O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti yarmatov r. B., Axmedshina f. A


  II MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI RASMIYLASHTIRISH



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/47
Sana22.04.2022
Hajmi0,97 Mb.
#574233
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
Diss yozish.strukturasi

 


24 
II MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI RASMIYLASHTIRISH
VA HIMOYA QILISH 
 
2.1. DISSERTATSIYANI YOZISH VA 
RASMIYLASHTIRISHNING ASOSIY
QOIDALARI 
Magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – bu
uning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi bo‘lib, bu nafaqat ish sifatini 
yaxshilaydi, shu bilan birga uning muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi. 
Magistrlik dissertatsiyasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi 
mumkin. Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy ish hisoblanadi, shuning uchun 
uning yozilishi va rasmiylashtirilishiga asosiy talablar nomzodlik 
dissertatsiyasiga talablarga yaqinlashtirilishi kerak. Materialning aniq va 
izchil bayon qilinishi dissertatsiyani yozishning asosiy tamoyilidir.
Yangi fikrni boshlaydigan iboralar xat boshidan boshlab yoziladi. 
Dissertatsiya matnida xorijiy tildagi so‘zlar, atamalar, xususan, 
korporatsiyalar, banklar, reyting agentliklari, xalqaro tashkilotlar va 
boshqalarning nomlari kiritilsa ularni asl holatida to‘laligicha yozish 
lozim. Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa sahifalarga 
o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar matnda boshqa manbalardan olingan 
materiallar ishlatilsa, unda ko‘chirmachilikda ayblanmaslik uchun 
olingan manbaini, albatta, matnda qayd qilish kerak. Ko‘chirmalar 
sahifa tagida xat boshi bilan yoki qizil satr bilan teriladi. Agar bir necha 
manba qayd qilinsa, unda ular izchil tartibda raqamlanadi. 
Dissertatsiyaning tuzilmasi mavzuning mazmunini to‘liq yoritishga 
qaratilishi kerak: Matnda ketma-ketlik buzilmasligi kerak, izchillikka 
rioya qilinishi shart. Matnda yangi fikrni ifodalagan jumlalar abzatsdan 
yoziladi. Tugatilmagan qismlar boshqa betlarga o‘tkazilmaydi. Agar 
biror manbalardan misollar keltirilsa, albatta, ular manbadan olganligi
sahifaning eng pastida chiziq tagida satr boshidan yoziladi (izohlar). 
Agar bir nechta manba keltirilsa, izohlar tartib raqami bilan ko‘rsatiladi. 
Magistrant dissertatsiyani yozishda, eng avvalo, asosiy e’tiborni 
tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishida mavzuning mazmun-mohiyati va 


25 
maqsadini yoritishga qaratishi lozim. Bunda, dissertatsiya boblarining 
o‘zaro mantiqiy izchilligini buzadigan, tadqiqotning obyektiga bevosita 
taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni kiritmaslik lozim. Ba’zi holatlarda 
tadqiqot ishida yirik hajmdagi statistik ma’lumotlardan foydalanishga 
to‘g‘ri keladi, ushbu holatda mazkur ma’lumotlarni ilova shaklida berish 
tavsiya etiladi. Chunki, ilovalar tadqiqot ishining belgilangan hajmiga 
kirmaydi. 
Dissertatsiya qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida 
yozilishi lozim, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o‘ngdan 2 
sm, chapdan 3 sm bo‘lishi, xat boshi besh yoki olti belgiga teng va bir 
xilda bo‘lishi lozim (6-ilova). 
Dissertatsiya matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda 
«Times New Roman» 14 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash 
shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish 
tavsiya qilinadi. 
Dissertatsiya matni standart varaqda yoziladi va unda quyidagi 
qoidalarga rioya etilgan bo‘lishi lozim: 
qatorlar oralig‘i — 1,5 sm; 
yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chapdan 3 sm, o‘ngdan 2 
sm; 
xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili. 
Dissertatsiyaning hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxati 
va ilovalardan tashqari 80 betdan oshmasligi lozim. 
Dissertatsiya talaba o‘qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo‘limi 
tavsiyasiga muvofiq chet tilda ham) yozilishi mumkin. Chet tilda 
bajarilgan dissertatsiyaga davlat tilida annotatsiya ilova etiladi hamda 
dastlabki va rasmiy himoyalar tarjima bilan o‘tkaziladi. 
Magistratura mutaxassisligi xususiyatidan kelib chiqqan holda 
dissertatsiya tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi o‘zgartirilishi va 
kengaytirilishi mumkin. Magistrlik dissertatsiyasiga ichki va tashqi 
hamda ilmiy rahbar taqrizi talab etiladi. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish