O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti yarmatov r. B., Axmedshina f. A


 DASTLABKI HIMOYANI O‘TKAZISH TARTIBI



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/47
Sana22.04.2022
Hajmi0,97 Mb.
#574233
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Diss yozish.strukturasi

2.2. DASTLABKI HIMOYANI O‘TKAZISH TARTIBI 
Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy 
maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil 
etiladi. 
Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek, boshqa 
tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin. 


29 
Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar 
undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi. 
Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi 
hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek, dissertatsiya mavzusiga 
doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo‘lishi kerak. 
Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig‘ilishi bayonnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli 
kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro‘yxati ilmiy ishlar bo‘yicha 
prorektor tomonidan tasdiqlanadi. 
Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi: 

magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va 
tugallanganligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish; 

dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish; 

kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, 
ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) 
aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko‘rsatish. 
Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan 
holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari 
(plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va 
boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek, ushbu 
holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda 
taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo‘yish maqsadga 
muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi. 
Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim 
muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval 
asosida belgilanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim 
muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi 
o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi. 
Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi 
taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi 
lozim. 


30 
Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini 
quyidagi mezonlar asosida baholaydi: 

magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va 
uning amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bera olishi; 

magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga 
mustaqil yondashuvi; 

foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-
huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek, xorijiy tillardagi 
adabiyotlar tanqidiy tahlilining to‘liqligi va chuqurligi; 

tadqiqot usullari amaliyotda qo‘llanilganligining asoslanganligi; 

olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy 
ahamiyati; 

magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida 
o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini 
ko‘ra bilish qobiliyati; 

magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi 
o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni kuzata bilish malakasi. 
«Qoniqarsiz» baho qo‘yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi 
rasmiy himoyaga qo‘yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 
yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega. 
Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim 
muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi. 
Himoya 
qilingan 
magistrlik 
dissertatsiyalari 
oliy 
ta’lim 
muassasasida 3 yil davomida saqlanadi. 
Dissertatsiya rasmiy himoya sanasidan kamida 1 oy oldin dastlabki 
himoyadan o‘tkazilishi lozim. 
Talabalar kafedra tomonidan tuzilgan komissiya va ilmiy rahbar 
(ilmiy maslahatchi) ishtirokida dastlabki himoyadan o‘tadi. 
Dastlabki himoyaga kirgunga qadar talaba dissertatsiya mavzusiga 
doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga, ichki va tashqi hamda ilmiy 
rahbar xulosasiga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Talabalarning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq izlanish natijalari ilmiy 
nashrlarda va ta’lim muassasalarining rasmiy saytlarida chop etilishi 
mumkin. 


31 
Dastlabki 
himoyaga 
boshqa 
kafedralar 
va 
oliy 
ta’lim 
muassasalaridan mutaxassislarni taklif etish mumkin. Dastlabki himoya 
natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish