Ilmiy tadqiqot metadologiyasi
Tadqiqot olib borish qoida va usullarini bilish fanda samarali ijod qilish imkoniyatini beradi. Murakkab ilmiy muammolar bilan shug`ullanishga kirishgan yosh kuchlarda tadqiqotchilik malakasi hali yetarli bo`lmaydi. Shu bois, ilmiy tadqiqot metadologiyasida ishlab chiqilgan qoidalar, tamoillar va uslubiy tavsiyalarni o`rganish ilmiy muammoni to`g`ri qo`yish, uni xal qilishga qaratilgan yondashuv va variantlarni oqilona tanlash yo`llarini ko`rsatadi. Shu xolatdan kelib chiqib, bu fanning maqsadini quyidagicha belgilash mumkin: ”Ilmiy tadqiqot metadologiyasi” fanning maqsadi:
- Ilmiy ijod qilish, yangi bilimga erishish yo`llari va usullari;
- Ilmiy axborotni izlash va qayta ishlash;
- Ilmiy muammoni ifodalash va baholash;
- Olingan ma’lumotlarning xolisligi va takrorlash mumkinligi asoslab beradigan me’yoriy talablar;
- Natija va xulosalarni amaliyotga joriy qilish qoidalari haqidagi bilimlarni berish.
Fan oldiga qo`yilgan maqsadda uning predmetiga kirgan muammolarni o`rganishi, olingan natijalardan nazariy va amaliy yo`nalishlarda foydalanish ifodalanadi. Shuning uchun izlanish maqsadini oqilona belgilash bilan fan predmeti xususida aniq tasavvurga ega bo`lisho`rtasida ma’lum bog`lanish mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |