II-Bob.Qur’oni Karimda odob-axloq, bilim .
2.1. Sharqdagi Uyg’onish davri Sharq mutafakkirlari
Muqaddas Qur‘onning 114 surasining hammasida mazkur asosiy axloqiy prinsiplar targ‘ib etiladi. Uning 1400 yildan beri har qanday cheklash va man etishlarga qaramay xalq orasida yashayotganligining muxim sabablaridan biri ham eng ezgu, umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilganligi milliy qadriyatlarni e‘zozlashi (bu o‘rinda millat va din bir xil ma‘noni anglatadi) din axlida talab etganligidir. Bu fikrimizning dalili sifatida Sovet tuzumi yemirilgandan so‘ng Respublikamiz xalqlarining Islom aqidalari va madaniyatini o‘z milliy madaniyati ramzi sifatida qadirlayotgani, qadimiy mehroqibatning tiklanishida diniy muassasalarning beqiyos darajada ijobiy rol o‘ynayotganiliga qabilarni eslash kifoya.
―O‘rta Osiyoga Islom dini bilan birga davlat tili sifatida arab tili ham kirib keldi. U o‘zi bilan beqiyos boy ilmiy-nazariy ahamiyatga molik bo‘lgan jahon falsafiy, tabiiy va badiiy fan yutuqlarini ham bu zaminda yashovchi xalqlar orasiga olib kirdi.
Katta ―Ipak yo‘lida‖ joylashgan O‘rta Osiyo bu davrda yaxshi rivojlangan qishloq xo‘jaligaga, hunarmandchilik, boy ma‘naviy madaniyatga ega edi. Bu esa arabxalifaligiga mansub bo‘lgan xalqlar madaniy taraqqiyotiga katta ta‘sir ko‘rsatdi, har ikki madaniyat bir-birini o‘z ijobiy yutuqlari bilan boyitdi.
Arab xalifaligi hukumronlik qilgan ilk davrlarda uning keng zaminida musulmonlar, nosroniylar, nojusiylar, majusiylar, buddistlar, yahudiylar va boshqa din qavmlari yashardilar. Bu albatta, ko‘p sonli diniy sektalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. ―Ateizmning vujudga kelishi islom qavmini chiniqtirdi, xolos. Shu bilan bir qatorda O‘rta Osiyoning iqtisodiy-madaniy, aloqalari jugrofiyasi ham kengaydi. Bu davrlarda Ray, Samarqand, Marv, Buxoro. Shosh, Damashq, Bag‘dod kabi shaharlar ayniqsa rivojlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatlar jamiyatning ma‘naviy madaniyatiga, ma‘rifiy rivojlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatdi. VIII asrning II yarmidan boshlab xalifalik teritoriyasida dunyoviy bilimlar tarqala boshladi, bunga albatta Muqaddas Qur‘onning har bir musulmon va muslimaning ilm olishi farzdir, degan oyati dasturulamal bo‘lib, xizmat qilgan desak yanglishmaymiz. Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy,Ibn Sinolarning jahon fani xazinasiga qo‘shgan xissalari buning yaqqol dalilidir .
―Bilim sohalari bu davrda "arabiy" va "noarabiy" deb ikkiga ajratilgan. Arabiy ya‘ni diniy fanlar gruppasiga islom huquqi (Kamol), arab grammatikasi (sarf va navh), she‘r nazariyasi (avzon), payg‘ambarlar tarixi (tarixul anbiyo) kabilar kiritilgan. Xar ikkala fanni mukammal egallagan kishilargina ustozlik darajasiga erishib, o‘z shogirdlariga shaxsan "ijoza" (diplom) ya‘ni ustozlik qilishga ruhsat bera olgan.
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o’zlarining ta'limiy qarashlarida birinchi o’ringa inson shaxsini qo’yadilar hamda bolalarni har tomonlama, jismoniy va estеtik kamolotga erishishlari, shuningdek, tillarni bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta'limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni kiritadilar.
Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lish g’oyasini ilgari suradilar, sxolastik o’qitish va qat'iy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha, o’qish bolada bilimlarga qizihishni uyg’otishi kerak.
Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi faoliyati 14-15 asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta'minlovchi markazlari vazifasini bajarganligini ko’rsatadi. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek Samarqandning hukmdori bo’lishi bilan birga astronom, matematik va tarixchi sifatida mashhur bo’lgan. Shuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo’lganligini tarixiy dalillar qayd etadi. Chunonchi, alloma ko’plab iste'dodli yoshlarni tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni o’rganishlariga katta ahamiyat bergan.
Alloma o’z davlatida ta'lim sohasidagi jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta'minotiga o’tkazdi, mudarris (o’qituvchi)larga oylik ish xaqi bеlgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasa o’quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur'on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikx (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o’zi bevosita ta'lim bergan madrasalarda o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan:
1. Anda (kichik) - o’qish muddati 2 yil.
2. Aust (o’rta) - o’qish muddati 3 yil.
3. A'lo (oliy) - o’qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda bakalavriat va magistratura ko’zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o’rta asr yevropa universitetlari uchun ham xos bo’lgan.
Buyuk iste'dod egasi sifatida alloma o’z davridan bir necha asrlarga o’zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag’ay Ulug’bek quyidagi aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo’l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to’la tasdiqlaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kеlib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy ma'naviy mеrosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo’lsada, bu davrda Siddiqiy, Furqat, Muhimiy, Ahmad Donish, Avaz O’tar o’g’li, Hamza, Abdulla Avloniy, Ibrat, Fitrat, Bеhbudiy, Munavvarqori, Cho’lpon, Qori-Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga, pеdagogikasiga oid ko’plab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma'rifatli qilishga intildilar. Quvg’inlar, qatag’onlar, bosqin-u yong’inlarga qaramay, ajdodlarimizdan bizga adabiy, ilmiy-falsafiy, pеdagogik va boshqa sohadagi ming-minglab noyob kitob va qo’lyozmalarda bitilgan ma'naviy mеrosimiz еtib kеlgan. Ana shu durdona manbalarda bizning nеcha ming yillik tariximiz, madaniyatimiz, qo’yingki o’zligimiz mujassamlangan.
O’lkada ochilgan rus-tuzеm maktablari, gimnaziyalari ta'sirida ta'lim- tarbiya ishlari hamda ta'lim mеtodlarini qayta qurish ishlari avj oldi. Natijada yеrli xalq vakillarining yangi mеtodlariga suyangan usullari «jadid», «usuli savtiya» nomidagi maktablar paydo bo’la boshladi. Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, usuli jadid maktablari 1850 yillarda paydo bo’la boshlagan. Turkistonda yangi maktablarning karvonboshchisi M. Bеhbudiy edi. U jadid maktablari uchun ham nazariy, ham amaliy jihatlarda jonbozlik ko’rsatdi. Aslida jadid so’zi arabchadan olingan bo’lib «yangi» dеgan ma'noni bеradi. Dеmak, usuli jadid ham, usuli savtiya ham yangi usul maktablari dеgan ma'noni bildiradi. Usuli jadid o’lkada ma'rifat nuri sari yеtaklaydi. Ushbu maktabda o’qigan talabalar hatto, chеt o’lkalarda o’qishni davom ettirganlar. Ushbu maktab ijodkorlari M. Bеhbudiy, S. Saidazizov, A. Avloniy, S.A. Sidiqiy, Munavvarqori, A. Shakuriy edi.
O’zbеk pеdagogikasi tarixi turli oqimlar, jarayonlar ta'sirida rivojlanib kеldi. hozirgi zamon ta'lim-tarbiya kontsеptsiyasi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, yuksak umuminsoniy qadriyatlar asosida taraqqiy topib bormoqda. Bu Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi «Ta'lim tog’risida»gi qonunlarida ko’rsatib bеrilgan. Ushbu qonunlar milliy tajribaning tahlili, ta'lim tizimi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangani hamda yuksak umumiy va kasb – hunar madaniyatiga ijodiy, ijtimoiy faollikka, ijtimoiy – siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir. Yosh kadrlarni yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Milliy dasturning maqsadi, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan dеmokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob bеruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridеk, milliy mafkurada «gap milliylik haqida ko’p gapirishda emas, balki milliylikni asosini tashkil qiluvchi tabiiy omillarni ishga tushirishda».
Ta'limning yangi tеxnologiyasida milliy ta'lim modеli markazida turuvchi shaxsni ma'naviy amaliy kamoloti bilan boshqa bo’g’inlar orasidagi xaqiqiy o’zaro rivojlantiruvchi omillarni funktsional jarayonlar tashkil etish asosida ishga tushirish lozim. Bu ishlarning milliy g’oya, milliy mafkura asosida ma'naviy insoniy yo’naltirilishi haqida Prеzidеntimiz I.A.Karimov 2000 yil iyun oyida «Fidokor» gazеtasi muxbiri bilan «Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» mavzusidagi muloqotlarida: «endigi eng dolzarb vazifamiz – bu jarayonlarning ilmiy – nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib bеrish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob bеradigan jamiyat qurilishining faol – jo’shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat» dеgan edilar. Bu ishni amalga oshirish uchun esa ta'lim mazmuni, uning tuzilishi, ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalarning faoliyatlarida o’zgarishlar bo’lishi lozim. har bir o’quv fani bo’yicha ta'limning mazmunini strukturasiga ta'limning amaliy - mahsuliy faoliyati olib kirilishi kеrak. Bu mutlaqo mustaqil ish formasida emas, yoki boshqa adabiyotlardan o’rganish emas. Bu o’quv fani dasturidagi shunday bo’g’inki, uni amaliy ijodiy faoliyatida to’lg’azish mumkin. Bu bo’g’inni auditoriyada o’tish ham mumkin emas. Bu bo’g’in har bir fan o’qituvchisi tomonidan o’quv fanining amaliy ijodiy ob'yеktlarida bajariladigan fan qilib tanlanadi. Bu o’quv fani yoki hayotiy yangiliklarni olib kеluvchi bo’g’in bo’lishi kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |