O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix o`qitish metodikasi kafedrasi



Download 299,5 Kb.
bet12/16
Sana27.06.2022
Hajmi299,5 Kb.
#708179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Холбозоров Санжар

F - fikringizni bayon eting;
S - fikringizning bayoniga sabab koʼrsating;
M - koʼrsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring;
U - fikringizni umumlashtiring.
Har bir o’quvchi yakka tartibda tarqatilgan qogʼozni FSMUning toʼrt bosqichi boʼyicha oʼz fikrlarini yozma bayon etgan holda toʼldiradi.
- har bir o’quvchi oʼz qogʼozlarini toʼlatib boʼlgach, oʼqituvchi ularni guruhlarga ajratish usullarining biridan foydalangan holda kichik guruhlarga boʼlib Yuboradi;
-oʼqituvchi har bir kichik guruxga FSMU texnologiyasining toʼrt bosqichi yozilgan yangi qogʼozlarni tarqatadi;
-oʼqituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qogʼozlardagi fikr va dalillarni umumlashtirgan holda toʼrt bosqich boʼyicha guruh uchun tarqatilgan qogʼozga yozishlarini taklif etadi;
- kichik guruhlarda avval har bir o’quvchi oʼzi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh aʼzolarini tanishtirib oʼtadi. Guruh aʼzolarining barcha fikrlari oʼrganilgach, kichik guruh aʼzolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
- gurux aʼzolari FSMUning toʼrt bosqichini xar biri boʼyicha fikrlarini umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik koʼradilar;
- fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir o’quvchi oʼz fikrlarini ximoya etishi, isbotlashi mumkin;
- kichik guruxlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruhdan bir vakil guruhning fikrini har bir bosqich boʼyicha alohida oʼqiydi (izoh bermagan holda). Ayrim hollarda baʼzi boʼlimlarni izohlashi mumkin. Xulosa qismida oʼqituvchi bildirilgan fikrlarga oʼz munosabatini bildiradi.
Mavzu: “Zarofshon vohasining bronza davri moddiy madaniyati”

(F) Fikringizni bayon eting

Zarafshon vohasida vujudga kelgan bronza davri alohida ajralib turadi

(S) Fikringiz bayoniga sabab keltiring

O’zbek davlatchilik tarixi bilan shug’ullangan olimlarning barchasi bronza davri haqida ma’lumotlar berib o’tgan.

(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

E.V.Rtveladze, T.Sh.Shirinov, A.S.Sagdullaev, O’.Mavlonov, A.Isxoqov, R.X.Sulaymonov kabi olimlarimiz O’zbekiston davlatchiligida bronza davrining ahamiyati haqida kitoblar yozishgan.

(U) Fikringizni umumlashtiring

O’zbekistonda qishloq turar joy taraqqiyotida Sarazim madaniyatining o’rni o’zining madaniy meroslari bilan Yuksakdir.

FSMU metodining afzallik jihati shundaki, bu metod tinglovchilarni oʼz fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va oʼz fikrini boshqalarga oʼtkazishga, ochiq xolda baxslashishga, shu bilan bir qatorda tinglovchilarni oʼquv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, kay darajada egallaganliklarini baholashga xamda tinglovchilarni baxslashish madaniyatiga oʼrgatadi.
Xulosa qilib aytganimizda, interfaol metodlarni dars jaryonida qoʼllashning quyidagi afzallik jihatlari namoyon boʼladi:
- birinchidan, ushbu metodlar dars mashgʼulotlarida foydalidir, yaʼni o’quvchilarni faollikka uyndaydi, o’quvchilarning jamoa bilan ishlash koʼnikmasi shakllanadi;
- ikkinchidan, interfaol metodlar asosida tashkil etilgan dars mashgʼulotlarida o’quvchi-oʼqituvchi, oʼqituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi hamkorligi rivojlanadi;
- uchinchidan, interfaol metodlarni qoʼllashda oʼqituvchi dars mavzusi, muammosi, hal qilinishi lozim boʼlgan masalalarni inobatga olgan holda yondashsa, dars mashgʼulotining samaradorlik koʼrsatkichi yuqori boʼladi;
- toʼrtinchidan, interfaol metodlar o’quvchilarga oʼz fikrlarini erkin ayta olishga, muammolarni ijodiy hal qilishga ragʼbat uygʼotadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda O‘rta Zarafshon havzasi kishilikning eng qadimgi makonlaridan ekanligi fan Yutuqlari tufayli o‘z isbotini topdi. Bu muzofotda odamzot jamoalari paleolit, ya’ni qadimgi tosh davrining o‘rta taraqqiyot bosqichlaridan e’tiboran (miloddan avvalgi 100 ming yillar) yashab, uzluksiz madaniyat yaratib kelganligi isbotlandi. Neolit, ya’ni yangi tosh asriga kelib (miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar), sayyoh ovchilik va terim-termachilikdan ziroatchilik va xonaki chorvachilik xo‘jaligini kashf qilishib, mahsulot ishlab chiqarishga o‘tganlar. SHu asosda tabiiy sharoiti ma’qul ekologik burchaklarda qo‘nim yashash va sug‘orma dehqonchilik negizida doimiy oziq-ovqat ishlab chiqarish bilan bog‘liq o‘troq ovullar, protoqishloqlar, qishloqlar va ularning peshma-pesh rivojlanish mahsuli sifatida, bronza davriga (miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga) kelib, ayrimlarining atroflari devorlar bilan gir aylantirib o‘rab olingan yirik qishloq-qo‘rg‘onlar qad ko‘tardi. Ular esa muayyan vohaning diniy sig‘inish va madaniyat xo‘jalik markaziga aylangan holda unga bir necha ovul-qishloqlar tobe’ bo‘lgan. Bu jarayon doimiy takomillashuvda bo‘lib, yirik markaz qishloq-qo‘rg‘onlar negizida ilk shaharlar tashkil topdi. Aynan shunday jarayonni, ya’ni evolYusion taraqqiyot bosqichlarini Samarqand bilan bog`liq muzofotlarda ham o‘z boshidan kechirgan. Bu tarixiy hodisa sivilizatsiyaning muhim omillari edi.
Xo‘jalik ishlab chiqarish mehnat qurollarining metalldan (jez) yasalishining kashf qilinishi insoniyat jamiyati tarixidagi buYuk burilish edi. Mehnat qurollarining doimiy ravishda takomillashuvi tufayli qo‘nim yashash bilan bog‘liq dehqonchilik vohalari tashkil topdi va Yuqorida zikr qilganimizdek voha markazi vazifasini bajaruvchi ilk shahar tipidagi qishloq-qo‘rg‘onlar vujudga keldi. So‘nggi yillarda O‘rta Zarafshon havzasini arxeologik tekshiruv natijasida bu masalaga yangi oydinliklar kirituvchi yodgorliklar topildi. Darhaqiqat, qadimgi Sarazm madaniyati hunarmandchiligida keramika ishlab chiqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Sopol ishlab chiqarish asosan qo‘l mehnatiga asoslangan, faqat uning so‘nggi bosqichidagina sopol ishlab chiqarishda kulolchilik charxidan foydalanishga o‘tildi.
Sarazm sopollarining terma texnikasi sifat jihatidan Yuqori darajada. Ular tadqiqotchi muallif A. Isakovning ta’kidlashicha, bir kamerali va ikki kamerali xumdonlarda pishirilgan. Ikki kamerali xumdonlar hajm jihatidan kichikroq bo‘lib, ularning o‘chog‘i yonginasiga joylashgan sferasimon shifli alangaxonasiga nisbatan chuqurroq. Xuddi shunday xumdonlar Sopollitepada ham topilgan .
Sarazmda toshdan mehnat qurollari ishlab chiqarish ham professional xarakterga ega edi. Sarazmning arxeologik kompleksida 40 ga yaqin toshdan ishlangan predmetlar topilgan. Ular parma, uskuna, bolg‘a, teri oshlash toshlari, o‘lchov standarti bilan bog‘liq maxsus og‘irlik o‘lchov toshlari, to‘qimachilik dastgohining toshlari edi . Qimmatbaho toshlardan turli xil taqinchoqlar, tumor va muhrlar yasash ham professional Yuksaklikka ko‘tarilgan. Sarazmning Yuqori qatlamidan noyob muhr topilgan. U doira shaklida bo‘lib, uning Yuzasini aylanasi bo‘ylab ishlangan sigir yoki navvos surati nafaqat o‘zining noyobligi bilan, balki bronza davri naqqoshining Yuksak mahorati bilan ham kishini lol qoldiradi. Turli xil (tosh, bronza, terrakota) materiallardan ishlangan shunday noyob muhrlar qadimgi Baqtriya va Marg‘iyonada miloddan avvalgi II-ming yillikda keng tarqalgan .
Qadimgi Sarazmda teriga ishlov berish, to‘qimachilik Yuqori darajada rivojlangan. Buning ashyoviy isboti sifatida qadimgi Sarazmning barcha bosqichlarida ko‘plab uchraydigan teri oshlash toshlarini va urchuqtoshlarni ko‘rsatish mumkin. Sarazm madaniyati hunarmandchilik tarmoqlarining ahvoli masalasida shu narsani ta’kidlash joizki, Sarazm aholisi kulolchilikda metallurgiya va toshga ishlov berishdek Yuksaklikka erisha olmaganlar. Sekin aylanish asosida qurilgan kulolchilik charhi yordamida sopol ishlab chiqarish atigi Sarazm IV davrida kashf etildi. Darhaqiqat, Sarazm madaniyatining kelib chiqish ildizlari garchi Nomozgoh etnomadaniy dunyosi bilan bog‘liq bo‘lsada, ammo Zarafshon vohasining tabiiy er osti boyliqlari sarazmliklarning dehqonchilik va kulolchilikka nisbatan ko‘proq metallurgiya sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berganliklaridan dalolat beradi.
Har qalay, Sarazm arxitekturasi, moddiy madaniyat, xo‘jalik asosi va diniy ob’ektlar kompleksi Sarazm madaniyatining etnik jihatdan janubiy mintaqalar bilan uzviy bog‘liq ekanini tasdiqlaydi. SHu bilan birga, YUqori Zarafshon havzasi bir vaqtni o‘zida o‘zining tabiiy er osti boyliklari bilan so‘nggi eneolit davridan boshlab turli mintaqa qabilalarining iqtisodiy xo‘jalik manfaatlari va savdo aloqalarini uchrashtiradigan markazga aylanadi. YUqori Zarafshonga xos bu noyob imkoniyat butun bronza davrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Masalan, Panjikent yaqinidan Zarcha Xalifa degan joydan arxar bilan birga ko‘milgan erkak kishining mozori ochilgan . Mozordan topilgan barcha bronza predmetlari va kulolchilik charhida ishlangan Sopolli madaniyatining Jarqo‘ton bosqichiga tegishli ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. YOki bo‘lmasa, Zarafshon vohasining o‘rta qismidan, Jom qishlog‘idan topilgan bronza davri «savdogar sayyohning» mozori Sarazm metallurgiya markazi bilan bir tomondan dasht mintaqalari, ikkinchi tomondan, qadimgi dehqonchilik madaniyati qabilalari muntazam savdo aloqada bo‘lganligidan guvohlik beradi.
SHunday qilib, qadimgi Sarazm aholisining moddiy va ma’naviy hayoti va arxeologik komplekslarining ilmiy tahlili uning kelib chiqish ildizlarini birinchi navbatda janubiy mintaqalarning qadimgi dehqonchilik jamoalari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Aniqrog‘i, Zarafshon vohasi qadimgi dehqonchilik o‘chog‘ining ildizlari Sarazm 1 keramika materiallariga ko‘ra, Janubiy Turkmanistonning ko‘ksur (geoksYur) oazisi jamoalariga borib taqaladi. YOdgorlikning arxeologik tadqiqot ishlari bilan muntazam shug‘ullangan arxeolog A.Isakov, ularning ko‘chib kelish sabablarini Tejen daryosining suv resurslarini kamayishi tufayli Yuz bergan ekologik sharoit bilan bog‘laydi. Bizningcha, geoksYurli jamoalarning bir qismini Zarafshon vohasiga migratsiyasi ko‘proq yuqori Zarafshondagi ma’dan konlari bo‘lgan. SHuningdek, qadimgi Sarazm madaniyatini kelib chiqish negizida geoksYur ildizlari asosiy etnik komponent bo‘lib qolgani holda, uning shakllanishini ilk bosqichlari davrida yana bir boshqa etnik guruhlar ishtirokini borligiga ishora qiluvchi faktlar borki, ular Hindikushdan janubda istiqomat qiluvchi qadimgi dehqonchilik jamoalariga borib taqaladi. Bu faktlar Sarazm 1 bosqichiga tegishli oilaviy xilxonadan topilgan va dengiz chig‘onog‘idan ishlangan bilaguzuklar bo‘lib, ular aynan Hind dengizi mintaqalaridan keltirilgan. SHu davr keramikasi sirtiga ishlangan rangli naqshlarning uslubiy bezagi esa Belujistonning SHahri –Soxta madaniyati sopollarini eslatadi . Bunday aloqalarning zaminida, so‘zsiz, Zarafshon metallining savdosi yotadi. Zarafshon metallini eksport qilish an’anasi Sarazm madaniyatining barcha bosqichlarida rivojlanishda davom etdi.
Zamonboboliklar ulardan boshoqli ekinlar ekishni, dehqonchilikning ilg‘or tajribalarini o‘rgandi, kulolchilikda charhdan foydalanishni, ikki kamerali xumdonlarda sopol idishlar pishirishni, yarim qimmatbaho rang-barang toshlardan nafis san’at asarlari darajasida munchoqlar yasash, ularni pardozlash va teshish texnikasini o‘rgandi. Quyi Zarafshon qabilalarining janubiy jamoalar bilan olib borgan o‘zaro madaniy va xo‘jalik aloqalari oxir oqibatda iqtisodiy hayoti xonaki chorvachilik va pasira dehqonchilikka asoslangan Zamonbobo madaniyatining shakllanishiga olib keldi .
Zamonbobo madaniyati qabilalari xo‘jaligida metalldan ishlangan mehnat qurollarining paydo bo‘lishi bilan chaqmoqtoshdan yasalgan predmetlar keskin kamaydi. Oldingi xronologik bosqichlarga xos qator qurollar seriyasi yo‘qoldi. Zamonbobo madaniyati mehnat qurollari kompleksida qistirma tosh pichoqlar, tosh qirg‘ich va randalar, tosh xanjar va boltalar uchramaydi. Ularning o‘rnini endi metalldan ishlangan qurollar egallagan.
Muhim texnikaviy ixtirolardan biri Zamonbobo madaniyatida sopol pishirishda ikki kamerali xumdonlarning kashf etilishi bo‘ldi. CHunki kulolchilikda bunday texnikaviy o‘zgarishlar kulolsozlik hunarmandchiligida oldinga tashlangan yirik qadam edi. Kulolchilikdagi boshqa bir kashfiyot endi sopol idishlarni qo‘lda emas, balki qo‘l yordamida harakatga keltiruvchi charxda yasashga o‘tish edi. Zamonbobo qabilalari dasht qabilalari orasida birinchilardan bo‘lib, qulolchilikda charhdan foydalanganlar.
Zamonboboliklar xo‘jalik asosini motiga dehqonchiligi va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Ular xo‘jaligining dehqonchilik xarakteri haqida Zamonbobo manzilgohidan topilgan ko‘p sonli tosh yorg‘uchoqlar, chaqmoqtoshdan ishlangan qistirma o‘roqlar, tosh keli soplari, qorayib ketgan boshoqli o‘simlik donlari (arpa, bug‘doy, tariq va boshqalar) guvohlik beradi. Xonaki chorvachilik haqida esa mozorlar va manzilgohdan topilgan uy hayvon suyaklari dalolat beradi. Uy hayvonlari orasida yirik shoxlik hayvonlar- qora mol; mayda shoxlik hayvonlar – qo‘y va echki bor. Ot va tuya xali qo‘lga o‘rgatilmagan ko‘rinadi. CHunki uy hayvon suyaklari orasida bironta ham ot yoki tuya suyagi topilmagan. Ammo hayvon suyaklari orasida bitta xonaki eshak suyagi topilgan. Zamonbobo madaniyati suyaklari kompleksida yovvoyi hayvonlar suyaklari ham etarli darajada. Ular asosan Buxoro bug‘usi, jayron va to‘ng‘izga tegishli. Zamonboboliklarda chorvachilik kompleks materiallar tahliliga ko‘ra, hali dehqonchilikdan ajralib chiqmagan. Zamonbobo aholisining iqtisodiy asosini namli qoq erlarga ekiladigan motiga dehqonchiligi va asosan g‘o‘sht va sut mahsulotlari bilan jamoani kundalik extiyojini ta’minlab turgan xonaki chorvachilik tashkil etgan.
Bu yodgorliklardan topilgan ashyoviy dalillarning ba’zi bir xillari, masalan, qimmatbaho rangli toshlardan turli shakllar berilib ishlangan munchoqlar va chaqmoqtoshdan yasalgan bodomsimon paykonlar o‘zlarining Yuksak san’at obidasi darajasida puxta, o‘ta nozik va nafis qilib ishlanishi bilan Zamonbobo madaniyatining aynan shu xildagi arxeologik kolleksiyasidan qolishmaydi. Masalaga tarixiylik nuqtai nazaridan qaraganda, bu hududda ilk va rivojlangan bronza davrida istiqomat qilgan zamonboboliklar izsiz yo‘qolib ketmagan bo‘lsalar kerak. Ularning avlodlari so‘nggi bronza davriga kelganda bu hududga kirib kelgan yangi etnik guruhlar bilan aralashib, Zamonbobo madaniyatiga xos ba’zi bir jihatlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari ham ehtimoldan uzoq emas. Ehtimol, bu ashyoviy dalillar Zamonbobo madaniyaiga tegishli bo‘lib, ular o‘zlarining maftunkor jihatlari bilan Gujayli chorvadorlariga o‘lja sifatida o‘tib, ularning mavsumiy manzilgohlarida bizgacha etib kelgandir. Zarafshon quyi havzalarining dasht mintaqasiga xos tabiiy-geografik sharoiti zamonboboliklar xo‘jaligining chorvachilikdan o‘zga jihatlarini rivojlanishiga imkon bermaydi. SHunday qilib, Zarafshonning quyi havzalarida ibtidoiy davr tarixining uch bosqichiga doir yodgorliklar komplekslarini ko‘rish mumkin. Dastavval bu joylarda baliq va parrandalarga boy daryo va qo‘l sohillarida ovchi qabilalarining mavsumiy qarorgohlari paydo bo‘ladi. Ular moddiy madaniyatining xarakteriga ko‘ra, neolit davrining kaltaminor madaniyatiga tegishli edi. Keyin, bu joylarda, eneolit davrining so‘nggi bosqichi va ilk bronza davrida ularning vorislari sifatida Zamonbobo madaniyati tashkil topadi. Zamonboboliklar xo‘jalik Yuritish asnosida kaltaminor baliq ovchilaridan farq qilib, motiga dehqonchiligi va xonaki chorvachilik xo‘jaligi bilan shug‘ullandilar. Bularning xo‘jalik hayotiga O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarini bobo dehqonlari va Zarafshon vohasining Yuqori qismiga kelib o‘rnashib qolgan Sarazm madaniyatining ta’siri katta bo‘lgan.
Uning natijasi sifatida zamonboboliklar xo‘jaligida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini kuzatamiz, ya’ni kulolchilikda ikki kamerali xumdonlarning paydo bo‘lishi, qo‘l charxida sopol yasashga sekin-asta o‘tishlikning Yuz berishi, qimmatbaho rangdor toshlardan turli xil bezaklar yasashda mukammal texnik kashfiyotlar sirlarini puxta o‘zlashtirish va boshqalar. Biroq ushbu mikromintaqada suv tankisligi tufayli Yuz bergan dasht zonalariga xos tabiiy-geografik sharoit bronza davriga kelganda xo‘jalikning chorvachilik yo‘nalishini jadal rivojlanishiga olib kelgan. CHunki miloddan avvalgi II-ming yillikning ikkinchi yarmida bu o‘lkalarga ko‘chmanchi chorvador oriy qabilalarining kirib kelishi ham gujaylililarda chorvachilikni xo‘jalikning ustuvor yo‘nalishiga aylanishida katta rol o‘ynagan.
Zarafshonning quyi havzalarida bizga ma’lum bo‘lgan navbatdagi tarixiy bosqich bronza davri bo‘lib, bu davrning sohibi egalari Yuqorida eslab o‘tilgan tozabog‘yob tipidagi dasht qabilalari edi. Bu madaniyat sohiblari bu joylarga O‘rta Osiyoning shimoliy-sharqiy rayonlaridan ko‘chib kelganlar va ular mahalliy zamonboboliklar bilan dastlab iqtisodiy va madaniy aloqalarda bo‘lib, so‘ng ular o‘zaro qorishib ketgan bo‘lishlari ehtimoldan uzoq emas. Ammo dastlab ular o‘rtasidagi aloqalar qanday kechgan? Bu haqda hozircha biror narsa deyish qiyin. Albatta, andronova dashtliklari bu zaminga kirib kelganda zamonboboliklar quyi Zarafshonning qaysi bir joyida yashagan bo‘lishlari kerak. Ammo u haqda ham biror ma’lumotga ega emasmiz. Bu muammolar echimi quyi Zarafshon havzasida kelajakda olib boriladigan arxeologik tadqiqotlar natijasiga bog‘liq.
Zarafshon vohasining Samarqand tevarak-atrofidan topib o‘rganilgan bronza davri dasht qabilalarining madaniyatida qadimgi dehqonchilik jamoalarining izlari sezilarli darajada ko‘zga tashlanadi. Masalan, To‘qayli manzilgohi sopol kompleksining tarkibiga ko‘ra, To‘qaylida ikki xil etnik guruh jamoalari birga yashagan ko‘rinadi. CHunki kulolchilik maxsuloti kompleksida sirtiga uchburchak, siniq chiziqli chizma naqsh solingan dasht qabilalarining qo‘lda yasalgan sopollari bilan birga, sirti silliq qilib pardozlangan och qizg‘ish sirli sopollar va kulolchilik charxida yasalgan Sarazm IV davrining g‘isht rangli sopollari ham uchraydi. SHuningdek, To‘qaylida ruda eritish va ruda yanchish bilan bog‘liq mehnat qurollari hamda chaqmoqtoshdan yasalgan paykonlarning uchrashi, bir tomondan, uning Zarafshon vohasida topib o‘rganilgan dasht qabilalari yodgorliklari orasida eng qadimgi ob’ekt ekanligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, Dasht chorvadorlarining mahalliy o‘troq aholiga nisbatan mintaqada hukmron mavqega ega ekanligidan guvohlik beradi.
Sarazm madaniyatining yuqori Zarafshon vohasida tarkib topishining iqtisodiy sabablari, Sarazm metallurgiya markazi tufayli Jom savdo karvon yo‘li va Jom savdo karvon saroyining tashkil topishi, Sarazmda ilk shaharsozlik madaniyatining inqiroziy sabablari, chorvador qabilalarning O‘rta Osiyo hududlariga kirib kelishi hamda mahalliy qabilalarning hayotida Yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarning Yuz berishi munosabati bilan bronza davridan e’tiboran vohada joyli etnosning paydo bo‘lishi kabi masalalar ilmiy asosda yoritildi. Zarafshon vohasi yodgorliklarining davriy sanasi bilan bog‘liq qator muammolarga asosli aniqliklar kiritildi.
Kadimgi dehqonchilik madaniyatining Sarazmda shakllanishi munosabati bilan Zarafshon vohasida yirik Sarazm metallurgiya markazi tashkil topdi. Bu markazning metall xomashyosining janubiy mintaqalarga kirib borishi tufayli Jom dasht savdo karvon yo‘li va Jom savdo karvon saroyi tashkil topdi eneolit va ilk bronza davrida intensiv rivojlanishda davom etgan urbanistik jarayonlar miloddan avvalgi II-ming yillikning o‘rtalaridan inqirozga Yuz tutadi. Bu holat chorvador ko‘chmanchi qabilalarning shimoliy-sharqdan janubiy o‘lkalarga migratsiyasi bilan bog‘liq edi.

Download 299,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish