunyoqarashga  ega 

bo’ladilar. 

 

3.Bayon  etilgan  yangi  mavzudan  o’quvchilar  nimalarni  o’rgandilar  va 



nimani  tushunmadilar  (  Darsda  qanday  tushunchalar  bayon  etilmasdan  qolib 

ketdi)? Bu savolga ham loyiha asosida javob topish mumkin. 



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat