Nazorat sаvоllаr:
Mаhsulоtning sifаtigа izоh bеring.
Sifаt ko‘rsаtkichlаri dеgаndа nimаni tushunаsiz?
Sаnоаt mаhsulоti qаndаy tаsniflаnаdi?
Mаhsulоt sifаtini bаhоlаshdа qаndаy usullаrdаn fоydаlаnilаdi?
Mаhsulоt sifаtini bоshqаrishdа dеgаndа nimаni tushunаsiz?
2-amaliy mashg`ulot
MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH SISTEMASI
Reja
1. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi.
2. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari. 4
Tаyanch ibоrаlаri: mahsulot sifatni boshqarish sifati tannarx, grafik, yaroqlilik, tovar, xizmatlar sifati, funksiya
1. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan eng asosiy vazifa-raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir. SHuning uchun ham mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. Mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash strategik muammo bo’lib, mamlakatimiz iqtisodiyotining stabillashuvi bu muammolarning hal etishiga bog’liqdir. Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar ko’rsatishda faqatgina ko’proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir.
Ma’lum foydalilikka ega bo’lib, sotilish bahosi bilan tannarx o’rta-sidagi farqga ega bo’lgan tovarlar albatta sotilishi kerak. Tovarlarni sotib olar ekanmiz, biz ularni faqatgina zarur bo’lgani uchungina emas, balki bizga yoqqani uchun ham haqini to’laymiz. Bunda tovarlarning tashqi ko’rinishi, foydalanishning qulayligi, xizmat ko’rsatish muddati, texnikaviy tavsifi, kafolatli xizmat ko’rsatish shartlari kabilar ularning bahosini belgilashda muhim omil hisoblanib, xaridor tovarni “ma’lum ehtiyojlarni qondiradi”, degan umid bilan sotib oladi. SHunday qilib tovarni sotilishining muhim shartlari-xaridorning uning kafolatlangan sifatiga ishonch va bahosidir.
Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroq-liligining asosiy elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.
2.1-rasmda konstruktsiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Q1 va Q2 bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi eng katta masofani belgilovchi Q0 nuqtasi eng yuqori foydani ta’minlovchi konstruktsiya sifatini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |