Qamariy-shamsiy kalendarning dastlabki ko’rinishida qo’shimcha oylar kiritilishi biror muayyan sistemaga solinmagan edi. Qo’shimcha oylar har gal maxsus qaror yoki ko’rsatmaga binoan kiritilardi.
Qadimgi dunyoda 19 shamsiy yil 235 qamariy oyga tenglashtirilgan va shu sababli tsiklga bir tekisda 7 qo’shimcha oy qo’shilgan (19 x 12 + 7 = 235) qamariy-shamsiy kalendar ham keng qo’llanilgan. Bu 19 yillik tsikl 6936 sutkadan (19 x 354 + 7 x 30) dan iborat bo’lgan. Haqiqatda esa 19 shamsiy yilda 365,242195 x 19 = 6939,6017 sutka bo’ladi. SHunday qilib 19 yilda shamsiy vaqtga nisbatan farq 3,6 sutkani tashkil etadi. Bu tafovut o’rni matematik ravishda qo’shimcha kunlar kiritish bilan to’ldirilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |